Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:46

Andres Inyesta Yevropaning eng yaxshi futbolchisi


“Barselona” futbol klubi o‘yinchisi, Ispaniya terma jamoasi a‘zosi Andres Inyesta UYeFA tashkiloti tarafidan 2011-2012 futbol mavsumidagi Yevropaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ushbu unvonga da‘vogarlar orasida "Barselona" futbol klubining yana bir o‘yinchisi Leonel Messi hamda Madridning “Real” klubi a‘zosi Krishtianu Ronaldular bor edi.

Eng yaxshi o‘yinchini tanlash jarayonida UYEFAga a‘zo davlatlardan 53 nafar sport muxbiri qatnashdi.

Ispaniya terma jamoasi safida Yevro-2012 g'olibiga aylangan Adnres Inyesta chempionatining eng yaxshi o‘yinchisi deb ham topilgan.

12 yoshida "Barselona" akademiyasiga qo'shilgan Inyesta maydonda biror marta ham boshqa klub formasini kiymagan.

28 yoshli Inyesta o'tmishga nazar tashlar ekan, eng yaxshi o'yinlaridan biri deb 2010 yilgi Jahon chempionati finalini e'tirof etadi. Unda u qo'shib berilgan taymlar tugashiga to'rt daqiqa qolganda o'yindagi yagona go'lga mualliflik qilib, Ispaniyani chempionlikka olib chiqqan edi.

Andres Inyestaning 2011-2012 futbol mavsumidagi gollari va to'p uzatishlari:

XS
SM
MD
LG