Линклар

Шошилинч хабар
12 феврал 2025, Тошкент вақти: 01:50

Uzbekistan Airways'ga qarashli uchoq dvigateli parvoz payti ishdan chiqdi


Illyustrativ surat
Illyustrativ surat

Uzbekistan Airways aviashirkatiga qarashli Airbus A320 samolyotining dvigateli parvoz payti ishlamay qoldi.

Aviatashuvchi matbuot xizmati xabarnomasiga ko‘ra, texnik nosozlik 15-yanvar kuni HY9607 reys bilan, Buxoro – Moskva (Vnukovo) yo‘nalishida parvoz qilgan uchoqda kuzatilgan.

Samolyot dvigatellaridan biri Rossiya aeroportiga qo‘nish payti ishdan chiqqan. Ekipaj zaruriy choralarni ko‘rib, bortida 132 yo‘lovchi bo‘lgan havo kemasini muvaffaqiyatli qo‘ndirgan.

Daryo.uz nashri xabariga ko‘ra, samolyotdagi texnik nosozlik ortidan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta parvozi majburiy kechiktirilagan.

Aviashirkatning o‘zi samolyot ta’mirlanayotgani, jadvalga muvofiq keyingi reyslarni amalga oshirish uchun Vnukovoga zaxira havo kemasi jo‘natilganini qayd etarkan, yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Dunyo aviatashuvchilari kabi Uzbekistan Airways shirkatiga qarashli uchoqlarda ham texnik nosozliklar ro‘y berib turadi.

Ozodlik avvalroq ikki yilga qolmay ishdan chiqqan 200 million dollarlik Dreamliner uchog‘i haqida tahliliy maqola chop etgandi.

XS
SM
MD
LG