Линклар

14 декабр 2017, Тошкент вақти: 09:24

25 maydan boshlab Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Sayxunobod, Boyovut, Oq oltin va Sardoba tumanlarida o‘rta umumta’lim maktablari, litsey va kollej o‘qituvchilari bahorgi mavsumiy dala ishlariga jalb qilindi. Ozodlikka bu haqda xabar bergan mahalliy huquq faollariga ko‘ra, o‘qituvchilar ommaviy ravishda paxta chopig‘i, yaganasi va boshqa dala ishlariga safarbar etilgan.

“Hamkasblarim bir necha kundan beri maktabdan qariyb 10-15 kilometr uzoqlikdagi paxta paykallariga hasharga safarbar etilgan. Hukumatning majburiy mehnatni ta’qiqlaganiga qaramay mahalliy davlat hokimiyati organlari tashabbusi bilan e’lon qilingan safarbarlik tufayli ta’lim sifatiga jiddiy zarar etmoqda”, dedi pedagog va O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faoli Isroil Rizaev.

Ma’lum bo‘lishicha, Sirdaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tizimidagi maktab, litsey va boshqa ta’lim muassasalari muayyan tartibda mavsumiy hashar uchun belgilangan hasharchi o‘rinlarini qoplashi zarur.

Boshqarmaning “Ozodlik” savollariga javob bergan mulozimining aytishicha, o‘qituvchilarni dala ishlariga hech kim majburlayotgani yo‘q. Ular dalaga o‘z xohishlari bilan chiqmoqda:

“O‘qituvchini dalaga yuborish, balki, maktablarning tashabbusidir, bizning boshqarmada bunday gap yo‘q. Ayrim o‘qituvchilar pul topish maqsadida dalaga chopayotganlari ham bor. Ba’zi o‘qituvchilarning o‘zlari fermer bo‘lib olgan. Hamkasblarini ham, hatto o‘quvchilarni ham o‘z tashabbusi bilan dalaga olib chiqishadi. Bunda bizning aybimiz yo‘q” deydi boshqarmaning ismini ochiqlamaslikni so‘ragan mulozimi.

“Ozodlik” mahalliy huquq faollariga tayanib, Jizzax viloyatida ham o‘qituvchilarning dala ishlariga majburiy safarbar qilingani xususida xabar qilgandi.

XS
SM
MD
LG