Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:34

Gulnora Karimovaning muzlatilgan millionlari taqdiri nima bo‘ldi?


AQSh Adliya vazirligi O‘zbekiston marhum prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan bank hisoblaridagi jami 850 million dollarlik aktivlarni sud orqali musodara qilish harakatini boshlaganidan beri bir yildan ko‘proq vaqt o‘tdi.

Bu so‘rovni ko‘rib chiqishni boshlagan Nyu Yorkdagi Manhatten sudi¸ AQSh va O‘zbekiston Adliya vazirliklariga bu pullar taqdirini suddan tashqari kelishuv yo‘li bilan hal qilishga berilgan muddatni bir necha bor uzaytirdi.

AQSh matbuoti xabarlariga ko‘ra¸ tomonlarga suddan tashqari echim (mirovoe soglashenie) uchun berilgan so‘nggi muhlat 2017 yilning 31 yanvarida tugagan va jarayonga oid boshqa ma’lumot jamoatchilikka hozircha e’lon qilingan emas.

2016 yil yanvarida¸ o‘sha vaqtdagi Adliya vaziri Muzraf Ikromov bir milliardga yaqin muzlatilgan mablag‘ni O‘zbekiston ixtiyoriga qaytarishni so‘rab AQSh sudiga rasman murojaat qilgani haqidagi xabardan so‘ng¸ Gulnora Karimovaning otasi olamdan o‘tdi¸ Toshkentda hokimiyat o‘zgardi.

Hozirgacha Mirziyoev hukumatining AQSh musodara qilish harakatini boshlagan bu pullarga munosabati jamoatchilikka oshkor etilmadi.

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik siyosiy dissident Sanjar Umarov o‘tgan yil Amerika Adliya vazirligiga bu pullarni O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarga ajratish¸ buning uchun maxsus jamg‘arma tuzishni so‘rab murojaat qilgan edi.

Ozodlik bilan suhbatda Sanjar Umarov Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytilayotgan 850 million dollarlik muzlatilgan pullar taqdiri hamon muallaq qolayotgani¸ na Mirziyoev¸ na Tramp ma’muriyatining hozircha bu masala yuzasidan suddan tashqari yechim topishga jiddiy urinayotganini ko‘rsatuvchi belgilar yo‘qligini aytadi.

2004 yilda islohotlar talabi bilan “Serquyosh O‘zbekiston” koalitsiyasi tuzganidan so‘ng¸ Toshkent hukumati tomonidan qamoqqa tashlangan sobiq siyosiy mahbus Sanjar Umarov bilan AQSh Adliya vazirligi musodara qilish harakatini boshlagan Gulnora Karimovaning 850 million dollarlik muzlatilgan aktivlari taqdiridan boshlangan suhbat davomida AQSh-O‘zbekiston munosabatlarida Shavkat Mirziyoev prezidentlikka kelgandan so‘ng tug‘ilgan yangi imkonlar¸ qolaversa¸ Toshkent yangi hukumatining Karimov davridagi siyosiy mahbuslarga oid munosabati mavzusi ham tilga olindi.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:20 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG