Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:32

JCh-2018 saralash: “Eronga qarshi tarixiy uchrashuvda bizga faqat g‘alaba kerak”


\
\

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionati 3-bosqich saralash bellashuvlarining 8-tur uchrashuvini Eron jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Ikki raqib milliy terma jamoa o‘rtasidagi o‘yin 12 iyun kuni Tehrondagi “Ozodiy” stadionida bo‘ladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.

Mazkur o‘yin har ikki jamoa uchun muhim. Agar, O‘zbekiston Eronni mag‘lub etolsa, Rossiyada 2018 yilda bo‘ladigan futbol bo‘yicha jahon birinchiligida qatnashish imkoniyatini oshiradi.

Eron g‘alaba qozonsa mazkur jamoa muddatidan ilgari jahon chempionatiga chiqadi.

O‘tkazilgan 7-tur uchrashuvlar ortidan JCh–2018 turniri saralash bosqichi “A” guruhida Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Janubiy Koreya 13 ochko, O‘zbekiston 12 ochko bilan mos ravishda 2–3 o‘rinlarni egallab turibdi.

Guruhdagi 4–6 o‘rinlarni esa tegishli ravishda Suriya (8 ochko), Xitoy (5 ochko) va Qatar (4 ochko) egallagan.

2018 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatiga Rossiya mezbonlik qiladi.

O‘zbekistonlik futbol sohasidagi mustaqil jurnalist Bobomurod Abdulla O‘zbekiston-Eron o‘yini oldi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Albatta, Eron bilan tarixiy uchrashuvda O‘zbekiston g‘alaba qozonishi kerak. Faqat g‘alaba kerak Hozir ishqibozlar shu g‘alabani intizorlik bilan kutishmoqda. Faqat g‘alaba. Boshqa natija jamoaning Moskvaga borib muzqaymoq yeb kelish orzusini chippakka chiqarishi mumkin”, - deydi Bobomurod Abdulla.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:28 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG