Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:55

O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegara muzokaralari tafsilotlari sir saqlanmoqda


So‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston - Qirg‘iziston chegarasini aniqlash yuzasidan hukumatlararo komissiya 14 marta uchrashuv o‘tkazdi. Lekin mazkur uchrashuvlarning natijalari O‘zbekiston tomonidan ham, Qirg‘iziston tomonidan ham jamoatchilikka oshkor etilmayapti.

Ўзбекистон - Қирғизистон чегара музокаралари тафсилотлари сир сақланмоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00
Бевосита линк

Bishkekda 29 iyul kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaralarini aniqlash bo‘yicha muzokaralarning navbatdagi bosqichi yakunlandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, to‘qqiz kun davom etgan navbatdagi muzokaralarda chegara chizig‘ining pozitsiyalar mos kelgan alohida uchastkalarini bayon qilish borasidagi birgalikdagi ishlar davom ettirildi.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston rasmiylari “Muzokaralar yakunlariga ko‘ra bayonot imzolandi. Uchrashuvlar an’anaviy do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi”, degan bildiruv bilangina cheklanib, uchrashuvlar davomida qanday konkret masalalar hal etilgani borasidagi ma’lumotni jamoatchilikka oshkor etmay kelayotir.

Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razzoqov jurnalistlarning bu boradagi savollariga:


-So‘zlashuvlar bugungi kunda sistemali ravishda O‘zbekiston va Qirg‘izistonda navbatma-navbat olib borilmoqda. Biroq qiladigan ishlar hali juda ko‘p, - degan javobni aytish bilan cheklanmoqda.

Qirg‘iziston bosh vazirining xavfsizlik va chegaralarni aniqlash bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Abduraxmon Mamataliev muzokaralar jarayoni to‘g‘risida ochiq axborot berilmayotganidan taajubda ekanini yashirmaydi:

-Hukumatlararo komissiya qaysi yerlarni borib ko‘rgani, chegaraning qancha chaqirimi tasdiqlangani, qaysi joyda qanday muammo borligi va u qay tarzda muhokama etilgani to‘g‘risida ma’lumot berilmayapti. Nega bunday qilishayotgani tushunarsiz bo‘lib qolmoqda. Hech bo‘lmaganda qo‘shni davlat bilan odamlar emin-erkin harakatlanishi uchun chegaralarni ochish to‘g‘risida kelishib olinsa bo‘lar edi, -dedi Abdurahmon Mamataliev.

Islom Karimov davrida o‘n yillab yopilib qolgan chegaralar Mirziyoevning hokimiyatga kelishi bilan qisman ochilgan edi. Lekin shu kungacha vatandoshlar O‘zbekistonga o‘zi istagan paytda borib-kelish huquqidan mahrumligicha qolmoqda. Chegaradan o‘tkazish faqat “telegramma sistemasi” asosida olib borilmoqda.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Almazbek Atambaev 2016 yilning dekbarida Toshkentda o‘tgan uchrashuvda chegarani huquqiy rasmiylashtirishni jadallashtirish masalalarini muhokama qilgan edi. Shundan so‘ng chegara bo‘yicha muzokaralar qayta jonlangan.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev shu yilning iyun oyida Moskvada qirg‘iz mehnat muhojirlari bilan uchrashar ekan, prezidentlik vakolati yakunlanguniga qadar O‘zbekiston bilan chegaralar aniqlanib bo‘lingani va chegaralarni ochish to‘g‘risidagi shartnomalarni imzolashdan umidvor ekanini bildirgan edi.

Atambaevning prezidentlik vakolati 2017 yilning kuzida yakunlanadi.

XS
SM
MD
LG