Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:08

Bosh vazir O‘zbekistonda go‘sht narxini tushirishni talab qildi


O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov.
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 16 may kuni o‘tkazgan selektor majlisida go‘sht va chorva mollari ozuqasi narxlari ko‘tarilib ketishi sabablari o‘rganildi va vaziyatni izga solishga doir topshiriqlar berildi. Bu ma’lumotni Ozodlik Farg‘ona viloyat hokimligidagi o‘z manbasidan oldi. Seshanba kuni o‘tkazilgan selektor majlisi to‘g‘risida mahalliy matbuotda xabar paydo bo‘lmadi.

O‘tgan oy oxiri, joriy oy boshidan buyon O‘zbekistonda go‘sht 10 – 20 foizga qimmatlab ketgani to‘g‘risida Ozodlik kuni kecha xabar qilgan edi.

Go‘sht qimmatlab ketayotganiga hukumat raisi e’tibor qaratgach, Ozodlik mavzuga yana qaytib, bugun masalani Farg‘ona viloyati misolida o‘rgandi.

18 may kuni Farg‘ona shahrida 1 kg mol go‘shti 28 ming, qo‘y go‘shti 31 ming so‘mdan sotildi. 10-15 kun muqaddam mol go‘shti 3 ming, qo‘y go‘shti 2 ming so‘mga arzonroq edi. Bu ma’lumotni Ozodlik Farg‘ona markaziy bozoridagi ismini aytishni istamagan qassobdan oldi.

Yozyovon tuman markazidagi qassobxona mudirining aytishicha, 18 may kuni u mol go‘shtining kilosini 27 ming, qo‘y go‘shtini 30 ming so‘mdan sotdi. Bu tumanda mol go‘shti narxiga 2 ming so‘m qo‘shilganiga bir hafta bo‘ldi. Shu muddatda qo‘y go‘shti ham 2 ming so‘mga qimmatladi.

​Yozyovonlik qassobning Marg‘ilondagi narxlardan ham xabari borligi ma’lum bo‘ldi: Bu shaharda mol go‘shti 28, qo‘y go‘shti 30 ming.

Furqat tumanida yashaydigan fermer Ochil Begmatovning Ozodlikka bildirishicha, 18 may kuni u yashaydigan tuman markazida mol go‘shti 28 ming so‘mdan sotildi. Qo‘y go‘shti esa, do‘konlarda yo‘q. "Bitta qo‘yni bir haftadayam sotolmayapmiz", dedi Ochil aka bilan gaplashayotganimizda uning yonida turgan qassob.

Furqatda 10 kun oldin go‘sht bugungidan 2 ming so‘mga arzonroq edi.

2012 yilning 29 iyulida Toshkentning Chorsu bozori ma’muriyati belgilagan go‘sht narxi
2012 yilning 29 iyulida Toshkentning Chorsu bozori ma’muriyati belgilagan go‘sht narxi

So‘x – Farg‘ona viloyatining boshqa tumanlariga o‘xshamagan hududidir. Atrofi Qirg‘iziston erlari bilan o‘ralgan eksklav bo‘lgani uchun bu tumanga tashqaridan go‘sht olib kirish yoki aksincha, olib chiqish o‘ta mushkuldir. Shu sababli so‘xliklar o‘zlari yetishtirgan go‘shtni iste’mol qiladi va balki shuning uchundir, So‘xda go‘sht arzonroq.

Bu yerda 18 may kuni 1 kg mol go‘shti 22 ming, qo‘y go‘shti 28 ming so‘mdan sotildi. Lekin, So‘xda ham go‘sht narxining so‘nggi 10 kunlik dinamikasida keskin o‘zgarish yuz berdi: mol 2 ming, qo‘y 3 mingga qimmatlab ketdi.

Go‘sht qimmatlashi mavsumiy holat emasmi?

“Yo‘q”, dedi yozyovonlik qassob. Uning aytishicha, go‘sht narxi odatda yozning oxiriga borib bir-ikki oyga biroz ko‘tarilar, so‘ng yana avvalgi holatiga qaytar edi.

O‘zi yashaydigan hududdagi vaziyat haqida aytib bergan so‘xlikka ko‘ra, eksklavda so‘nggi 3 – 4 yil ichida narxlar barqaror turgan edi.

Xo‘sh, unda nega qimmatlayapti?

So‘xlikning aytishicha, yil boshidan buyon chorva ozuqasi, jumladan kunjara qimmatlab ketdi. Bundan 5 oylar muqaddam kilosi 1600 so‘mdan sotilgan kunjara bugun 1800 so‘mdan sotilmoqda.

Ozodlikning Farg‘ona viloyat hokimligidagi manbasining aytishicha, Bosh vazir 16 may kuni o‘tkazgan selektor majlisida shu masala ham ko‘tarilgan.

“Fermerlar uyushmasi vakillari yog-moy kombinatlari, "Omuxta yem" birlashmalari fermerlarga kam yem beryapti, deb bosh vazirga yolg‘on ma’lumot bergan. Kechadan e’tiboran yog-moy kombinatlari "Omuxta yem" birlashmasini to‘xtatib, fermerlar uchun tovar birjalarida sotuvga yem chiqardi, hozirgi daqiqagacha fermerlar bu yemni sotib olmayotgani ma’lum bo‘ldi. "Omuxta yem" birlashmalarini esa, kechadan boshlab turli tashkilotlardan sallasini keltir, desa kallasini olib keladiganlar ag‘dar-to‘ntar qilib, zug‘um o‘tkazishni boshlashdi”, dedi manba.

"Omuxta yem" birlashmalaridagi vaziyatni o‘rganishni boshqa kunga qoldirib, go‘sht qimmatlashi sababini xo‘jaligida 200 boshdan ko‘proq qoramoli bor furqatlik fermer Ochil Begmatovdan so‘radik.

"Hokimlar chorvaning ozuqasiga umuman e’tibor bermay qo‘ydi. Ular yerlarning yaxshisini faqat paxta bilan bug‘doyga ajratib, chorva uchun ozuqa yetishtirishga sifatsiz yerlarni ajratgan. Yaxshi yerda yetishtirilgan ozuqani yegan mol bir kunda 10 litr sut beradi. Bizning mollar esa, 2 litr sut berayapti, xolos. Shundan xulosa qilavering",- dedi fermer.

XS
SM
MD
LG