Линклар

15 декабр 2017, Тошкент вақти: 22:40

Rossiyadagi o‘zbek milliarderlari o‘z vataniga sarmoya kiritishni boshlamoqchi


Kremldagi O‘zbekiston-Rossiya delegatsiyalari rasmiy uchrashuvida qatnashganlar safida asli namanganlik Rossiya milliarderi Alisher Usmonov ham bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston prezidenti sifatida Moskvaga qilayotgan ilk tashrifi davomida¸ Toshkent rasmiysi ta’kidicha¸ jami qiymati 16 milliard dollarga teng 55 ta shartnoma imzolanadi.

Mazkur safarga hozirlikdan yaxshi xabardor sobiq o‘zbek mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ O‘zbekistonga Rossiyadan kiritiladigan sarmoyalarning kattagina qismi asli o‘zbekistonlikmilliarderlar¸ xususan¸ 5 aprel kuni Kremldagi O‘zbekiston-Rossiya rasmiy delegatsiyalari uchrashuvida ko‘ringan Alisher Usmonovga qarashlidir.

Usmonov va uning milliardlari O‘zbekistonga qaytadimi?

“16 milliardning kamida 7 milliardini Alisher Usmonov kiritadi. Usmonovga qarashli ayrim kompaniyalar shartnomalarning bir qismini safar oldidan imzoladi. Masalan¸ Rossiya neftini O‘zbekistonga eksport qilish shartnomasi ham Usmonovniki. Uning 20 dan ortiq nomdagi shirkati bor va ko‘pchilikka asosan UMS va Metalloinvest nomigina tanish. Usmonov shirkatlari O‘zbekistondagi neft-gaz loyihalaridan¸ to bank va qurilish sohasidagi katta loyihalargacha sarmoya kiritadi”¸ dedi O‘zbekiston prezidentining Moskva safariga hozirlik tafsilotlariga yaqin mulozim.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ 63 yashar Alisher Usmonov Islom Karimov vafotidan keyin Toshkentga serqatnov bo‘lib qolgan va O‘zbekiston iqtisodiga katta sarmoya kiritish jaraënini amalda boshlagan.

Usmonov O‘zbekistonda biznes qilishni boshladi¸ faqat uni Mirziyoevning Moskva safaridan keyin e’lon qilishga kelishilgan. Bilishimcha¸ Mirziyoevning asli namanganlik Usmonovga O‘zbekiston pasportini sovg‘a qilishi ham kutilmoqda”¸ dedi Moskva safari tafsilotlaridan yaxshi xabardor o‘zbek mulozimi.

Hozircha Ozodlik bu ma’lumotni tasdiqlash yoki inkor etish imkoniga ega emas.

Ayni paytda¸ Shavkat Mirziyoev prezidentlikka kelganidan keyin Rossiya telekanallariga bergan intervyusida Usmonov¸ rasmiy taklif bo‘lsa¸ o‘z tarixiy vataniga katta sarmoya kiritish va O‘zbekiston soliq to‘lovchisi bo‘lish niyatida borligini bildirgan edi.

U yoki bu mamlakatning soliq rezidenti bo‘lish uchun shu mamlakatda yilning kamida 183 kunida muqim yashash kerak bo‘ladi. Usmonovning O‘zbekiston soliq rezidenti bo‘lish istagidan kelib chiqilsa¸ namanganlik milliarderning ko‘proq vaqtini O‘zbekistonda o‘tkazish¸ demakki biznesini ham ko‘proq shu mamlakatga ko‘chirish istagi borligini anglash mumkin.

Uzoq yillar “Rossiyaning eng badavlat odami” maqomida bo‘lgan Alisher Usmonov¸ Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Bosh vazir Dmitriy Medvedevga yaqin oligarxlardan sanaladi. 2017 yilgi Forbes jurnalining jahon milliarderlari ro‘yxatida 66-o‘rin¸ Rossiya boylari orasida 5-o‘ringa qo‘yilgan Usmonov kapitali 15¸1 milliard dollar chamalanadi.

Ayni paytda Usmonov¸ O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevga quda sanaladi – Mirziyoevning rafiqasi Ziroat Hoshimovaning opasi Sayyora Hoshimovaning qizi Diyora Usmonov biznes imperiyasining vorisi sanalgan Bobur Usmonovga turmushga chiqqan. 2013 yilning 8 may kuni Bobur Usmonov Toshkentda avtohalokat oqibatida olamdan o‘tgan edi.

Mahmudovning qaytishiga yo‘l ochildi

Shavkat Mirziyoevning Moskva tashrifi doirasida imzolanilgan sarmoya loyihalaridan yana biri asli buxorolik 53 yashar milliarder Iskandar Mahmudovga qarashli.

Mahalliy matbuotning yozishicha¸ O‘zbekiston hukumati taklifi bilan Mahmudovga qarashli Ural tog‘ metallurgiya holdingi Qoraqalpog‘istonda po‘lat quyish kompleksi barpo qilishni rejalamoqda.

Umumiy qiymati 1,5 milliard dollarlik bu kompleks qurilishiga oid memorandum Mirziyoev tashrifi arafasida O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasida imzolandi.

Iskandar aka bir oycha bo‘ldi¸O‘zbekistonga kelib ketdi. Buxoro¸ Qoraqalpog‘iston taraflarga o‘tdi. O‘zbekistonda biznes boshlash niyati bor. Shu paytgacha vatanida biznes qilmagan¸ o‘zi tug‘ilgan Shofirkonda katta machit qurib bergan¸ bir-ikkita xayriya ishlari qilgan¸ bo‘ldi. Lekin o‘z vatanida biznes qilish niyati doim bo‘lgan”¸ deydi Mahmudovlar oilasiga yaqinlardan biri.

Rossiya boylari ro‘yxatining 22-pog‘onasiga qo‘yilgan Iskandar Mahmudov boyligi¸ 2017 yil fevral oyidagi Forbes hisob-kitobi bo‘yicha¸ 5¸1 milliard AQSh dollariga teng.

Vatanga qaytishga rasmiy taklif

Rossiyadagi o‘zbek milliarderlarini tarixiy vataniga biznes qilish uchun qaytarish¸ Ozodlik suhbatlashgan Moskvadagi yirik tadbirkorlardan biriga ko‘ra¸ Shavkat Mirziyoevning katta rejalaridan sanaladi.

Nafaqat Rossiyadagi¸ balki Indoneziya¸ Malayziya¸ Turkiya¸ Dubaydagi o‘zbek boylariga hukumatdan “qaytinglar” degan taklif bo‘ldi. Bularning ichida "shakarchi"si (Baho shahar laqabi bilan tanilgan tadbirkor nazarda tutilmoqda - tahr.) ham¸ "qaymoqchi"si ham bor! Ularga soliq¸ boj imtiyozlari taklif qilinayapti¸ moliyaviy amnistiya qabul qilish kutilmoqda. Bu boylarning qo‘lida Rossiya yoki boshqa davlat pasporti bo‘lgani bilan¸ vatani¸ ota-ona¸ qarindosh-urug‘i O‘zbekistondaku! Hammasining ichida vatanda nimadir qilish niyati bo‘lgan. Keyin¸ imtiyoz berilsa¸ O‘zbekistonda yaxshigina biznes qilishlari mumkin. Ya’niki¸ ular vataniga ichi achib sadaqa berayotgani yo‘q¸ uzoq kelajakka qaratilgan katta biznes loyihalari haqida o‘ylayapti”¸ deydi Ozodlikning Moskvadagi bu suhbatdoshi.

Xorijdagi o‘zbek boylari nega hozirgacha O‘zbekistonda biznes qilmadi?

Ozodlik bu savolni Rossiya va boshqa xorij davlatlarida ko‘p million dollarlik biznesni yo‘lga qo‘ygan va Rossiyadagi o‘zbek boylariga yaqin tadbirkorga berdi.

“Nimaga? Chunki chetga chiqib o‘z muvaffaqiyatli biznesini yo‘lga qo‘yganlar O‘zbekistonda ishlasa¸ “boshqalar”ga non qolmas edi. Ular qaytsa¸ o‘yin qoidalari boshqacha bo‘lishi kerak edi. Buni istashmadi”¸ dedi “boshqalar” va “ular” deganda sobiq birinchi oila va ularga yaqin guruhlarni nazarda tutayotganini bildirgan bu suhbatdosh.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG