Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 13:54

Toshkent konvertatsiyani ochish masalasida Xalqaro valyuta jamg‘armasi bilan maslahat boshladi


Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori Kristin Lagard
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori Kristin Lagard

O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining joriy oy boshida Xalqaro valyuta jamg‘armasi bosh qarorgohi Vashingtonda o‘tkazgan muzokaralariga oid xabarni Ozodlik suhbatlashgan tahlilchilar ijobiy baholadi. Ayni paytda¸ 10 yillik tanaffusdan so‘ng qayta tiklangan bu muzokaralar oqibatida O‘zbekiston moliya tizimida jiddiy islohotlar boshlanish-boshlanmasligi borasida kuzatuvchilar aniq ishonch bilan gaplashishga oshiqmayotir.

Vashington e’tirofi

O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida Xalqaro valyuta jamg‘armasi ijrochi direktori Kristin Lagardning prezident Shavkat Mirziyoevga yozgan maktubi e’lon qilindi.

14 iyul sanasi qo‘yilgan bu maktubda XVJ rahbari Shavkat Mirziyoevning moliya-iqtisod sohasidagi sa’y-harakatlari “islohot” deb atalgan va dunyodagi eng yirik moliya tizimlaridan hisoblangan XVJning bu islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Lagardning prezident Mirziyoevga yozgan maktubi O‘zbekiston rasmiy delegatsiyasining 4-9 iyul kuni Vashingtonda o‘tkazgan muzokaralari yakunida erishilgan kelishuvlar tasdig‘idir.

Undan esa¸ ikkala tomonning “valyuta siyosatini isloh qilish yo‘llari”ni muhokama qilgani va so‘zlashuvlar natijasida “jamg‘arma xodimlarining bu boradagi ishlarni davom ettirish uchun yaqin orada Toshkentga borishi” anglashiladi.

Bu muzokaralarga bevosita aloqador O‘zbekiston Moliya vazirligi rasmiysining Ozodlikka mikrofonsiz suhbatda aytishicha¸ XVJ bilan “valyuta siyosatini liberallashtirish” masalasida qarib 10 yildan beri to‘xtab qolgan muzokaralarda Toshkent tomoni¸ jamg‘armadan “ekspert maslahati” berishni so‘ragan.

“Hozircha hech qanday qarz-kredit so‘ralgani yo‘q. XVJdan hozirgi vaziyatda valyuta siyosatini isloh qilish jarayonida konsultatsiya berish so‘raldi. Bu so‘rovni qabul qilshdi va yaqinda O‘zbekistong XVJ delegatsiyasining kelishi kutilmoqda”¸ dedi Toshkent hukumatining XVJ bilan dastlabki muzokaralari jarayoniga aloqador rasmiy.

“XVJ dabdurustdan hech kimga qarz bermaydi”

O‘zbekiston hukumati XVJ bilan “valyuta siyosatini liberallashtirish” masalasida birinchi marta muzokara o‘tkazayotgani yo‘q. Ayni shunday so‘zlashuvlar 90-yillar¸ undan so‘ng 2000 yillar boshida ham bo‘lgan.

1992 yil sentabrida XVJga a’zo bo‘lgan O‘zbekiston hukumati jamg‘armaning ustivor vazifasi sanalgan “global moliyaviy hamkorlik”ni rag‘batlantirish uchun muhim sanalgan sharti – XVJ nizomining VIII moddasi 2(a)¸ 3 va 4-bo‘limlarida ko‘zda tutilgan joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha milliy valyuta konvertatsiyasini ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olishga oid kelishuvga 2003 yilning oktabrida imzo chekkan.

Bu majburiyatga qisman amal qilgan Toshkent 2007 yilga kelib¸ uning ijrosini butunlay to‘xtatib qo‘ydi¸ O‘zbekistonda¸ XVJ bilan kelishuvga zid tarzda¸ valyuta konvertatsiyasining to‘rtta kursi amal qilishni boshladi.

Oradan 10 yildan ko‘proq vaqt o‘tib¸ O‘zbekiston 2-prezidenti Mirziyoev muntazam o‘tkazayotgan videoselektor yig‘inlarida bunday siyosat oqibatdia mamlakat iqtisodining boshi berk ko‘chaga kirib qolgani¸ xorij investitsiyasining kelmayotganini tan olishga majbur bo‘ldi.

Mirziyoev hukumatining XVJ bilan aynan Nizomning VIII moddasi – milliy valyutaning erkin konvertatsiyasini ta’minlash masalasida muzokara boshlaganini¸ Ozodlik gaplashgan mutaxassislar fikricha¸ Toshkentning erkin konvertatsiyaga chog‘lanayotganidan yana bir darakchidir:

- Endi XVJ kamida 8 kishilik missiyasini O‘zbekistondagi bozor iqtisodi ahvolini sinchiklab tahlil qilish uchun yuboradi. Bu missiya 2-3 haftalik tadqiqoti natijasida bir quloch tavsiya beradi – bank sohasida bu ishlar¸ qishloq xo‘jaligida bu ishlar¸ mashinasozlikda bu ishlar¸ degan mazmunda. Keyin O‘zbekiston tomoni bu tavsiyalarni qabul qildik¸ ular ustida ishlashni boshladik¸ biroq bizga bu islohotlarni amalga oshirish uchun kredit kerak¸ deyishi mumkin. Deylik¸ biz valyuta almashinuvining har xil kursini unifikatsiya qilmoqchimiz¸ bozor belgilaydigan bitta kursga o‘tib¸ valyuta almashish shoxobchalari ochmoqchimiz. Obmenniy kursni stabilizatsiya qilish uchun falon million yoki falon milliard dollar bering¸ deyishi mumkin. Shundan keyin XVJ kredit berish masalasini ko‘rib chiqadi¸ deydi o‘tmishda Toshkent va XVJ o‘rtasida aynan konvertatsiya masalasida o‘tkazilgan muzokaralarga bevosita aloqador bo‘lgan Moliya vazirligi sobiq rasmiysi Saparboy Jubaev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:30 0:00
Бевосита линк

IMF beradigan har bir dollar ortidan¸ bir million dollarlik investitsiya keladi”

189 davlat a’zo bo‘lgan XVJ¸ missiyasida yozilishicha¸ “moliya tizimidagi global hamkorlik¸ moliyaviy xavfsizlikni himoyalash¸ xalqaro savdoni rivojlantirish¸ dunyo bo‘ylab qashshoqlikni kamaytirib¸ davomli iqtisodiy o‘sish va yuqori ish o‘rinlari yaratish”ni rag‘batlantiradi.

Ana shu maqsadlarda o‘ziga a’zo davlat hukumatlariga texnik yordamdan katta miqdordagi kam foizlik kreditgacha beradi.

Ozodlik suhbatlashgan iqtisodchilar¸ global investor uchun hukumatlarning XVJ bilan yaqin hamkorligi o‘ta muhimligi¸ bu hamkorlik ular sarmoyasi uchun kafolat rolini o‘tashini aytadi.

"XVJ beradigan har bir dollar ortida 1 million dollarlik investitsiya potentsiali yotibdi¸ deyish mumkin. Agar¸ XVJ O‘zbekistonga 100 million dollar kredit bersa¸ uning ortidan Germaniya¸ Shveytsariya 1 milliard dollar¸ xususiy shirkatlar 10 milliard dollar sarmoya bilan kirishi mumkin. Chunki ular XVJdan kredit olishning sharti og‘irligi va unga amal qilish majburiyati borligini biladi. Shuning uchun ertaga O‘zbekistonda jamg‘arma doimiy missiyasi ochilib¸ Toshkent hukumati XVJ a’zolari zimmasiga olgan majburiyatlar¸ birinchi galda¸ konvertatsiyani ochadigan bo‘lsa¸ buning ortidan katta investitsiyalar kelishga ham yo‘l ochiladi”¸ deydi o‘zbekistonlik iqtisodchilardan biri.

XS
SM
MD
LG