Линклар

Шошилинч хабар
24 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:07

XVJ rahbariga iste‘fo yuzasidan bosim kuchaymoqda


XVJ rahbari Dominik Stros-Kan sud zalida, Nyu York, 16 may, 2011 yil
XVJ rahbari Dominik Stros-Kan sud zalida, Nyu York, 16 may, 2011 yil
Dominik Stros-Kan Nyu Yorkdagi mehmonxona xodimasini zo‘rlashga uringanlik va jinsiy tajovuz qilganlik iddaosi bo‘yicha shanba kuni Parijga uchib ketishiga sanoqli daqiqa qolganda Nyu Yorkning Kennedi aeroportida hibsga olingan edi.

AQSh moliya vaziri Timoti Gaytner Dominik Stross-Kan aftidan Xalqaro valyuta jamg‘armasini boshqara olmasligini aytdi.

Braziliyaning yuqori lavozimli rasmiysi Reyters axborot agentligiga "XVJning navbatdagi rahbari rivojlanayotgan yirik davlat vakili bo‘lishi kerak", dedi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi esa tashkilotga rahbar tanlash jarayoni “halollik, shaffoflik va xizmatga yarasha bo‘lishi kerakligi”ni bildirdi.
XS
SM
MD
LG