Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:21

"Fond Forum" marafoni o‘rniga Boston qurbonlari xotirlanadi


"Fond Forum" tashkiloti 28 aprel kungi "Hayot uchun!" xayriya marafonini Boston qurbonlarini xotirlashga qaratilgan tadbirga almashtirdi. Twitterda shunday xabar qoldirgan @GulnaraKarimova o‘zbekistonliklar bildirgan ta‘ziyalarni bostonliklarga yo‘llashni rejalamoqda.

Boston marafonidagi portlashlar ortidan har yili Toshkentda o‘tkazib kelinayotgan "Fond Forum" tashkilotining "Hayot uchun!" xayriya marafoni qoldirildi.

Bu haqda Twitterda xabar qoldirgan @GulnaraKarimova 28 aprel kuniga belgilangan marafon o‘rniga Boston qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lishini bildirdi.

Twitterdagi yozuvlarga ko‘ra, "Fond Forum"ning bu yilgi marafoni qoldirilishi asl sabablari "xavfsizlikni ta‘minlash maqsadi" bilan izohlanmoqda.

Shu bois, 28 aprelga belgilangan marafonning yopiq va qo‘riqlanishi mumkin bo‘lgan binolardan tashqarida, ya‘ni ochiq havoda belgilangan hamma ommaviy tadbirlari bekor qilingan.

Faqatgina "Bunyodkor" stadionidagi futbol matchi va "Turkiston" saroyidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi va ularning mazmuni ham Boston portlashlari qurbonlarini xotirlashga qaratiladi.

Bu xabarni "Fond Forum" tashkilotining tashkilotchilaridan biri @davronkabulov ham tvitteridagi sahifasida tasdiqladi.

"28 aprelga belgilangan "Hayot uchun!" xayriya marafoni bekor qilindi", deb yozuv qoldirdi Qobulov.

@GulnaraKarimovaning yozishicha, Boston qurbonlari xotirlanadigan tadbirda har yili marafonda bo‘lgani kabi "kino, estrada, teatr yulduzlari ishtirok etadi".

Tadbirlar jonli efir tarzida yortiladi va "Boston portlashidan jabr ko‘rganlarni qo‘llab-quvvatlash bag‘ishlangan" katta aktsiya o‘tkaziladi.

@GulnaraKarimovaning yana yozishicha, Boston portlashi qurbonlari va jabrdiydalariga o‘zbekistonliklar bildirgan ta‘ziya, quvvatlov so‘zlari, esdalik yozuvlar futbolkalarga tushiriladi va "Fond Forum" tashkilotining AQShdagi vakillari orqali bostonliklarga yetkaziladi.

Keng ko‘lamli bo‘lishi kutilayotgan ushbu aktsiyaga to‘liq tafsilotlar esa 23 aprel kuni ma‘lum qilinishi aytildi.

Shu kuni "Fond Forum" tashkilotining ayni masaga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazishi aytilmoqda.

Bunga qadar O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning amerikalik hamkasbi Barak Obamaga Bostonda sodir etilgan terakt munosabati bilan ta‘ziya bildirgani e‘lon qilingan edi.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Boston shahrida terrorchilik harakatlari sodir etilib, insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan AQSh Prezidenti Barak Obamaga hamdardlik bildirdi", deyilgan edi davlat rahbarining matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.

Ya‘ni, "Fond Forum"ning 28 aprel kungi Boston qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirish tadbiri Gulnora Karimovaning otasi bildirgan ikki enlik ta‘ziyanomasidan bir necha hissa oshib tushadigan jamoat tadbiri bo‘ladigan ko‘rinadi.

AQShning Massachusets shtatidagi Boston shahrida bu yil 117 bor o‘tkazilgan marafondagi portlash 15 aprel kuni sodir bo‘lgan endi.

Qariyb 24 ming odam tomosha qilayotgan tadbir yakuniga yaqin ikkita portlash sodir bo‘lgan va unda 3 kishi qurbon bo‘lgan.

Bu portlashni chechen millatiga mansub, kelib chiqishi qirg‘izistonlik, ammo Dog‘istonda o‘sib-ulg‘aygan va chechen urushidan so‘ng AQShdan boshpana topgan aka-uka Tamerlan va Javhar Tsarnayevlar sodir etganlikda gumon qilinmoqda.

Tamerlan Tsarnev uni qo‘lga olish amaliyoti chog‘ida o‘ldirilgan. Javhar Tsarnayev esa og‘ir jarohatlar bilan qo‘lgan olingan va hozir og‘ir ahvolda shifoxonada.

Tsarnayevlarning ota-onasi o‘g‘illarining Boston marafonida uyushtirilgan terror xurujiga aloqasi borligini inkor qilmoqda.
XS
SM
MD
LG