Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 11:15

Bosh vazir hokimlarni gapirtirayotgan jurnalistni haqorat qildi, jonli ko‘rsatuvlarini taqiqladi


Xalqaro press-klubning jonli va sayyor ko‘rsatuvlari man qilindi
Xalqaro press-klubning jonli va sayyor ko‘rsatuvlari man qilindi

O‘zbekiston MTRK Media markazida 21 avgust kuni MTRK jurnalistlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir Abdulla Aripov Xalqaro press klub markazi rahbari, jurnalist Sherzod Qudratxo‘jaev olib borayotgan jonli ko‘rsatuvlarini tanqid ostiga olib, uni “haddidan oshib ketganlikda” aybladi.

Bosh vazirning sensirab gapirishiga Sherzod Qudratxo‘jaev, “menga baqirishga va senlashga haqqingiz yo‘q”, deb javob qaytardi.

Onlayn ko‘rsatuvlarning taqiqlanganini, jurnalistlar, 25 yillik uyqudan keyin endi uyg‘onayotgan o‘zbek jurnalistikasini yana bo‘g‘ishga harakat sifatida baholashmoqda.

“Sen, bola, haddingdan oshding!”

MTRK Media markazida 21 avgust kuni soat 10 dan 16 gacha davom etgan yig‘ilishni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov, prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonov olib borgan.

Bu yig‘ilishda ishtirok etgan, ismi sir qolishini so‘ragan jurnalistlardan birining aytishicha, Bosh vazir va Xalqaro press klub rahbari o‘rtasida “dahanaki jang” bo‘lib o‘tgan:

“Bosh vazir Abdulla Aripov XPK (Xalqaro press klub) rahbari Sherzod Qudratxo‘jaevga “Sen, bola haddingdan oshib ketding, sen o‘zingni kim deb o‘ylavossan”, deb qattiq gapirdi. Bundan jahli chiqqan Sherzodxon “Bosh vazir bo‘lsangiz o‘zingizga, menga baqirishga va senlashga haqqingiz yo‘q”, dedi. Keyin dahanaki jang boshlandi. Bosh vazir Sherzodni qattiq haqorat qildi, "ko‘tinga bir tepsam ikkovin kegan joyinga qaytib ketasan, domlachiligingni qilib dedi”, dedi suhbatdosh.

Бош вазир ҳокимларни гапиртираётган журналистни ҳақорат қилди, жонли кўрсатувларини тақиқлади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:05 0:00
Бевосита линк

Jurnalistning aytishicha, Sherzod Qudratxo‘jaev rahbarligidagi Xalqaro press klubning onlayn ko‘rsatuvlari, jamiyatdagi muammolarni ochiq gapirayotgani, viloyat hokimlari ishtirokidagi erkin suhbatlar Bosh vazir va matbuotni nazorat qiluvchi prezident maslahatchisi Xayriddin Sultonovga yoqmagan:

“Xalqaro press klubda ko‘tarilgan masalalar, muammolar so‘nggi 25 yilda gapirilmagan edi. Sherzod Qudratxo‘jaev, prezidentning gapidan ruhlanib, bu muammolarni ochiq ko‘tara boshladi va savollarga javob berish uchun deputatlar, senatorlarni taklif qildi. Viloyat hokimlari bilan uchrashuvlar o‘tkazib, o‘qituvchi va shifokorlarni dala ishlariga jalb qilmaslik va’dasini oldi. Albatta, bu 25 yillik senzuraga rahbarlik qilgan Xayriddin Sultonovga va Bosh vazirga yoqmagan”, deydi jurnalist.

“Onlayn ko‘rsatuvlar bundan keyin bo‘lmaydi”

Ushbu yig‘ilishda ishtirok etgan, boshqa jurnalist haqiqatan ham Bosh vazir va Sherzod Qudratxo‘jaev o‘rtasida dahanaki jang bo‘lib o‘tganini tasdiqlar ekan, bundan g‘azablangan Abdulla Aripov jonli ko‘rsatuvlarni yo‘q qilishni buyurganini aytdi:

“Bosh vazir “bundan keyin hech qanday onlayn-ponlayning bo‘lmaydi, qisib ishlaysan hammang. Onlaynni efirga yaqinlashtirmaysan, har bir ko‘rsatuvni efirga berishdan oldin Xayriddin Sultonov bilan maslahatlashasan”, dedi. Ertalab soat 10 da boshlangan majlis soat 16 da tugadi”, dedi jurnalist.

“Bosh vazir va Xayriddin Sultonov televidenieni avvalgi holiga qaytarishmoqchi”

Ozodlik suhbatlashgan jurnalistlarning aytishlaricha, Bosh vazir MTRK raisi Bobir Alixonovga xayfsan bergan.

Uch kun oldin MTRK raisining birinchi o‘rinbosariligidan bo‘shatilib, “O‘zbekiston” telekanaliga direktor etib qo‘yilgan Xayrulla Nuriddinov yana o‘z joyiga qaytarilgan.

Majlisda qatnashgan jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, aholining ijtimoiy muammolari haqida jiddiy ko‘rsatuvlar tayyorlagan “O‘zbekiston 24” telekanali direktori Ozod Hamidxo‘jaev ham ishdan olingan va uning o‘rniga ilgari ishdan haydalgan Nodir To‘laganov tayinlangan.

Uch oy burun MTRKning texnika masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarligi vazifasidan bo‘shatilgan, Bosh vazirning xolavachchasi deb aytilayotgan Nusrat Hakimov yana o‘z joyiga qaytarib qo‘yilgan.

“Baxshining qo‘shig‘i Xayriddin Sultonovga dastak bo‘ldi”

O‘zbekiston MTRKning ismi sir qolishini so‘ragan jurnalistlaridan birining aytishicha, XPKning Qashqadaryo viloyatida o‘tkazgan sayyor yig‘ilishida baxshining aytganlarini Xayriddin Sultonov Sherzod Qudratxo‘jaevga qarshi dastak qilib olgan:

“Agar ko‘rgan bo‘lsangiz, Qarshidagi XPK yig‘ilishi oxirida bir baxshi chiqib, o‘zidan to‘qib qo‘shiq aytadi. Baxshi o‘shanda, yurtni ulug‘lab, prezidentdan oldin “press klubni tashkil qilgan Sherzodxonga ham ming rahmatey” deydi. Ana shunga Xayriddin Sultonov yopishib olib, “nega baxshi senga bag‘ishlab qo‘shiq aytadi, bizda rahbar bitta”, dedi.

Bunga javoban Sherzod Qudratxo‘jaev​ "Axir, baxshilar ming yillardan buyon o‘ylaganini aytadi”, dedi jurnalist.

“Majlisdan bir kun oldin katta “razbor” bo‘lgan!”

Bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan majlisda qatnashgan jurnalistning aytishicha, majlis arafasida u va hamkasblari uyiga ketolmagan, televidenie xavfsizlik xizmati xodimlarning uyiga ketishiga ruxsat bermagan.

“MTRK rejimi o‘tgan kuni efirda bo‘lgan jurnalistlarni tonggacha ushlab qoldi. Tonggi soat oltida uyiga ketgan jurnalistlarni yana ishga chaqirib, soat 10 da majlis boshlashdi. To‘rt-besh soat davomida jurnalistlarni bir Bosh vazir, bir Xayriddin Sultonov rosa so‘kdi. Bobir Alixonovni uch soat oyoqqa qo‘yib, tergashdi. Bosh vazir Alixonovga “bo‘ldi, endi k... qisib ishlaysan, bo‘lmasa kelgan joyingga yo‘qotaman. Sherzod, senga ham shu gap, bo‘lmasa, o‘qituvchilingni qilib yurovrasan”, dedi”, deydi jurnalist.

O‘zbekiston MTRKning o‘zini tanishtirmagan mulozimi, Media markazda majlis bo‘lganini, rais o‘rinbosarligiga Xayrulla Nuriddinov va Nusrat Hakimovlar qayta qo‘yilganini tasdiqladi.

Biroq, mulozim onlayn ko‘rsatuvlar bundan so‘ng bo‘lish-bo‘lmasligidan xabari yo‘qligini aytdi.

Endi ochilayotgan TVni bo‘g‘ishdan maqsad nima?

Ismi sir qolishini so‘ragan poytaxt gazetalaridan biri muharririning fikricha, O‘zbekistonda uchqunlay boshlagan so‘z erkinligi, hokimlarning tanqid qilinishi kabi holatlar tez orada katta rahbarlarga ham yetib borishini anglagan Bosh vazir va prezident maslahatchisi tezkor zaruriy choralarni ko‘rishga kirishgan:

“Kadrlarning tinimsiz va ta’bir joiz bo‘lsa, mantiqqa zid almashtirilaverishi davlat oliy rahbariyatining kadr tanlash va joyiga qo‘yish borasida aniq strategiyasi yo‘qligini ko‘rsatadi. Vaziyat shu alfozda davom etadigan bo‘lsa juda tez fursatda ishlaydigan odamning o‘zi qolmaydi va prezidentning mazkur kadrlar siyosati hamma ishning pachavasini chiqaradi. Prezidentning nega tanqid qilmaysizlar degan gapidan ruhlangan jurnalistlar bevosita hokimiyat aybdor bo‘lgan muammolarni ko‘tara boshladilar. Tizginni ozgina bo‘sh qo‘ygan hokimiyat bundan juda qo‘rqib ketdi va jilovni tortib qo‘yishga qaror qildi. Islom Karimov davrida ham boshida shunday bo‘lgandi. Va uni ham oxir-oqibat ishonchli odamlarsiz qoldirishdi. Hozir ham o‘sha eski usulni qo‘llab ko‘rishmoqchi”, deydi muharrir.

Kadrlar almashinuvi OAVning erkinlashishiga yordam beryaptimi?

O‘zbekiston prezidentining matbuot bo‘yicha davlat maslahatchisi Xayriddin Sultonov Islom Karimov hokimiyatga kelgandan buyon ommaviy axborot vositalarini nazorat qilib keladi.

U 1993 yilda prezident devoni axborot tahlil markazi rahbari, 2000 yildan boshlab esa madaniyat, matbuot va ijodiy tashkilotlar bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlab keladi.

Mirziyoev hokimiyatga kelganidan so‘ng ham O‘zbekiston OAVning eng katta nazoratchisi o‘z vazifasida qolmoqda

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev hokimiyatga kelgandan so‘ng televideniedagi bir qancha rahbarlarni almashtirdi.

Mirziyoev O‘zbekiston Xalq artisti, xonanda Ozodbek Nazarbekovni “Yoshlar” teleradiokanali Bosh direktori qilib tayinladi. Ammo oradan uzoq vaqt o‘tmay, Nazarbekov O‘zbekiston Madaniyat vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Joriy yilning fevral oyida Xurshid Mirzohidovni MTRK raisi qilib qo‘ygan prezidentning o‘zi avgust oyi boshida uni ishdan bo‘shatdi va Bobur Alixonovni direktor qilib qo‘ydi.

O‘zbekiston Milliy teleradikompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan 17 avgust kuni bo‘shatilib, “O‘zbekiston" kanaliga direktor etib tayinlangan Xayrulla Nuriddinov 21 avgust kuni yana eski lavozimiga qayta tiklandi.

Uch kun Milliy teleradiokampaniya raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan Bahodir Yunusov esa “O‘zbekiston” telekanaliga direktor bo‘ldi.

"O‘zbekiston 24" telekanalining ma’lum qilishicha, “O‘zbekiston” telekanaliga Xayrulla Nuritdinovgacha direktorlik qilgan Nodir To‘laganov Ozod Hamidxo‘jaev o‘rniga "O‘zbekiston 24" telekanali direktori etib tayinlandi.

XS
SM
MD
LG