XVJ bosh ijrochi direktori 62 yoshli Dominik Stross-Kan Nyu Yorkdagi mehmonxona xodimasini zo‘rlashga uringanlik iddaosi bo‘yicha hibsga olindi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari va Fransiyada o‘tkaziladigan saylovda prezidentlikka nomzod bo‘lishi kutilayotgan Dominik Stross-Kan jinsiy tajovuz qilishga uringanlik iddaosi bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tishga rozi bo‘ldi.
Stross-Kan ustidan bugun mahkama jarayoni boshlanishi kutilayotgan edi, ammo sudmedekspertizasi o‘tkazish uchun mahkama qoldirildi.
15 may kuni Nyu York politsiyasi Stross-Kanga mehmonxona xodimasiga nisbatan jinsiy tajovuz va uni zo‘rlashga uringanlik aybini e‘lon qildi.
Bunga Manxettanda joylashgan “Sofitel” mehmonxonasining 32 yoshli xodimasi bir kecha birga qolish uchun Stross-Kan unga uch ming AQSh dollari to‘lashni taklif qilgani haqidagi iddao sabab bo‘ldi.
Politsiya matbuot vakili Pol Braun Stross-Kan diplomatik daxlsizlikka ega emasligini bildirdi.
62 yoshli Stross-Kan Parijga uchib ketishiga sanoqli daqiqa qolganda shanba kuni Nyu Yorkning Kennedi aeroportida qo‘lga olindi. U o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad qilmoqda.
Yevropaga safari doirasida Stross-Kanning 15 may kuni Germaniya Kansleri Angela Merkel bilan uchrashishi rejalangan edi, biroq uchrashuv bekor qilindi.
Shuningdek, XVJ rahbarining 16 may kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi moliya vazirlari yig‘ilishida ishtirok etib, Portugaliya va Gresiyaga yordam mablag‘i ajratish rejasini muhokama qilishi kerak edi.
Bundan tashqari, Dominik Stross-Kan yaqin haftalar ichida Fransiyada 2012 yil aprelida o‘tkazilajak prezidentlik sayloviga Sotsialistlar partiyasidan nomzod qilib ko‘rsatilishi kutilayotgandi.
Parijda Stross-Kan hibsga olingani borasida odamlar turlicha munosabat bildirmoqda.
- U prezidentlikka o‘z nomzodini e‘lon qilmoqchi bo‘lgan bir paytda bunday voqea yuz bergani juda hayratlanarli. Balki bu unga qarshi uyushtirilgan fitnadir, yana bilmadim, - deydi fransiyalik fuqarolaridan biri.
Fransiyalik bir ayol bunday voqea yuz bergani uning uchun taajjublanarli hol emasligini aytdi.
- Bu meni hayratga solgani yo‘q. Men bir kun kelib bu yuzaga chiqishini kutgan edim. Menimcha, buni ko‘pchilik biladi. Menimcha, u ehtiyotkor bo‘lmagani va prezidentlik saylovi uning uchun muhimroq bo‘lmagani sharmandalikdir, - deydi fransiyalik ayol.
Stross-Kanning rafiqasi hibsga olingan eri jinsiy tajovuz qilganiga “aslo ishonmasligi"ni ta‘kidladi.
- Men erimga qo‘yilayotgan ayblovga mutlaqo ishonmayman. Men uning aybsiz ekani isbotlanishiga shubha qilmayman, - deyiladi Stross-Kanning rafiqasi Frans-press axborot agentligiga yo‘llagan bayonotda.
Fransiyaning sobiq moliya vaziri bo‘lgan Dominik Stross-Kan 2007 yil noyabrida Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari lavozimini egallagan.
2008 yilning oktabr oyida Stross-Kan o‘z qo‘li ostida ishlagan ayol bilan jinsiy yaqinlik qilib, "xato qilgani" uchun uzr so‘ragan, biroq o‘z lavozimini suiiste‘mol qilganini inkor qilgan.
XVJ rahbari hibsga olinganiga qaramay, tashkilot o‘z faoliyatini to‘la davom ettirmoqda.
Dominik Stross-Kan hibsga olingani munosabati bilan XVJ rahbari vazifasini uning sobiq o‘rinbosari Jon Lipski bajarishi ma‘lum qilindi.