Линклар

Шошилинч хабар
15 сентябр 2024, Тошкент вақти: 05:02

Yevropalik kuzatuvchi: O‘zbekistondagi saylov Belarus sayloviga o‘xshaydi


Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgan.

Tashrifdan maqsad O‘zbekistonda o‘tgan yili bo‘lib prezidentlik saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasining yakuniy hisobotini taqdim etishdan iborat.

Prezidentlik saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasining Ozodlik ko‘rgan yakuniy hisobotida 24-oktabrda o‘tkazilgan saylovda siyosiy raqobat bo‘lmagani, saylov ishtirokchilari orasida mazmunli muloqot yetishmagani, saylov kuni jiddiy protsessual qoidabuzarliklar kuzatilgani, ovoz berish, ovozlarni sanash va yakuniy jarayonlarda saylovning muhim jihatlariga e’tibor berilmagani tanqid qilinadi.

“Hech qaysi nomzod Prezidentga qarshi gapirmadi yoki uning siyosatini tanqid qilmadi. Saylovoldi tadbirlarning o‘tkazish avvalgi tizimi, DIIHBning avvalgi tavsiyalariga muvofiq tarzda, mahalliy hokimiyatni tadbirdan uch kun avval ogohlantirib qo‘yish tartibiga almashtirilgan.

YeXHT majburiyatlariga zid ravishda, amaldagi prezidentning prezidentligi va nomzodligi o‘rtasidagi chegara ba’zida mavhum bo‘lgan, natijada amaldagi prezidentning hozirda egallab turgan lavozimi uning nomzod sifatidagi saylovoldi kampaniyalarida ancha qo‘l keldi”, - deyiladi YeXHT kuzatuv missiyasining yakuniy hisobotida.

Kuzatuv missiyasi hulosasida, shuningdek, saylovoldi kampaniyasida asosan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar ko‘tarilgani,partiyalarning birortasi amaldagi prezident siyosatiga muxolif sifatida o‘zini taqdim qilmagan hamda hech qaysi partiya uning prezidentlik dasturidan jiddiy farq qiluvchi dasturni taklif qilmagan.

Polshalik Yakub Xerold Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi delegatsiyasi tarkibida O‘zbekistonga saylovlarni kuzatish uchun borgan.

U Ozodlik bilan suhbatda o‘z kuzatishlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Adolat” partiyasidan nomzod, targ‘ibot videorolikini ko‘rsatyapti, unda prezident Mirziyoyev boshqa davlat rahbarlari, jumladan Putin bilan birga. Qanaqa saylov kampaniyasiki bu bir nomzod o‘z targ‘ibot rolikida boshqa nomzodni, ya’ni prezident Mirziyoyevni targ‘ib qilsa. Men Ukrainada ikkita saylovni, Belarusda ikkita saylovni kuzatdim. O‘zbekistondagi saylov Belarusdagiga o‘xshab ketadi”, - deydi Xerold Ozodlik bilan suhbatda.

Polshalik kuzatuvchi Yakub Xerold Qoraqalpog‘istonda nomzodlar uchrashmoqda.
Polshalik kuzatuvchi Yakub Xerold Qoraqalpog‘istonda nomzodlar uchrashmoqda.

O‘zbekistonda prezidentlik saylovini kuzatish bo‘yicha DIIHB missiyasining yakuniy hisobotida qator o‘zgarishlarga qaramay, mamlakat qonunchiligi hamon demokratik saylovlar borasidagi xalqaro standartlarga va YeXHT majburiyatlariga,xususan saylov huquqi hamda uyushish, yig‘ilish va fikr bildirish erkinliklarini ta’minlash borasidagi majburiyatlariga to‘liq mos kelmasligi aytiladi.

YeXHT majburiyatlariga ko‘ra talab etiladigan maslahatlashish yondashuviga saylov qonunchiligini isloh etishda to‘liq amal etilmagan.

“Xalqaro amaliyotga zid ravishda, saylov kuni saylov uchastkalarida saylovchilar ro‘yxatiga tegishli sud qarori yoki ma’muriy tartibsiz saylovchilarni qo‘shib qo‘yish juda ko‘p uchradi. Ushbu keng kuzatilgan amaliyot bir necha bor ovoz berilishiga olib keldi va saylovchilar ro‘yxatining yaxlitligiga rahna soldi.

2021- yilda Adliya vazirligi “Haqiqat va Taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasi hamda “Xalq manfaatlari” demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talablarini bajarmagani uchun ro‘yxatdan o‘tkazmagan”, - deyiladi YeXHT xulosasida.

Polshalik kuzatuvchi Yakub Xerold O‘zbekistonda saylovlar oldidan birorta yangi siyosiy partiya ro‘yxatdan o‘tkazilmaganini ta’kidlaydi.

“Men saylovni kuzatish jarayonida prezidentlik poygasida ko‘proq nomzod qatnashishni istaganini o‘rgandim. Lekin saylov komissiyasi ularni ro‘yxatga olmagan. Bu menga Belarusdagi parlament saylovini eslatdi. Belarusda deklaratsiyadagi kichkina xato uchun hech qachon saylovda qatnasholmaysiz. Bu noto‘g‘ri aslida. Chin raqobat muhitining mavjud emasligi hamda partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talablarning o‘ta yuqoriligi YeXHTning 1990 yilgi Kopengagen hujjati 3- va 7.6-bandlariga zid ravishda siyosiy muhitning plyuralistik jihatiga putur yetkazdi”, - deydi , - deydi Xerold.

YeXHT O‘zbekistonga qo‘ygan tavsiyalari orasida saylov huquqlarni cheklamaslik, mustaqil nomzodlarni saylovda ishtirok etishini taqiqlamaslik va saylov kampaniyalarni moliyalashtirishda muqobil manbalarni jalb etishga ruxsat berish kabi takliflarni ko‘rsatish mumkin.

YeXHT kuzatuvchilarining yakuniy hisoboti O‘zbekistonda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlarga start berilgan pallaga to‘g‘ri kelmoqda. Konstitutsiyani o‘zgartirish tashabbusi o‘tgan yili ikkinchi va joriy konstitutsiya bo‘yicha oxirgi muddatga saylangan prezident Shavkat Mirziyoyevga oid. U o‘zgartirishlarni saylovchilarning talabi bilan izohlagan.

Mamlakat ichkarisi va tashqarisida ko‘pchilik tahlilchilar o‘zgartirishlardan maqsad, Rossiya va boshqa post-sovet davlatlarida kuzatilgani kabi, amaldagi prezidentning muddatini uzaytirish, degan fikrda.

Amaldagi Konstitutsiyaga muvofiq, bir shaxs 5 yildan ikki muddat prezident lavozimini egallashi mumkin.Mirziyoyevning o‘zi 2026-yildan keyingi rejalari haqida gapirmagan. Ayni paytda, masalan, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayevdan farqli, ikki muddat bilan cheklanishni ham va’da qilmagan.

XS
SM
MD
LG