Линклар

Шошилинч хабар
25 июл 2021, Тошкент вақти: 17:56

Xitoyning koronavirusga qarshi vaksinasi sinovida qatnashayotgan 5 ko‘ngillida nojo‘ya ta’sir aniqlandi


Xitoyning Sinovac Biotech vaksinasi.

Xitoyning koronavirusga qarshi ZF-2001 rekombinant vaksinasining 3-bosqich klinik sinovida qatnashayotgan ko‘ngillilardan 5 nafarida 1-darajali nojo‘ya ta’sirlar kuzatildi.

Nojo‘ya ta’sir allergik reaksiya, biroz isitma chiqishi, bosh og‘rig‘i shaklida bo‘lgan.

Nojo‘ya ta’sir aniqlangan ko‘ngillilar sinovda ishtirok etayotganlarning 0,3 foizini tashkil qilgani haqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyev bildirdi.

Deputatning ta’kidlashicha, koronavirus vaksinasi bilan emlangan ko‘ngillilarda 2- va 3-darajali nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmagan. G‘aniyevga ko‘ra, AQSh va Germaniya ishlab chiqqan Pfizer/BioNTech vaksinasining nojo‘ya ta’siri 2-3.8 foizni, Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasida esa 0.3-0.4%ni tashkil qilgan.

Hozirga qadar Xitoy vaksinasining 3-bosqich klinik sinovi doirasida O‘zbekistonda 6697 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi bilan, yana 1209 tasi 2-dozasi bilan emlangan.

“Ushbu klinik sinovning muvaffaqiyatli natijalari ortidan Innovatsiya vazirligi O‘zbekistonda aholini emlashda mazkur vaksinadan foydalanishni hamda buning uchun Maxsus komissiya tomonidan vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsat (EUA) berilishini taklif qilmoqda”,-deb bildirdi deputat.

Ma’lum qilinishicha, bu maslada Vazirlar Mahkamasida Respublika Maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi 15 - fevralda bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda Xitoy jahondagi mahalliy farmatsevtika kompaniyalar bilan hamkorlikda ZF-UZ-2001 vaksinasini joriy yilda 300 million donagacha ishlab chiqish quvvatiga ega ekani ta’kidlangan.

Maxsus komissiyaning xulosa qilishicha, bu joriy yil oxirigacha O‘zbekiston aholisini ommaviy ravishda emlash imkoniyatini yaratadi.

Doniyor G‘aniyevga ko‘ra, yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripov Xalqaro Vaktsinalar Ittifoqi (GAVI) tomonidan O‘zbekistonga Britaniyaning Oksford universiteti ishlab chiqqan Astra-Zeneca vaksinasining 2.5millionga yaqin dozasini bepul yetkazib berish bo‘icha muzokaralar yakunlanayotganini ma’lum qilgan.

“Muzokaralar yakuniga qarab, ushbu vaksinalarning dastlabki 800 ming donasi joriy yilning mart oylarida O‘zbekistonga keltirilishi kutilmoqda”,-dedi Doniyor G‘aniyev.

11 - fevral kuni Respublika Maxsus komissiyasi Rossiyada ishlab chiqarilgan “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish va ishlab chiqarishni boshlashga ruxsat bergani xabar qilingandi.

Bu haqda 10 - fevral kuni, prezident Sh. Mirziyoyev maxsus yig‘ilish o‘tkazib, aholini emlash jarayonini boshlashga topshiriq berganidan bir kun o‘tib ma’lum qilindi.

Ozodlik 10 - fevral kuni vaksinalar bilan bog‘liq vaziyatni o‘rgangan va Ozodlikka gapirgan rasmiylar hamda farmatsevtik kompaniyalar, Rossiya vaksinasini O‘zbekistonga olib kelish yuzasidan muzokaralar "boshi berk ko‘chaga kirib qolgani"ni aytishgandi.

15 - fevral kuni esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati respublikada COVID-19ga qarshi emlash 2021 - yilning mart oyining birinchi yarmida boshlanishi rejalashtirilayotgani haqida rasman bildirgan.

Rasman bildirilishicha, aholi koronavirusga qarshi toifalangan holda emlanadi. Birinchi navbatda emlanadiganlar toifasiga 65 yoshdan oshgan qariyalar va keksalar, surunkali kasalliklari bor shaxslar, tibbiyot xodimlari, maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari aholi bilan bevosita muloqotga kirishadigan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari kiritilgan.

XS
SM
MD
LG