Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:37

YeI vazirlari E.Coli oqibatlarini muhokama qilmoqda


E.Coli bakteriyasining kattalashtirilgan ko'rinishi.
E.Coli bakteriyasining kattalashtirilgan ko'rinishi.
Bugun Lyuksemburgda Yevropa Ittifoqiga a‘zo davlatlar qishloq ho‘jalik vazirlari favqulodda kengashi boshlandi.
Kengash Yevropani qamragan va o‘nlab kishilar o‘limiga sabab bo‘lgan, oshqozon kasalligi hurujini keltirib chiqargan E. Coli bakteriyasi oqibatlarini muhokama qilmoqda.
Kengashda kasallik tarqalishi bois bodringlarini sota olmay kasod bo‘lgan dehqonlarga ërdam berish masalasi ham ko‘rilmoqda.
Bakteriya tarqalishi oqibatida ko‘rilgan zarar haqida aniq ma‘lumotlar yo‘q.
Biroq Ispaniyada yetishtirilgan bodringdan bakteriya topilgani to‘g‘risidagi noto‘g‘ri xabar sababli ispaniyalik fermerlar bir necha yuz million yevro zarar ko‘rilganini ta‘kidlamoqdalar.
Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish Yevropa markazi ma‘lumotiga ko‘ra, E.coli bakteriyasi ikki ming kishiga yuqqan, ulardan 22 nafari nobud bo‘lgan.
O‘lim holatining 21 tasi Germaniyada qayd qilingan.
XS
SM
MD
LG