Линклар

Шошилинч хабар
23 июн 2025, Тошкент вақти: 18:08

Xitoy janubida ommaviy noroziliklar bo‘lmoqda


Xitoyning Sintan shahrida yakshanba kuni yuzaga chiqqan namoyishlar chog‘ida yig‘ilganlarni tarqatish uchun politsiya yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi.

Xitoy rasmiy televideniyesi bergan xabarga ko‘ra, Guanjou viloyatida politsiya xodimlarining do‘konlardan birida savdo qilayotgan homilador ayolga qo‘pol munosabati ortidan ommaviy norozilik boshlangan va norozilar hukumat binolari, avtomobillarga o‘t qo‘ygan.

Hong Kong televideniyesi politsiya harbiy texnika yordamida norozilarni tarqatishga uringani va ayrim namoyishchilarni hibs qilganini xabar qilmoqda.
XS
SM
MD
LG