Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:34

Do‘konlari tovarlari bilan buzib tashlangan sho‘rchilik tadbirkorlarga tovon to‘lanmadi (VIDEO)


Sho‘rchi tumani bozorida tadbirkorlarning yarim kechasi buzib tashlangan do‘konlari
Sho‘rchi tumani bozorida tadbirkorlarning yarim kechasi buzib tashlangan do‘konlari

Surxondaryo viloyat, Sho‘rchi tuman dehqon bozoridagi 70 nafardan ortiq tadbirkorning do‘konlari 10 iyunga o‘tar kechasi qurollangan maskali militsiya xodimlari himoyasida buldozer bilan buzib tashlandi. Buzilgan do‘konlarning ba’zilarida, egalarining aytishicha, tovarlar ham bo‘lgan.

Tadbirkorlarning Ozodlikka aytishicha, ularga do‘konlarning buzilishi haqidagi ogohlantiruv rasmiy xati oradan bir oy o‘tgandan so‘ng pochta orqali kelgan. Buzilgan do‘konlar uchun tovon puli yoki boshqa joydan do‘kon qurish uchun er ajratish haqidagi tadbirkorlarning shikoyatlariga hech kim quloq solmayapti.

Тадбиркор Машал Паянова билан мустақил журналист Малоҳат Эшонқулова суҳбати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:46 0:00

Sho‘rchi dehqon bozori hududida tadbirkorlik qiladigan Mashal Payanovaning Ozodlikka aytishicha, 9 iyun kuni yarim tunda ularning do‘konlari hech bir ogohlantirishsiz buzib tashlangan:

- 9 iyun kuni kechasi soat o‘n ikkilarda jiyanim telefon qildi. Xola, bozorga keling, bozorni qora maskali melisalar o‘rab oldi, dedi. Halloslab yugurib borsam, xuddi urushdagidek, buldozer bir chekkadan do‘konlarni yanchib ketyapti. Xabar topgan tadbirkorlar yetib kelib, dod deyapti. Lekin maskaliklar ularni yaqinlashtirmayapti. Shunday qilib butun bir bozorni bir kechada buzib tashladi. Kompensatsiya puli ham, boshqa yerdan do‘kon qurish uchun joy ham bermadi, deydi Mashal Payanova.

Sho‘rchi tumani bozorida tadbirkorlarning yarim kechasi buzib tashlangan do‘konlari
Sho‘rchi tumani bozorida tadbirkorlarning yarim kechasi buzib tashlangan do‘konlari

Bu holat yuzasidan mustaqil surishtiruv olib borgan jurnalist Malohat Eshonqulova jabrdiyda tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularni videotasvirga tushirgan.

Тадбиркор Анорхол Ҳамзаева билан мустақил журналист Малоҳат Эшонқулова суҳбати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:37 0:00

59 yashar tadbirkor Anorxol Hamzaevaning videotasvirda aytishicha, do‘konlarini o‘zlari buzib olishlariga ham ruxsat berilmagan:

“Bizni ham kimdir telefon qilib chaqirdi. Borsak buzishni boshlab yuborishgan ekan. Iltimos qildik, zorlandik, “ikki soatga ruxsat bering, o‘zimiz sindirmay buzib olaylik”, desak ,qo‘yishmadi. Ikkita do‘konimizni ichida mayda-chuyda tovarlarimiz ham bor edi. Hech kim bizni buzamiz deb ogohlantirgan yo‘q”, deydi tadbirkor.

Anorxol Hamzaeva kamida 130 million so‘mlik zarar ko‘rganini aytadi.

Msutaqil jurnalist Malohat Eshonqulova jabrlangan tadbirkordan intervьyu olyapti
Msutaqil jurnalist Malohat Eshonqulova jabrlangan tadbirkordan intervьyu olyapti

Bozorda savdo qilgan 57 yashar tadbirkor Mahmuda Sharofiddinovaning aytishicha, uning do‘koni ham ichidagi tovarlari bilan buzib tashlangan:

- Judayam og‘ir ahvolga tushib qoldik. Endi xo‘jayinim Qozog‘istonga ishga ketaman deyapti. Bankrot bo‘lib, tamom bo‘ldik. To‘rt yil oldin Rossiyaga ishlagani ketgan o‘g‘limni ham o‘ligini olib kelishgan edi. Ikkita qizim, nevaralarni ham shu bozordan tirikchilik qilib boqib turar edik. Endi hammasi tamom bo‘ldi. Do‘konimning ichida qancha narsalar qolib ketdi, ertalab borsak hammasi tuproqqa qorishib yotibdi,- dedi Mahmuda Sharofiddinova.

Тадбиркор Зулхумор Ашурова билан мустақил журналист Малоҳат Эшонқулова суҳбати
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:28 0:00

9 iyun kuni yarim kechasi tadbirkorlarning 70 dan ortiq do‘koni buzib tashlangan.

Tadbirkorlarning aytishlaricha, Sho‘rchi tumani hokimligi ularga tovon puli va boshqa joydan do‘kon qurish uchun er berishdan bosh tortmoqda.

Tadbirkorlar tuman hokimining zo‘ravonligi haqida viloyat hokimiga, O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga va Prezident xalq qabulxonasiga bir necha marta murojaat qilgan.

Tadbirkorlarning prezident Xalq qabulxonasiga yozgan murojaati
Tadbirkorlarning prezident Xalq qabulxonasiga yozgan murojaati

Lekin, tadbirkorlarning iddao qilishicha, hokimiyat tovon puli to‘lash va er berish o‘rniga, ular militsiya bo‘limiga chaqirtirilib, hech qaerga murojaat qilmaslik, aks holda o‘zlariga “yomon bo‘lishi” haqida ogohlantirilmoqda.

Bu holat yuzasidan surishtiruv olib borgan Malohat Eshonqulovaning so‘zlariga ko‘ra, ularni ham tuman ichki ishlar bo‘limi tergovchilari doim ta’qib qilgan va zo‘rlik ko‘rsatib, videoyozuvlarning bir qismini olib qo‘ygan.

Buzilishlarga bosh-qosh bo‘lgan Sho‘rchi tumani hokimi o‘rinbosari Mahmud Zoyirov bilan Ozodlik bog‘lanib, bu voqealarga munosabat olmoqchi bo‘ldi.

Lekin, Mahmud Zoyirov qo‘ng‘iroq Ozodlikdan bo‘layotganini eshitganidan so‘ng aloqani uzib qo‘ydi.

Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Davron Kenjaev esa telefon orqali Ozodlikka ma’lumot bermasligini aytdi.

"Hamma bozorda xo‘roz bir xil qichqiryapti"

Prezident Shavkat Mirziyoev 27 mart kuni imzolagan qaroriga ko‘ra, 2019 yilgacha O‘zbekistondagi bir qator bozorlar qayta quriladi.

Buzilayotgan bozorlardagi tadbirkorlarga do‘konlari uchun kompensatsiya puli to‘lanmayotgani va ularga yangi ish o‘rinlari yaratilmayotgani borasida Ozodlik ilgari ham xabar bergan edi.

Inchunin, aprel oyining oxirida buzilgan Buxoro shahridagi "Dilkusho" bozori tadbirkorlari ham tovon pulisiz va joysiz qolgan edi.

14 aprelda Toshkent viloyat, O‘rtachirchiq tuman hokimi To‘ytepa shahri markazidagi avtomobilь ehtiyot qismlari, oziq-ovqat va xalq xo‘jaligi mollari bilan savdo qiladigan tadbirkorlarga do‘konlarini zudlikda buzib, olib ketishni buyurilgan, qiymati bir necha yuz million so‘mlik do‘konlar uchun esa tovon puli berilmagan edi.

XS
SM
MD
LG