Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:09

Futbol: Server Jeparovdan chiroyli dubl


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori, ayni damda Saudiya Arabistonining "Al-Shabab" klubida faoliyat yuritayotgan Server Jeparov "Al-Vahda" klubiga qarshi o'tgan o'yinda chiroyli dubl ijro etdi.

28 avgust kuni o'tgan o'yinda mehmonda maydonga tushgan Jeparov jamoasi raqibini yirik 5:2 hisobida mag'lub etdi.

9-raqam ostida o'ynayotgan Server Jeparov dastlab hisobni 1:1 yetkazdi. Uchrashuvga yakun yasagan Jeparovning ikkinchi go'li esa o'yin tugashiga ikki daqiqa qolganda standard vaziyatdan amalga oshirildi.

Gollardan tashqari Jeparov 77-daqiqada jamoadoshi braziliyalik Fernando Menegazzo tarafidan kiritilgan golga assistentlik ham qildi.

To'rt uchrashuvda 9 ochko to'plagan "Al-Shabab" klubi ayni damda Saudiya Arabistoni Pro-ligasi jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, liganing dastlabki uch o'yinida Server Jeparov o'yinga zahiradan tushib, maydonda jami 30 daqiqa harakat qilgan edi. "Al-Vahda" ga qarshi o'tgan o'yinda O'zbekiston terma jamoasi sardori asosiy tarkibdan joy olgan.

Osiyoning ikki karra eng yaxshi o'yinchisi (2008, 2011) 29 yoshli Server Jeparov "Al-Shabab" klubiga 2011 yili transfer qilingan. Bundan oldin u O'zbekistonning "Navbahor", "Paxtakor", "Bunyodkor" hamda Janubiy Koreyaning "Seul" klublarida to'p surgan.

Server Jeparovning "Al-Vahda" darvozasiga urgan birinchi goli:



Server Jeparovning ikkinchi goli:



O'yindagi barcha gollar:

XS
SM
MD
LG