Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:25

Shahrixonda muzqaymoqdan zaharlangan 182 odam kasalxonaga yotqizildi; rasmiylarga ko‘ra¸ o‘lganlar yo‘q


Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 15 may kuni yuzlab odam bir xil simptom- tinimsiz ich ketish va qayt qilish alomatlari bilan kasalxonaga murojaat qilgan.

Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mulozimining Ozodlikka aytishicha¸ ulardan kamida 300 nafarining muzqaymoqdan zaharlangani aniqlangan. Ozodlik suhbatlashgan shahrixonliklar zaharlanganlar soni bundan ancha ko‘pligini aytmoqda.

- Seshanba kuni peshingacha bo‘lgan holatda muzqaymoqdan zaharlangan 182 kishi kasalxonaning intensiv terapiya bo‘limida muolaja olmoqda. Ahvoli yaxshilanganlar uylariga javob berilgan bo‘lsa ham¸ ular QVP vrachlari nazoratida qolmoqda¸ dedi 16 may kuni Ozodlik suhbatlashgan mahalliy mulozimlardan biri.

Qo‘rqinchli Shahrixon

Ayni paytda Ozodlik suhbatlashgan shahrixonliklar muzqaymoqdan zaharlanganlar sonining 600 ga yaqinligini aytmoqda.

O‘z shaxsi ochiqlanmasligini istagan toshkentlik jurnalist o‘zining Shahrixondagi qarindoshlariga tayanib¸ muzqaymoqdan zaharlanib kasalxonaga tushgan 550 kishidan beshtasining o‘lganini iddao qildi.

"Qarindoshlarimning aytishicha¸ ahvol jiddiy. MChS palatkalar tikibdi"¸ dedi jurnalist.

Ozodlikka telefon qilib¸ muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish habarini bergan shahrixonlik 46 yashar tadbirkor yigit Ikromjonning aytishicha¸ shaharda muzqaymoqdan zaharlangan 7 yoki 10 kishi o‘lgani haqidagi mish-mish urchigan:

- Qo‘shni tumanlardan ham tez-yordam mashinalari yuribdi¸ nomeridan bildim. Osmonda MChS vertolëtlari uchib yuribdi. Shahar mish-mish bilan to‘la¸ birovlar etti kishi o‘lgan desa¸ birovlar 10 kishi o‘lgan deydi. Tumandagi katta kasalxona to‘lgan. Viloyat hokimi¸ Toshkentdan kelgan katta mulozimlar bilan hokimlik binosida shtab ochgan. Vrachlar uyma-uy yuribdi¸ deydi shahrixonlik Ikrom.

Mulozimlar vaziyat barqarorligini aytmoqda

Andijon viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mulozimining aytishicha¸ yakshanba peshindan keyin o‘tgan 24 soat davomida muzqaymoqdan zaharlangan bironta bemor o‘limi qayd qilinmagan:

-O‘lim holati yo‘q. Vaziyat bartaraf qilindi. Dushanba kuni soat 14 dan 30 daqiqa o‘tganida tibbiyot birlashmasi yuqumli kasalliklarni qayd qilish bo‘limiga muzaymoqdan zaharlangan ilk bemor murojaat qildi. Sal o‘tmay¸ ayni tashxis bilan dastalbki 26 bemorga vrach yordami ko‘rsatilgan. Ular ich ketish¸ qayt qilish va badanga toshmalar chiqishi kabi klinik belgilar bilan qayd qilingan. Keyin soat 15 dan 30 daqiqa o‘tganga qadar tumandagi QVPlar va boshqa kasalxonalarga 300 ga yaqin bemor ayni simptom bilan murojaat qildi. Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi va sanitariya-epidemiologiya markazi vrachlari vaziyatni to‘g‘ri baholab¸ qo‘shni tumanlardagi vrachlarni ham safarbar qilishdi. Dushanba peshindan keyin muzqaymoqdan zaharlangan bemorlar sonining o‘sishi to‘xtadi¸ deydi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mulozimi.

Ustiga qulupnay qo‘yilgan qo‘lbola muzqaymoq

Shahrihon shahar hokimiyatidagi ismi efirda aytilishini istamagan mulozimning Ozodlikka bildirishicha¸ tuman va shahar aholisi biron bir rasmiy shirkatga aloqasi bo‘lmagan qo‘lbola muzqaymoqdan zaharlangan:

- Hozir butun shahardagi muzqaymoq sotuvchilari taftish qilinmoqda. Aniqlashimizcha¸ yakshanba kuni bizga chegaradosh bo‘lgan Quva tumanidan Shahrixon bozoriga qo‘lbola muzqaymoq keltirishgan. Bu muzqaymoq birorta shirkat brendiga ega emas. Bu qo‘lbola muzqaymoqning ustiga qulupnay qo‘yilgan. Sanitariya-epidemiologiya markazi tekshiruviga ko‘ra¸ qulupnay kimëviy pestitsidlar bilan o‘stirilgan bo‘lgan. Bu pestitsidlar kunning issig‘ida muzqaymoq bilan reaksiyaga kirishib¸ inson vujudi uchun xatarli moddaga aylangan. Muzqaymoq arzon narhda bozordagi yoymachilar tarafidan sotilgani bois¸ birdaniga ko‘p odam zaharlangan¸ deydi hokimlik mulozimi.

Uning aytishicha¸ O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari¸ Respublika Bosh Davlat sanitariya vrachi Saydmurod Saydaliev boshchiliigidagi vrachlar zudlik bilan Shahrixonga kelib¸ vaziyatni nazorat qilishmoqda:

- Saydmurod Sayidg‘anievichning o‘zlari shtabda o‘tirib vaziyatni nazorat qildi. MChS oyoqqa qalqqan. Viloyat hokimi Shuhratbek Qo‘shoqboevich bo‘lsa kasallarga bepul tibbiy yordam va dorilar berishni ta’minladi. Butun viloyatdagi vrachlar Shaxrihonga safarbar qilindi. QVP vrachlari uyma-uy yuribdi¸ deydi mulozim.

Ozodlik bilan suhbatda Bosh sanitariya vrachi idorasi¸ shuningdek¸ Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiysi o‘z rahbar va xodimlarining Shahrixondagi vaziyatni bartaraf etishga safarbar qilinganini tasdiqladi.

Ëz oylarida O‘zbekistonnda muzqaymoqdan zaxarlanish ko‘p uchraydi
Ëz oylarida O‘zbekistonnda muzqaymoqdan zaxarlanish ko‘p uchraydi

Yoz oylarida O‘zbekiston shaharlarida muzqaymoq¸ ayron yoki boshqa rohatbahsh ichimliklardan zaharlanish uchrab turadi.

Ozodlik joriy yilning mart oyida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan “Ustoz” sanatoriysining qariyb o‘n nafar dam oluvchisi ovqatdan zaharlangani haqida yozgan edi.

2014 yili Jizzaxda o‘nga yaqin odam muzqaymoqdan zaharlanib kasalxonaga yotqizilgan edi.

XS
SM
MD
LG