Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:31

Yusuf Juma ozodlikga chiqqani to‘g‘risida xabar paydo bo‘ldi


Shoir Yusuf Juma qamoqda 3 yil o‘tirdi
Shoir Yusuf Juma qamoqda 3 yil o‘tirdi
“Uzmetronom” Internet saytining payshanba, 19 may kuni kechqurun xabar qilishicha, shoir Yusuf Juma qamoqdan ozod qilingan.

Saytga ko‘ra, shoirning ozodlikka chiqarilishiga uning O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga yozgan arizasi, aybiga iqror bo‘lib, tavba qilgani asos bo‘lgan va mamlakat mustaqilligining 20 yilligi munosabati bilan avf etilgan.

“Uzmetronom”ning o‘z manbasidan olgan ma‘lumotga tayanib yozishicha, endilikda Yusuf Jumaga O‘zbekistonni hech qanday moneliksiz tark etish va AQShda yashayotgan oilasi bilan qo‘shilish imkoni beriladi.

Yusuf Jumaning Buxoro viloyatida yashaydigan ukasi, 47 yoshli Murod Jumayev Ozodlikka akasining ozodlikka chiqqanidan xabari yo‘qligini bildirdi.

Biroq “Uzmetronom” shoirning ozodlikka chiqarilgani to‘g‘risidagi xabar “mutlaq ishonchli” manbadan olinganini pisanda qilgan.

Shoir Yusuf Juma 2008 yili Jinoyat kodeksining 3 ta moddasida nazarda tutilgan (104-, 140- va 219-moddalar – qasddan tan jarohati yetkazish; haqorat qilish; hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatish) jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
XS
SM
MD
LG