Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:51

Karimov vorisi sanalgan Rustam Azimov Bosh vazir o‘rinbosarligidan bo‘shatildi (VIDEO)


Shavkat Mirziyoev prezident vazifasini boshlaganidan ko‘p o‘tmay¸ Rustam Azimov faoliyatini tanqid qilishga o‘tdi.
Shavkat Mirziyoev prezident vazifasini boshlaganidan ko‘p o‘tmay¸ Rustam Azimov faoliyatini tanqid qilishga o‘tdi.

Islom Karimov davri boshqaruvining eng tanilgan rahbarlaridan biri Rustam Azimov O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosarligidan ozod etilib¸ "O‘zbekinvest" milliy qo‘mitasi rahbari etib tayinlangan. Bu tayinlov¸ Karimovning jiddiy voris sifatida ko‘rib kelingan Azimovning hokimiyat pillapoyalaridan navbatdagi pasaytirilishidir.

Aytilishicha¸ O‘zbekiston Moliya vazirining sobiq 1-o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov Rustam Azimov o‘rniga Bosh vazir o‘rinbosari qilib tayinlangan.

Gazeta.uz nashrining yozishicha¸ Rustam Azimov uning o‘zi ta’sis qilgan eksport-import kelishuvlarini sug‘urta kiladigan "O‘zbekinvest" milliy kompaniyasiga direktor lavozimiga tayinlangan.

Toshkent hukumatidagi Ozodlik suhbatlashgan ayrim mulozimlar¸ Azimovning "O‘zbekinvest"ga o‘tkazilishini¸ uning karyerasidagi jiddiy sho‘ng‘ish sifatida baholadilar.

Рустам Азимов Бош вазир ўринбосарлигидан бўшатилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:30 0:00

Azimovga yaqin mulozimning 6 iyun kuni Ozodlikka aytishicha¸ Azimov Bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketishni prezident Mirziyoevdan shaxsan o‘zi so‘ragan va uning bu so‘rovi nihoyat qondirilgan.

"Mirziyoev Azimovni Bosh vazirlikka tayinlamaganidan so‘ng¸ Azimov hukumatda uzoq qolmasligini tushundi. Avvaliga u Mirziyoev bilan tandemda ishlayman¸ deb umid qilgan edi. Ammo Mirziyoevning o‘ziga nisbatan munosabati¸ ayniqsa¸ Karimovdan qolgan iqtisodiy muammolar uchun hadeb o‘zini ayblashi¸ uning g‘ururiga tegdi va bu umidlarini puchga chiqardi"¸ dedi Azimovning yaqinlaridan biri.

Komsomoldan chiqqan bankir

ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti-tahr.)ning tarix fakultetini tugatib¸ universitet komsomol qo‘mitasiga boshchilik qilgan Rustam Azimov¸ mamlakatning taniqli fizik olim¸ akademik Sodiq Azimovning o‘g‘lidir.

Marhum prezident Islom Karimov davrida Bosh vazirning 1-o‘rinbosari va Moliya vaziri bo‘lib ishlagan Rustam Azimov mamlakat bank-moliya tizimining asosiy boshqaruvchilaridan biri edi.

Azimov 1998 yilda O‘zbekiston Moliya vaziri¸ 2000 yildan Bosh vazirning iqtisodiy kompleks bo‘yicha o‘rinbosari¸ 2005 yildan esa¸ Bosh vazirning 1-o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

1992 yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekiston bo‘yicha boshqaruvchisi lavozimida ishlagan Rustam Azimov¸ O‘zbekiston mustaqilligidan beri Toshkent hukumatining xalqaro moliya tashkilotlari bilan muzokaralaridagi asosiy shaxs bo‘lib kelayotgan edi.

G‘arb va Rossiya tahlilchilari¸ Islom Karimov safarlarida unga doim hamrohlik qilib kelgan Rustam Azimovni Karimovning bosh vorisi sifatida ko‘rib keldi.

Ammo 2016 yilning 2 sentabrida Islom Karimov vafoti e’lon qilinishi ortidan¸ 8 sentabr kuni o‘tkazilgan Oliy Majlis ikkala palatasining qo‘shma majlisida Shavkat Mirziyoev muvaqqat prezident etib tayinlandi.

Prezident vakolatini vaqtincha O‘zbekiston konstitutsiyasining 96-moddasida ko‘zda tutilgan Senat raisi emas¸ Bosh vazir Mirziyoevga topshirish taklifini qo‘llab-quvvatlab so‘zga chiqqanlar orasida Rustam Azimov ham bor edi.

Prezidentlikka saylanganishi ortidan Shavkat Mirziyoev hukumat tarkibida kadr o‘zgarishlar qilishni boshlagach¸ Rustam Azimovning maqomi pasaytirilib¸ u Bosh vazirning 1-o‘rinbosarligi va Moliya vazirligi lavozimidan ayrilgan edi.

Ko‘p o‘tmay¸ prezidentning Qoraqalpog‘iston safarida unga hamrohlik qilgan Azimovga¸ tovuqchilikni rivojlantirish vazifasi topshirilgan edi.

Rustam Azimov – tanqid nishoni

Rustam Azimov Mirziyoev davrining Bosh vaziri o‘rinbosari sifatida Turkiyaga safar qilgan hukumat delegatsiyasiga boshchilik qildi va bu safardan¸ prezident topshirig‘iga ko‘ra¸ katta sarmoya bilan qaytishi lozim edi.

“Azimovga nima qilib bo‘lsa ham¸ mamlakatga kamida 1 milliard dollarlik sarmoya olib kelish vazifasi topshirilgan. Har kuni tungi 11 dan keyin Toshkentga hisob berib turibdi”¸ degan edi Azimovning Turkiya safarida unga hamrohlik qilgan rasmiylardan biri Ozodlikka.

Azimovning prezidentga bergan hisobotlariga qaramay¸ mamlakatga hozircha real turk sarmoyasining kirganiga oid biror rasmiy ma’lumot yo‘q.

29 may kungi maxsus hukumat yig‘inida sarmoya sohasidagi og‘ir vaziyat¸ qolaversa¸ o‘zbek iqtisodida yig‘ilib qolgan boshqa muammolarni tanqid qilayotgan Shavkat Mirziyoev¸ “safarlar davomida ko‘p milliard dollarlik iqtisodiy shartnomalar¸ yirik loyihalarga oid memorandumlar imzolanganiga oid “balandparvoz hisobot”larga qaramay¸ O‘zbekistonga kutilgan xorij sarmoyasi kelmagani” uchun vazirlar¸ xususan¸ Bosh vazir o‘rinbosari Azimovni tanqid qilgan edi.

“Toshkentda o‘tirgan Azimovga o‘xshaganlar pastga tushib ishlaganida¸ bu narsa bo‘lmas edi. Iqtisodiy kompleksni shu holatga keltirdik”¸ dedi jumladan 29 may kungi hukumat yig‘inida prezident Mirziyoev.

Алоқадор

XS
SM
MD
LG