Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:30

Xitoy Veyveyni qamoqdan chiqardi


53 yoshli taniqli xitoy rassomi Ay Veyvey garov puli evaziga qamoqdan ozod qilindi. U3 aprel kuni Honkongga uchishga chog‘lanib turgan paytda hibsga olingan edi.

“Sinxua” agentligi xabariga qaraganda, Ay Veyvey o‘zini soliq to‘lamaganlikda aybdor, deb tan olgan.

Britaniyaning ITV teleknaliga bergan qisqa intervyusida VeyVey ahvoli durust, salomatligi joyida ekanligini aytgan.

Ay Veyvey bir necha bor Xitoy rahbariyati olib borayotgan siyosatni tanqid qilgan.

Rasmiy Xitoy o‘z bayonotlarida Veyveyning hibsga olinishi uning siyosiy qarashlari bilan bog‘liq emasligi, rassom faqat iqtisodiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblanayotganini ta‘kidlagan.
XS
SM
MD
LG