Линклар

Шошилинч хабар
10 октябр 2024, Тошкент вақти: 09:33

"Yana odamlarga qiyin bo‘ladi". Farmnazorat kuchaymoqda - "minglab apteka yopilish xavfi ostida"


O‘zbekiston dunyoda aholi soniga nisbatan eng ko‘p dorixonaga ega mamlakatlardan  biri hisoblanadi. O‘zbekiston dunyoda aholi soniga nisbatan eng ko‘p dorixonaga ega mamlakatlardan  biri hisoblanadi. 
O‘zbekiston dunyoda aholi soniga nisbatan eng ko‘p dorixonaga ega mamlakatlardan  biri hisoblanadi. O‘zbekiston dunyoda aholi soniga nisbatan eng ko‘p dorixonaga ega mamlakatlardan  biri hisoblanadi. 

O‘zbekistonda aksar dorixonalar kichik shoxobcha ko‘rinishida.

Ba’zi tadbirkorlar turar-joy binolarining birinchi qavatida, avtobus bekatlari, bozorlarda kiosk dorixonalar ochib, farmatsevtika mahsulotlari bilan savdo qiladi.

Dori savdosi ustidan (GVP - good pharmacovigilance practice) zarur farmakologik nazorat amaliyoti kuchga kirsa, bu dorixonalar yopilishga mahkum yoki yangi standartga moslashishi kerak bo‘ladi.

Dori mahsulotlari xavfsizligini doimiy monitoring qilish va nojo‘ya ta’sirlari haqida nazorat qiluvchi vakolatli organlarga muntazam hisobot berib borishni ko‘zda tutuvchi GVP standarti O‘zbekiston prezidentining 23-yanvardagi farmoniga ko‘ra, shu yilning 1-iyulidan joriy etiladi.

Dori kompaniyalarini bunday yuqori standartlarga o‘tkazish o‘tgan yili o‘nlab bolaning Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘tal siropidan o‘lishi bilan bog‘liq janjal ortidan amalga oshirilmoqda.

Prezident qaroriga muvofiq, 1-iyuldan boshlab dori vositalarini televideniye va radio orqali reklama qilish Sog‘liqni saqlash vazirligining oldindan ruxsatisiz taqiqlanadi.

Dori-darmon do‘konlari va kompaniyalari o‘sha kundan boshlab dorilarni yaxshi saqlash amaliyotini GVP talablariga muvofiq olib borishi kerak.

2026-yil boshidan GVP sertifikatisiz dori-darmonlarni omborlarda saqlash va sotish noqonuniy bo‘ladi.

Dori-darmon kompaniyalari, shuningdek, nazorat qiluvchi organlarga yiliga kamida bir marta tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyalari shartlariga rioya qilishlarini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etishi kerak.

Farmonda aytilishicha, xavotir uyg‘otadigan holatlarda yanada qattiqroq sifat kafolatlari talab qilinadi.

Bu standart jahonning deyarli barcha rivojlangan mamlakatlaridagi dorixonalarida amal qiladi.

2025-yil 1-yanvarga qadar dorini chakana sotish bilan shug‘ullanadigan barcha tarmoqli dorixonalar, 2026-yil 1-yanvarga qadar esa boshqa barcha dorixonalar GPP (Good Pharmacy Practice) - “Yaxshi dorixona amaliyoti” standartiga o‘tkaziladi.

Dorixona egalari farmmahsulotlarning muayyan haroratda saqlanishini ta’minlovchi qimmatbaho uskunalarni sotib olish, xodimlarni o‘qitish va boshqa me’yorlarni talab etuvchi GPP tizimiga o‘tishlari haqida hozirdan ogohlantirilmoqda.

Yangi standartga o‘tilsa, dorixonalar maydoni kamida 54 kvadrat metr bo‘lishi, har bir xonada kanalizatsiyaga ulangan sanuzel va dorilarni maxsus haroratda saqlash imkonini beruvchi sovitkich kameralar bo‘lishi talab etiladi.

Dorixona xodimlari har bir dorini sotganda xaridorga uni qo‘llash yo‘riqlarini ko‘rsata oladigan darajada birlamchi malakaga ega bo‘lishi kerak. Buning uchun har bir dorixona xodimidan maxsus treningdan o‘tgani haqidagi sertifikat talab etiladi.

O‘zbekistonning farmnazorat rasmiylari bu tizimga o‘tishdan maqsad farmatsevtika xizmatlari sifatini yaxshilash, dori-darmon xavfsizligini ta’minlash ekanini aytishmoqda.

Lekin, mutaxassislarga ko‘ra, O‘zbekistondagi dorixonalarning juda oz qismi GPP talablariga javob beradi.

Shu sabab O‘zbekistondagi farmatsevtika tizimining GVP standartiga o‘tkazilayotgani minglab dorixona egalari biznesini yo‘qolib ketish xavfi ostida qoldirgan.

Ўзбекистонда болаларга яна дори берилмоқда. Бу сафар гижжага қарши
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:16 0:00

"Elektr yo‘q qishloqlarda qanaqa GPP standarti?"

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumanidagi “Baxti Farm Bag‘dod” dorixonasining egasi Muqaddas Xolbekovaning Ozodlikka aytishicha, qishloq sharoitida GPP standartiga moslashish imkonsiz.

“GPP bo‘yicha har bir aptekada kanalizatsiya bo‘lishi kerak, deyapti. Bizning qishloqda kanalizatsiya nima qilsin? Elektr yo‘q qishloqlarda qanaqa GPP? Yevrostandartni olib kelishdan oldin qishloqlarda ahvol shunga mos bo‘lishi kerak-ku. GPPga o‘tilgandan keyin har yili qo‘shimcha har bir aptekaga kamida 40 million so‘m yuklama minyapti. Bu soliq to‘lovlariga yana qo‘shimcha. Shu tizim uchun olinadigan haq ekan bu. Kichkina dorixonalar ham, katta dorixonalar ham shu pulni to‘lashi shart ekan. Bizga yaqin hududda yana uchta dorixona bor, ular ham yopiladi. Odamlar dori-darmonsiz qoladi, narxlar oshadi”, deydi Xolbekova.

Ozodlik bilan suhbatda bo‘lgan boshqa dorixona egalari ham shunday fikrda.

“Kimga taqaladi bu narsa bilmaymiz, lekin daromad ularning cho‘ntagiga ketishi aniq. Dorixonani standartga moslashtiraman desang ularni, ya’ni o‘sha farmnazorat yollagan usta qilishi kerak ekan. Monopoliyani qarang! GPP talabi bo‘yicha faqat bizning ustalar qiladi, deyishyapti. Faqat ularning xususiy institutida xodimlarimizni pulga o‘qitar ekanmiz. Kattakonlar o‘zlari institut tashkil qilgan. Hamma tomondan kislorodni berkitib, faqat o‘zlarining foydasiga ishlaydigan qilishyapti butun farmbiznesni. Buyog‘iga katta akulalar qoladi, biznikiga o‘xshagan mayda dorixonalarni yo‘q qilib, kattalarini o‘zining yo‘rig‘iga solmoqchi”, deydi ismini ochiqlashni istamagan apteka egasi.

Dorixonalar eng ko‘p davlat

O‘zbekiston dunyoda aholi soniga nisbatan eng ko‘p dorixonaga ega mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatda 15 253 ta dorixona mavjud. Bu o‘rtacha 2 400 kishiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi, deganidir.

Statistikaga qaralsa, O‘zbekistonda o‘ttiz yil ichida dorixonalar soni yetti baravar oshgan.

1995-yilda butun O‘zbekistonda 2200ta dorixona bo‘lgan, xolos.

O‘zbekiston dori-darmon vositalari sotuvining hajmi bo‘yicha MDH mamlakatlari orasida birinchi o‘rinda turadi.

Rossiyaning IMS Health tahliliy markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistonda dori-darmon sotilishi hajmi yiliga o‘rtacha 1,2 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan.

O‘zbekiston ichki bozoridagi farmatsevtika mahsulotlarning uchdan bir qismi mahalliy korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgani Rossiya, Qozog‘iston va boshqa davlatlar orqali O‘zbekistonga eksport qilinadi. O‘tgan yili Rossiyadan O‘zbekistonga 60 million dollardan ko‘proq dori-darmon eksport qilingan.

Mamlakatdagi dorixonalarning sakson foizi tegishli tashkilotlar tomonidan nazorat qilinmagani oqibatida, bu dorixonalarda sotilayotgan dori-darmonlar narxi qimmat, buning ustiga sifati ham kafolatlanmagan.

“Bolalarning zaharlanishida farmnazoratdagilar aybdor aslida, laboratoriyadan o‘tkazmagan dorini, baloga aptekalar qolyapti. Endi bizning hisobimizdan dori savdosini tartibga solishga harakat qilinyapti. Farmsanoat korrupsiyaning ini bo‘lsa, endi ularga xudo berdi. Butun dorixonalardan o‘lpon yig‘ishga o‘tishdi bular.Toshkentda ko‘chani yo‘qotib, bular qonuniy ko‘cha yasavolib, har bitta aptekadan bir yilga 40 million so‘mdan olsa, 16 mingta aptekadan qancha tushum bo‘ladi?”, deydi toshkentlik dorixona egasi.

GPP nima?

Yaxshi dorixona amaliyoti (GPP) – bu jahonning barcha rivojlangan mamlakatlaridagi dorixonalar amal qiladigan xalqaro standartdir.

U farmatsevtlar tomonidan aholiga ko‘rsatiladigan farmatsevtika xizmatlarining tegishli sifatini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan Qoidalar bo‘lib, dorixonalar kundalik faoliyatining barcha masalalari va jihatlarini qamrab olishi kerak.

«Yaxshi dorixona amaliyoti» (GPP) atamasi birinchi bor 1991-yilda farmatsevtika bozorining chakana savdo tarmoqlari rivojlangan 10 ta davlatning yetakchi ekspertlari yig‘ilishida kiritildi.

1993-yilda (GPP) yo‘riqnomasi Xalqaro farmatsevtika federatsiyasi (FIPP) tomonidan qabul qilingan va JSST tomonidan har bir mamlakatning xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy standartlarini yaratish uchun asos sifatida tasdiqlangan.

Dorixona tomonidan «Yaxshi dorixona amaliyoti» (GPP) qoidalarining joriy etilganligi, vakolatli organ tomonidan beriladigan «Yaxshi dorixona amaliyoti»

Davlat standarti talablariga muvofiqlik sertifikati bilan tasdiqlanadi.

O‘tgan oy o‘zbek rasmiylari Hindistonda ishlab chiqarilgan yo‘tal siropidan o‘lgan bolalar soni rasman 69 nafarga yetganini tasdiqlagan.

Toshkentda 5-yanvarda o‘tgan sudda, shu kungacha “Dok-1 Maks” siropidan yana kamida 18 nafar bola nogiron bo‘lib qolgani ochiqlandi.

Bunga qadar o‘lgan bolalar soni 65 nafar deyilgan, nogironlik haqida aytilmagandi. Jamoatchilik asl raqam bundan ko‘p bo‘lishi mumkinligini aytib keladi.

Yosh bolalarning “Dok-1 Maks”dan oylar davomida zaharlanib, oylar davomida vafot etishi - O‘zbekistonda oxirgi yillarda farmatsevtika va sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yirik inqirozga sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG