Линклар

Шошилинч хабар
02 декабр 2024, Тошкент вақти: 22:24

Mahtumqulining kecha Toshkentda o‘rnatilgan barelyefidan telpak "yechilib", salla "o‘raladi"


Ashhobod va Toshkentdagi haykal. Farq sallada.
Ashhobod va Toshkentdagi haykal. Farq sallada.

O‘zbekiston Prezidentining Turkmanistonga safari oldidan Toshkentdagi Mahtumquli ko‘chasida ochilgan shoir barelyefi rasmiy Ashxobod qabul qilgan andoza siymodan farqli bo‘lganiga turkmanistonlik diplomatlar e’tibor qaratdi.

18 may kuni Toshkentda tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan haykalda Mahtumquli Covet davri - o‘tgan asrning 50- yillarida chop etilgan kitoblardagi kabi aks ettirilgan.

Ochilish marosimida qatnashgan va ismi oshkor qilinishini istamagan rassomning aytishicha¸ haykal Turkmanistonda qabul qilingan andozaga ko‘ra¸ salla kiygan tarzda emas¸ balki turkman telpagi kiygan tarzda yasalgani turkman diplomatlari e’tiroziga sabab bo‘lgan.

Bu e’tiroz ortidan haykal almashtirilishi rejalashtirilgan. Rassomning aytishicha¸ haykal eskizining rasmiy Ashxobod bilan kelishilmagani ortidan tushunmovchilik yuzaga chiqqan:

- Haykal 1947 yil Sovet paytida andoza uchun qabul qilingan turkman rassomi Oyxon Xojiev chizgan rasm asosida yaratildi. Lekin Turmanistonning marhum prezidenti Saparmurod Niyozov 2000 yilda Oyxon Xojiev variantini tanqid qilib¸ Mahtumqulining yangi siymosini yaratishga buyruq bergan edi. Niyozovga ko‘ra, eski variantdagi Mahtumquli telpak kiygan kambag‘al cho‘ponga o‘xshagan. Ana shundan keyin salla kiygan Maxtumquli siymosi andoza sifatida qabul qilindi. Ashxoboddagi barcha haykallarning telpagi olib tashlanib salla kiydirildi. Bu haykalni ishlagan o‘zbek haykaltaroshi Jasvand Annazarovning bundan habari bo‘lmagan¸ dedi rassom.

Unga ko‘ra¸ yosh o‘zbek haykaltaroshi Mahtumqulini qaytadan “sallali qilib” yasab berishga buyurtma olgan:

- Haykaltarosh yana bir bora pul ishlaydigan bo‘ldi. Toshkentdagi turkman diplomat va tadbirkorlari yangi variantga homiylik qilishadigan bo‘ldi. Skandal qilmasdan muammoni tinchgina hal qilishmoqchi¸ deydi haykal ochilishida qatnashgan rassom.

Toshkentda ulug‘ turkman shoirining haykali ochilishini olqishlagan turkman rassomi Mommoqquli (Yomg‘ir Quliev) Ozodlik bilan suhbatda “salla kiygan Mahtumquli siymosi tarixiy haqiqatga yaqinligini” aytadi:

- Rangtasvirchi rassom Oyxon Xojiev yaratgan va 1947 yili "kanonizatsiya" qilingan Mahtumquli portreti cho‘girma telpak kiygan tarzda chizilgan. Lekin telpak Taka turkmanlarinikiga o‘xshamagan. Takalarniki boshqacha bo‘ladi. Ikkinchidan, Sherg‘ozi madrasasini hatm qilgan Mahtumquli salla o‘rab yurgan. Uning rutbasi va mavqei shuni taqozo qilgan. Sovet davri ideologlari kambag‘al va dindan uzoq shoir obrazini andoza sifatida olgan. Tarixiy haqiqatni tiklash ma’nosida salla kiygan Mahtumquli haykali to‘g‘riroq bo‘ladi. Lekin Hojiev yaratgan Mahtumquli obrazi san’at asari sifatida qolaveradi. Shu o‘rinda O‘zbekiston poytaxti markaziga Mahtumquli haykalini qo‘ygan o‘zbek qardoshlarimdan juda minnatdorman¸ dedi rassom Mommoqquli

Mahtumquli bayrami

18 may Turkmanistonda Mahtumquli she’riyati, hamjihatligi va tiklanishi kuni sifatida nishonlandi.

Bu kunda 1992 yili Turkmaniston Konstitutsiyasi qabul qilingan.

Barelyefning ochilish marosimi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Turkmanistonga xizmat safari oldidan bo‘lib o‘tdi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston madaniyati vaziri Mahmud Muratov, Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Xalq shoiri Muhammad Ali, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti vakillari, Turkman madaniyati markazi raisining o‘rinbosari Bibisora Rajapova, madaniyat markazlari vakillari, madaniyat va san’at arboblari, diplomatik korpus va jamoatchilik vakillari qatnashdi

XS
SM
MD
LG