Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 06:30

Morgan Frimen AQShdagi na davlat va na biror partiyaga tegishli notijorat tashkilotiga tayyorlab bergan videoroligi uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovdan baloga qoldi.

Bu videorolikda Amerika Rossiya bilan “urush” holatida ekani va rasmiy Moskvaning AQShda 2016 yili bo‘lib o‘tgan prezident sayloviga aralashganini tergov qilish zarurligi aytiladi.

Dmitriy Peskov 20 sentabrda Kreml Frimenning videoroligini jiddiy qabul qilmasligini bildirdi.

Peskov Kreml rolikni tahdid deb hisoblamasligini aytgandan so‘ng, Frimenning o‘ziga tashlanib qoldi va uni “ehtiros va jazava qurboni” deb atadi.

Kreml matbuot kotibining jurnalistlarga aytishicha, “aksariyat aktyorlar asl vaziyatni ko‘rmay-bilmay turib, his-hayajonga berilib ketadi va uning qurboni bo‘ladi”.

Putin o‘tmishda G‘arb shou-biznesining ayrim vakillarini qabul qilib, Kreml tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlagan aktyor yoki sportchilarga Rossiya vatandoshligini hadya qilib kelayotgan edi.

Xususan, 2014 yili Rossiya Ukrainaning Qrim yarim orolini bosib olgandan so‘ng noyabr oyiga borib, Putin Amerikaning ekshn filmlari aktyori Stiven Sigalga Rossiya pasportini shaxsan topshirgan edi.

Sigal Putinni “dunyodagi eng buyuk siyosatchilardan biri” deb atagani va Ukrainaning Rossiya bosib olgan hududida o‘zi boshliq ansambl blyuz yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni ijro etgani uchun shu tarzda siylandi.

Fransuz aktyori Jerar Depardye Putinga matbuotda ochiqcha xushomad qilgani uchun 2013 yili Rossiya vatandoshligi va pasportini qo‘lga kiritdi. Aslida uning maqsadi o‘z mamlakatida soliq to‘lovlari foizi ortgani ortidan daromadidan soliq to‘lashga chap berish bo‘lgan edi.

Putin amerikalik bokschi kichik Roy Jons va aralash jang san’ati ustasi Jeff Monsonga ham ular bilan Qrimda choyxo‘rlik qilgani uchun vatandoshlik tuhfa etgan edi.

19 sentabr kuni Rossiyaning prezident sayloviga aralashuvini tergov qilish qo‘mitasi e’lon qilgan rolikda Frimen, Rossiya Qo‘shma Shtatlarga hujum qildi va ayni paytda u bilan “urush holatidadir” deb aytdi.

XS
SM
MD
LG