Линклар

Prezident Mirziyoev 16 avgustda imzolagan farmonga binoan 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab horijga chiqish stikerlari bekor qilinadi va xorijga chiqish pasporti joriy qilinadi.

Farmonda aytilishicha, O‘zbekiston fuqarosining 2011 yildan boshlab joriy etilgan amaldagi biometrik pasporti shaxsni va egasining fuqaroligini tasdiqlovchi hujjat sanaladi, hamda O‘zbekiston hududida foydalaniladi.

O‘zbekiston fuqarolari kirishi uchun chiqish vizasini rasmiylashtirishi talab etilmaydigan davlatlar hududiga 2011 yil namunasidagi biometrik pasport orqali 2021 yilning 1 yanvariga qadar kirishi mumkin.

Viza rejimidagi mamlakatga kirish uchun amaldagi biometrik pasportdan undagi xorijga chiqishga ruxsat beruvchi stikerning muddati yakuniga qadar foydalanish mumkin.

Xorijga chiqish uchun biometrik pasportning davlat standarti Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2017 yilning 1 dekabriga qadar tasdiqlanadi.

Joriy yil fevralida Shavkat Mirziyoev vazirlik va muassasalarga O‘zbekiston pasport-viza hamda kirish-chiqish tizimini takomillashtirishchoralari ishlab chiqishni topshirgan edi.

Xususan, 1995 yildan beri amal qilayotgan, xorijga chiqish stikerlarini bekor qilib chet elga chiqish uchun alohida pasport joriy qilish tizimini kiritish rejalashtirilgan edi.

“Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab O‘zbekiston fuqarosining chet elga chiqish biometrik pasportini joriy qilish haqidagi taklifi ma’qullansin”, - deyilgan prezident qarorida.

XS
SM
MD
LG