Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 13:22

Surxondaryodagi "Habib" bozori yonib, 3 mingga yaqin odam ishsiz qoldi


Denovdagi "Habib" bozori 19 mayga o‘tar kechasi yondi.
Denovdagi "Habib" bozori 19 mayga o‘tar kechasi yondi.

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan “Habib” bozori yonib ketishi ortidan bozorda ishlagan jami 3 mingga yaqin odam ishsiz qoldi. Ozodlikka bozordagi do‘kondorlar ma’lum qilgan bu xabarni bozor ma’muriyati xodimi ham tasdiqladi.

19 mayga o‘tar kechasi bozorning butunlay yonib ketishi oqibatida, Ozodlikning Denov markaziy shifoxonasidagi manbasiga ko‘ra, jami 21 kishi yengil jarohat olgan.

​Denov tuman huquq-tartibot organlaridagi manbaning Ozodlikka aytishicha, Surxandaryo viloyati markazi Termizdan kelgan mutaxassislar kiyim-kechak bozorida yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqani aniqlaganlar.

Bozor berk

Сурхондарёдаги машҳур "Ҳабиб" бозори ёниб, кул бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:47 0:00

Ozodlik mobil muxbirlarining 22 may tushlikkacha bergan ma’lumotiga ko‘ra, butkul yaroqsiz holga kelgan bozor ichida tozalash ishlari olib borilmoqda.

Bozor ichida tozalash ishlari olib borilyapti. Bozorga boradigan yo‘l bozordan 200-300 metr uzoqlikda beton bordyur bilan berkitib qo‘yilgan. Havo judayam issiq bo‘lgani uchun hech kim bozor tomonga borayotgani yo‘q,” – dedi bozorda savdo qiluvchi denovliklardan biri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bozorda ishlagan 1200 ga yaqin do‘kondor doxil jami 3 ming odam ishsiz qolgan.

Bozorda 3 mingga yaqin odam ishlardi. Ulardan 1200 ga yaqini do‘kondor edi. Ularning bari ishsiz qoldi. Ko‘pchilikning kayfiyati tushib ketgan,” dedi u.

Uch mingga yaqin odamning ishsiz qolganini tasdiqlagan “Habib” bozori ma’muriyatining xodimi Surxandaryo viloyati hokimi bozorni qayta tiklashda do‘kondorlarga yordam berishga va’da qilganini aytdi.

Yong‘indan bir kun o‘tib, viloyat hokimi kelib majlis o‘tkazdi. Do‘kondorlarga do‘konlarini qayta tiklab olishlari uchun bankdan foizsiz pul oberishga harakat qilishini aytdi. Hozir bozor tozalansin, keyin ma’lum bo‘ladi kimga qanday yordam kerak bo‘lishi,” – dedi bozor ma’muriyatining xodimi.

Jabrlanganlar

Yong‘in ortidan Denov ahli orasida talafotlar haqida turli mish-mishlar tarqalgan.

Ammo, Ozodlikning Denov markaziy shifoxonasidagi manbasi yong‘inda hech kim halok bo‘lmaganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, 19 mayga o‘tar kechasi yong‘indan yordam so‘rab jami 21 kishi shifoxonaga murojaat qilgan.

Hammasi bo‘lib 21 kishi shifoxonaga keltirildi. Ularning hammasi bozorda savdo qilgan odamlar. Ulardan 8 tasi o‘z do‘konlaridagi tovarlarning yonib ketgani uchun qon bosimi ko‘tarilgan, yana 13 tasi do‘konidagi tovarlarini saqlab qolishga uringan paytida oyoq va qo‘l paylari kesilgan. Uch kishini operatsiya qildik. Hammaga javob berilgan. Hozirda bozorda qorovullik qilgan 55 yashar Nurmatov Abdulloh shifoxonada davolanayapti, xolos,” – dedi Denov markaziy shifoxonasidagi manba.

Denovdagi "Habib" bozori Surxondaryo viloyatidagi eng katta kiyim-kechak bozorlaridan biri hisoblanardi.

Denov shahri g‘arbida joylashgan bozorda Denov, Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy tumanlari aholisi savdo qilardi.

XS
SM
MD
LG