Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:15

Gaz ballonlariga nisbatan talablar kuchaytirildi


Samarqand viloyati Ishtixon tumanida AËQShda portlab ketgan Neskiya mashinasi qoldig‘i.
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida AËQShda portlab ketgan Neskiya mashinasi qoldig‘i.
O‘zbekistonda gaz ballonlari o‘rnatilgan avtomobillar portlashi oqibatida qurbon bo‘lganlar soni oshib bormoqda. Tekshiruv natijalari mashinaga sifatsiz gaz ballonlari o‘rnatilgani portlashlarga sabab bo‘lganini ko‘rsatgan. Bunday xulosa ortidan gaz ballonlari import qilish va avtomobilga gaz ballonlari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi shirkatlarga texnik xavfsizlik talablari kuchaytirildi.

So‘nggi bir yil mobaynida O‘zbekistonda gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillar portlashi oqibatida ko‘plab odam jabrlandi.

16 may kuni Toshkent viloyati Qibray tumanidagi yonilg‘i quyish shohobchasida "Jiguli" mashinasi portlab ketgani oqibatida mashina haydovchisi jarohat oldi.

7 aprel kuni Andijon shahrida metan gaz balloni o‘rnatilgan Neksiya avtomobili portlashi oqibatida ikki odam jarohat oldi.

26 oktyabr kuni Toshkentning Qo‘yliq buyum bozorida Neksiya avtomobiliga o‘rnatilgan metan gaz balloni portlashi oqibatida ikki odam halok bo‘ldi, olti odam jarohatlandi.

Toshkentdagi “Global gaz” shirkatining o‘zini tanishtirmagan xodimi Ozodlik bilan suhbatda poytaxt va boshqa viloyatlarda gaz ballonlari o‘rnatilgan mashinalar portlagani ortidan hukumat va boshqa mutasaddi tashkilotlar tomonidan shirkatlarga talablarni kuchaytirilganini bildirdi:

- Talablar kuchaydi. Chunki hozir rastamojkani ham kuchaytirgan. Masalan, gaz balloni olib keladigan bo‘lsak, talablar umuman boshqacha bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar, Sanoat texnazorat xulosalarini olish kerak. Mashinaga gaz balloni o‘rnatadiganlar ham Sanoat texnazoratidan ruxsatnoma olishadi. Har bitta ballonning nomeri bor. Nomer orqali sertifikatsiya beriladi. Har bir ballon O‘zbekistonga olib kelinganida hamma talablarga javob bera olishi tekshiriladi, deydi "Global gaz" shirkati vakili.

Avtomobillarga gaz ballonlari o‘rnatish bilan shug‘ullanuvchi “Smart gaz” shirkati mutaxassisi Fazliddin Toshkenboyev Ozodlik bilan suhbatda oldin gaz jihozlarini tartibga soluvchi 949-raqamli davlat standarti bo‘lgani¸ hozirda esa yangi standartlar asosida ish yuritilayotganini aytdi:

- Hozir biz Yevropa standartlarini O‘zbekistonda qabul qilib o‘sha standartlar asosida ishga kirishdik. Har bir litsenziyasi bor idorada, har bir gaz balloni o‘rnatiladigan avtomobilga texnik shart (TSh) bo‘lishi kerak. Bu birinchi masala. Ikkinchi masala, shirkat faoliyat yuritayotgan joy texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan bo‘lishi kerak. Uchinchi talab, ishchi-xodimlar shu soha bo‘yicha o‘qigan mutaxassislar bo‘lishi kerak. Yana, gaz balloni yuqori bosim ostida suv bilan sinovdan o‘tkazadigan uskuna bor, shu narsalar bo‘lishi kerak, deydi Fazliddin Toshkenboyev.

Gaz, benzin yoki dizel yoqilg‘isiga nisbatan arzon bo‘lgani bois, asosan, taksi haydovchilari va kirakashlar o‘z mashinalariga gaz balloni o‘rnatgan.

Toshkenboyevga ko‘ra, so‘nggi paytlarda bir nechta mashina portlaganiga qaramay, mashinaga gaz balloni o‘rnatish istagida bo‘lganlar soni kamaymagan:

- Oldin odamlarga qanday ballon o‘rnatishning farqi yo‘q edi. Pulini berardi, arzonroq bo‘lsa bo‘ldi edi. Hozir sifatini so‘rashayapti. Gaz balloni ishlab chiqargan shirkatlarning nomlarini bilishadi. Koreyskiy ballonlarni so‘rashadi. Eng asosiysi, sifatga bo‘lgan talab oshdi. Haridorlarda ham, tekshiruvchilarda ham, ya‘ni, yo‘l harakati xavfsizligini ta‘minlovchi xodimlar tomonidan ham talablar oshdi, dedi “Smart gaz” shirkati mutaxassisi.

Fazliddin Toshkenboyev o‘zi ishlaydigan shirkatda, masalan, Neksiyaga gaz balloni o‘rnatish 3 million 200 ming so‘mni tashkil etishini qo‘shimcha qildi.

SA-News agentligi ma‘lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2016 yilga qadar gaz bilan yuradigan avtomobillar sonini 29 foizga yetkazish rejalangan.

O‘zbekiston hukumati tasdiqlagan Atrof-muhitni saqlash harakat dasturi doirasida 2013-2017 yillarda 74 mingdan ko‘proq avtomobil vositasini tabiiy gazga o‘tkazish mo‘ljallangan.
XS
SM
MD
LG