Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:44

Samarqandlik pensioner gaz qarzini so‘rab kelgan mulozimga o‘q uzdi


Samarqand shahar Yuqori Ho‘ja Soat mahallasida yashovchi 62 yashar A. ismli gazdan qarzdor bo‘lgan pensioner 13 aprel kuni gaz haqiini to‘lashni talab qilib kelgan “Samarqand-gaz” idorasi mulozimlariga qarata ov miltig‘idan o‘q uzdi.

Voqeani tergov qilayotgan Samarqand shahar prokuraturasi xodimining aytishicha¸ o‘q mulozim kiygan kiyimni teshib¸ badanini yalab o‘tgan.

- Voqea hizmat vazifasini bajarayotgan xodimni qasddan o‘ldirishga urinish deya malakalandi. Gumondorga nisbatan O‘zbekiston JPK 97-moddasi ikkinchi qismi ya’ni¸ qasddan odam o‘ldirish bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida sudgacha hibsda o‘tiradi¸ deydi suhbatdosh.

Samarqand viloyat IIBning aholi qo‘lidagi ov miltiqlarini nazorat qiluvchi zobitining aytishicha¸ gumondor qo‘lidagi ov miltig‘i qaydan o‘tkazilmagan.

Novvoy nega tepkini bosdi

Samarqand shahar Yuqori Ho‘ja Soat mahallasi faolining aytishicha¸“aslida yaxshi odam bo‘lgan va novvoylik qiladigan A. jaxl ustida bilmay mulozimga qarata o‘t ochgan”

-13 aprel kuni gaz idorasi xodimlari kelib u ochgan novvoyxonani gazdan 15 million so‘m qarzi borligini aytib¸ pul to‘lashni talab qilishgan. O‘tgan oy gaz idorasi qarzi bor deb novvoyxona gazini kesib ketgandi. Bir oy biznesi kasod bo‘lgan novvoy to‘rt yarim million so‘m to‘lagani va qolganini ham asta-sekin to‘lashini aytib murosaga chorlagan. Qarz undiruvchilar esa novvoyni hamiyatiga tegadigan gap qilishgan. Ana shundan keyin novvoy uyidagi ov miltiqni olib chiqib gaz idoarasi xodimiga o‘qtalgan. Gaz idorasi xodimi esa¸ qo‘lingdan hech balo kelmaydi¸ deb yana katta gapirgan. Ana shundan keyin novvoy tepkini bosgan. Hayriyat hech kim zarar ko‘rmadi deydi faol.

Qarzdor qarzini to‘lashi kerak

Samarqand gaz ta’minot idorasi hodimining Ozodlikka aytishicha¸ Yuqori Ho‘ja Soat mahallasidagi novvvoyxona juda ko‘p miqdorda gaz ishlatib surunlkali tarzda pul to‘may kelgan:

- Men baynalmilal veteranman¸ Afg‘onistonda vatan uchun qon to‘kdim deb dag‘dag‘a qilib gaz qarzini surunkali to‘lamay keladi. Necha marta bildirgi berdik. O‘tgan oy akt tuzib gazini kesdik. Bu safar miltik ko‘tarib xodimimizga hujum qildi. Yaxshiyam o‘q tegmadi. Bo‘lmasa gaz idorasi hodimining bolalari yetim qolardi¸ deydi gaz idoarasi mulozimi.

Mahalla novvoy tarafini oldi

Yuqori Ho‘ja Soat mahalla faoliga ko‘ra¸ 62 yashar gumonlanuvchi haqida yaxshi harakteristika yozib militsiyaga berishgan:

- Bu odam hammaga yaxshilik qilib keladigan jo‘mard. Xaqparvar bo‘lgani uchun ichki ishlar tizimidan chetlashtirilgan. Aslida bu odam Afg‘onistonda internatsional burchini ado qilgan va IIV akademiyasini imtiyozli diplom bilan tugatgan. Ishdan quvilganidan ketin novvoyxona ochib xalqimizni ta’minlab turuvdi. Mahallada gaz idorasi mulozimini ustidan oshirib o‘q uzgani uchun mahallani qora maskalilar bosgani adolatdan emas. Biz borib talab qilganimizdan keyin novvoyni qarindoshlarini qo‘yib yuborishdi. Novvoyni o‘zini ham sudgacha uyda o‘tirishini talab qilib turibmiz deydi faol.

Ozodlik 13 aprel kunidan boshlab Samarqand shahar IIB izolyatorida saqlanayotgan A.ning yaqinlari bilan gaplashdi. Ularga ko‘ra A. manfaatini malakali advokat himoya qilmoqda. Himoyachilar nazarida ayblanuvchi “jinoyatni o‘ta hayajon ustida¸ bilmasdan sodir qilgani” sud humkida inobatga olinishi kerak.

JPKning 97 moddasiga ko‘ra¸ hizmat vazifasini bajarayotgan xodimini “Qasddan o‘ldirishga urinish” o‘n besh yildan yigirma besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi.

Butun respublika bo‘ylab militsiya va prokuratura gazdan qarzdorlar ustiga tashlangan

​Samarqand gaz ta’minoti idorasidagi muhandisning Ozodlikka bildirishicha¸ bundan oldin qarzini to‘lamaganlar ishi sudga oshirilib, mol-mulki musodara qilinishi haqida ogohlantirilganlar.

Gaz idorasidagi mulozimning aytishicha¸ bu tadbirlar prezident Shavkat Mirziyoevning gaz va elektr qarzdorlariga chora ko‘rish borasidagi yanvar chaqiriqlari ortidan tezlashgan.

Gaz undirish tadbiri doirasida gaz va elektr idorasi¸ militsiya va prokuratura xodimlarini o‘z ichiga olgan 10 kishidan iborat guruhlar tuman bo‘ylab qarz undirish ishiga safarbar qilingan, deydi Ozodlik bilan suhbatda mulozim:

- Tadbir davomida aniqlangan qarzdorlikni undirish choralari ko‘rilayapti. Prokuraturadan vakil, ichki ishlar vakili, sud vakili kelarkanda, kimning katta qarzi bo‘lsa, shu yerning o‘zida prokuror jinoiy ish ochib shu yerning o‘zida sud hukm chiqarib, qarzdorlikni qoplaydigan summadagi televizor bo‘ladimi, qo‘y ëki mol bo‘ladimi musodara qilinayapti,- deydi mulozim.

Unga ko‘ra, bu tadbir uchun Vazirlar mahkamasining 283-farmoyishiga asos bo‘lmoqda. Farmoyishga ko‘ra¸ mijozning qarz miqdorini aniqlash uchun mol mulki xatlanishi mumkin.

Elektr bedarvoza emas

Militsiya va prokuratura xodimlari ishtirokida guruhning qarz undirishga safarbar qilingani haqida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari G‘ulomjon Ibrohimov O‘zbekiston prezidentining 21 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga safari paytida bildirgan edi:

- Qarz undirish bo‘yicha prokuror¸ militsiya boshlig‘i¸ soliq idorasi boshlig‘i va hokimlik vakilidan iborat guruh tuzildi. Bu guruh 1 avgustga qadar gaz va elektr qarzlarini undiradi¸ degan edi Bosh vazir o‘rinborasari.

Ayni safar paytida Mirziyoev “elektr energiyaning bedarvoza” emasligini eslatgan edi.

XS
SM
MD
LG