Линклар

Keyingi 10 kun ichida o‘zbek matbuoti bilan bog‘liq bir necha holat kuzatildi. “Mahalla” telekanali Yashnobod hokimligidagi majlis qatnashchilarining dardu hasrati aks etgan ko‘rsatuvni efirga uzatdi. Ko‘rsatuvga qahramon bo‘lgan Yashnobod hokimi “bizda matbuot erkin¸ men unga qarshilik qila olmayman”, deb aytdi. Mirobod tuman hokim muovini esa, xalq dodini eshitishga kelgan jurnalistlarni quvib soldi. O‘zbekiston telekanalida noo‘rin savol bergan jurnalist ishdan bo‘shatildi. "Yoshlar" telekanalida rahbar o‘zgardi. “O‘zbekiston 24” kanali ish boshladi. Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida o‘zbek matbuotidagi ana shu o‘zgarishlarni muhokama qildik.

Eshittirishda qatnashgan o‘zbekistonlik jurnalist Karimberdi To‘ramurod matbuotning bugungi ahvolini “Bir qadam olg‘a, to‘rt qadam ortga”, deb baholadi.

Jurnalist va tahlilchi Alimardon Annaev yangi ish boshlgan “O‘zbekiston 24” kanali misolida o‘zbek matbuotini “tikansiz tipratikanga” o‘xshatdi.

Boshqa ishtirokchilar nazarida bugungi o‘zbek matbuoti “endi tishi chiqaëtgan” yoki “milki qichib, tish chiqish alomatini ko‘rsatayotgan” matbuotdir.

Kun.uz nashri rahbari Xurshid Daliev fikriga ko‘ra¸ o‘zbek matbuotining o‘tkir tishlari bor, hamma gap bu tishlarni ishlatishda...

XS
SM
MD
LG