Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:06

15 yildan so‘ng ozodlikka chiqqan muxolif qozoq shoiri COVID-19 kasalxonasida vafot etdi


Marhum shoir 2007 - yilda politsiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda ayblanib, mahkum etilgan.
Marhum shoir 2007 - yilda politsiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda ayblanib, mahkum etilgan.

Olmaotada 68 yoshli muxolif shoir Aron Otabek qamoqdan chiqqanidan bir oy o‘tib, shifoxonada COVID-19 dan davolanayotganda vafot etdi.

Aron Otabekning singlisi Raziya Nutishevaning Ozodlik radiosi qozoq xizmatiga aytishicha, akasi 24 - noyabr kuni reanimatsiya bo‘limida vafot etgan.

Marhum shoir 2007 - yilda politsiyachining o‘limiga sabab bo‘lgan norozilik namoyishlarini uyushtirganlikda ayblangan va 18 yillik qamoq jazosining 15 yilini o‘tab, shu yil oktabr oyi boshida ozodlikka chiqdi.

Otabek 2006 - yilda hibsga olinganidan beri o‘zining aybsizligini ta’kidlab kelgan.

U 2012 - yilda aybini tan olsa, avf etilishi haqidagi hukumat taklifini rad etgan.

Aron Otabek o‘tgan oy Qozog‘iston shimolidagi Pavlodar viloyatidagi qamoqxonadan ozodlikka chiqarilgandi. Qarindoshlari va do‘stlarining aytishicha, u yurak xastaligi, qandli diabet va artritdan aziyat chekkan.

Ko‘p yillar davomida Qozog‘iston va xalqaro huquq tashkilotlari uning aybsizligini ta’kidlab, hukumatdan shoirni ozod qilishni talab qilishdi. Ularning aytishicha, Otabek qamoqxonada qiynoqqa solingan, qo‘riqchilar uning sog‘lig‘iga zarar yetkazish uchun kamera poliga yuqori konsentratsiyali xlorli suv sepgan.

Sentabr oyida uni ko‘rish uchun qamoqxonaga borgan faollar olgan suratda shoir horg‘in va sog‘lig‘i yomonlashgan holatda aks etgan. Fotosurat jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lib, uni qo‘yib yuborish uchun hukumat rasmiylariga bosimni oshirdi.

2012 - yil dekabrda Otabek o‘sha paytdagi prezident Nursulton Nazarboyev va uning hukumati tanqid qilingan maqola yozgani va internetga joylagani uchun bir kishilik kameraga o‘tkazilgan.

2014 - yilda Otabekning qarindoshlari qamoqxona nazoratchilarini uning oyog‘ini sindirishda ayblagan edi, rasmiylar esa buni rad etgan.

XS
SM
MD
LG