35 yashar tadbirkor Sarvar prezident o‘tadigan yo‘lda joylashgan dala hovlisi 10 iyul kuni buzib tashlanganidan Ozodlikka shikoyat qildi. Suhbatdoshga ko‘ra¸ dam olish maskani sifatida ishlatib kelingan dala hovli buzilishi oqibatda 12 kishi ishsiz qolgan.
Mavzuni o‘rganish asnosida, mavsumiy kurort maskani sifatida faoliyat ko‘rsatgan Chorvoqdagi 28 ta dala hovli ogohlantirishsiz buzib tashlangani oqibatida yuzdan ortiq kishi ishsiz qolgani¸ dacha egalari daromadidan ayrilgani aniqlandi.
Bo‘stonliq tuman hokimligi vakili dachasi buzilganlarga boshqa hududdan yer uchastkasi ajratilishi va tovon to‘lanishini ma’lum qildi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Президент Мирзиëев йўлидаги виллалар бузиб ташланди
Tadbirkor Sarvar Ozodlik bilan suhbatda hech qanday tovon va’da qilmasdan dachasi buzilganligini aytadi:
- Buzishdan oldin hatto hokimlik qarorini ham ko‘rsatishmadi. Dachang prezident trassasiga yaqin ekan deb zo‘ravonlik bilan buzib tashlashdi. Imorat 8 yil oldin qurilgan. Kadastr hujjati bor. Men bu qonunsizlikdan barchaga shikoyat qildim, ammo hech kim sen kimsan, demadi, gapimni inobatga olmadi¸- deydi tadbirkor.
Chorvoqdagi buzilayotgan dala hovli
Prezident o‘tadigan yo‘ldagi dachalar buzilgani bois yuzlab kishilar ishsiz qoldi
Mahalliy tadbirkorga ko‘ra¸ buzilishlar dam olish sektorida ishlayotgan yuzlab kishilarni mavsumiy daromaddan mahrum qilgan:
- Chorvoqda barcha dachadan tirikchilik qiladi. Qo‘limda uch oiladan 12 kishi ishlaydi. Bular ishsiz¸ uch oila daromadsiz qoldi¸ deydi Toshkentlik tadbirkor.
Buzilayotgan uylar haritasi
Uning yana aytishicha, so‘nggi bir hafta ichida 28 ta dala hovli buzib tashlangan:
- Mana videosini ham yubordim. Buzishning boshida Bosh vazir Aripov turibdi. Buzilayotgan uylarning ichidan mebellarni ham olib ketishga ulgurishmadi¸ deydi suhbatdosh.
Chorvoq toshkentliklar uchun dam olish maskani
150 ming dollarlik dala hovli
Chorvoqda uyi buzilganlardan biri¸ o‘zini Farhod deb tanshtirgan tadbirkor Ozodlik bilan suhbatda 150 ming dollar turadigan dachasidan ayrilganidan shikoyat qildi:
- Sezon boshlanmasidan oldin¸ aprelda 150 ming dollarga sotmagandim. Mana rasmlarini yubordim. Qanday mustahkam va chiroyli qilib qurilgan edi. Buzib tashladi. 20 yildan beri ishlab turgan magazinni ham buzishdi. Dachamni ham, magazinni ham kadastrdan hujjatlari bor edi,- deydi suhbatdosh.
Bir kunda vayronaga aylangan Chorvoq koshonalari
Bosh vazir buzishga bosh-qosh
Suhbatdosh shuncha pul turadigan xovlisi buzilganiga Bosh vazir bosh- qosh bo‘lganligini aytadi:
- 5 ta buldozer, 4 ta “MAN” rusumli yuk mashina bilan kelishdi. Bosh vazir Aripov¸ Toshkent viloyat hokimi Bo‘stonliq tuman hokimi, tuman IIB boshlig‘i uy buzilish jarayonida ishtirok etdi¸- deydi suhbatdosh.
Asosan yo‘l bo‘yidagi uylar buzilmoqda
Mulozim: Uylar qonunsiz qurilgan
Bo‘stonliq tuman hokimligining ismi aytilmasligi sharti bilan Ozodlikka gapirgan vakili buzilayotgan uylar eski genplanga qonunsiz kiritilganligini aytdi:
- Buzish haqida qaror bor. Hokim qarori. Buzilayotgan uylarning ko‘pi noqonuniy tiklangan. Kadastrda bitta vagonchik deb yozilgan¸ borib tekshirsang bir qasr turibdi. Shu yil may oyida Bo‘stonlida prokuratura tekshirish o‘tkazdi. 2018 yil yanvaridan to maygacha Bo‘stonliq tumanida 93 ta holatda 450 gektar yer maydoni noqonuniy ravishda berib yuborilgani aniqlandi. Bu yuzadan predpisaniyalar yozildi. Shunga qaramasdan¸ insonparvarlik nuqtai nazardan buzilgan uylar uchun tovon berishni va’da qildik. Prezident trassasidan uzoqroq joydan yer uchactkasi ajratamiz¸ - dedi ismi efirda aytilmasligini so‘ragan hokimlik vakili.
Uy buzilishlari dam olish mavsumiga to‘g‘ri keldi
Respublika Bosh prokuraturasi joriy yil may oyida Bo‘stonliq tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi boshlig‘i ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingani haqida ma’lumot bergan edi.
Bo‘stonliq tumanining Sijjak qishlog‘iga yaqin joyda O‘zbekiston prezidentining "Qaynarsoy" rezidensiyasi bor.
Chorvoqdagi magazin va kafelar ham buzildi