Линклар

17 декабр 2017, Тошкент вақти: 07:31

Qashqadaryodagi ayrim maktablarning yuqori sinf o‘quvchilari bir haftadirki, paxta terimiga jalb qilindi. O‘quvchilar va ular ota-onalarining aytishicha, bolalar maktabda ikki soat o‘qigach, dalaga haydalayapti. Andijonda esa o‘quvchilar o‘rniga ularning ota-onalari paxtaga chiqishga majburlanmoqda.

Qarshilik o‘quvchilar dalada

Qarshi tumanidagi 39-sonli maktabning 8-9-10 sinf o‘quvchilari dars payti Patron qishlog‘i dalalarida paxta terayapti. Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan manbaning aytishicha, shanba-yakshanba kunlari o‘quvchilar kuni bilan dalada, boshqa kunlari 1-2 soat o‘qib, keyin paxta terimiga chiqarilayapti.

“Potron qishlog‘idagi 39-sonli maktabda o‘quvchilar paxta terimiga chiqarildi. O‘quvchilar har kuni 1 soat yoki 2 soat o‘qib, paxtaga chiqarilayapti. Shanba-yakshanba kunlari esa o‘quvchilar kuni bo‘yi dalada”, deya xabar qildi patronlik manba.

Vaziyatni o‘rgangan Ozodlik mobil muxbiri Patron qishlog‘i dalalarida paxta terayotgan o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularni foto va video tasvirga oldi. Biroq suhbatlar va videotasvirlar o‘quvchilar xavfsizligini himoyalash maqsadida e’lon qilinmayapti..

Ozodlikka gapirgan o‘quvchilar o‘zlarining bir haftadan buyon paxta terayotganlarini aytdi.

“10-sinflar bir haftadan buyon paxta terayapti. 9- sinflar seshanbadan chiqdi paxtaga, 2 soat o‘qib, keyin paxtaga chiqayapmiz, shanba-yakshanba esa kun bo‘yi paxtadamiz”, dedi o‘quvchilar.

O‘quvchilardan birining onasi ham Ozodlik bilan suhbatda 9-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lining bir haftadan buyon paxta terishga chiqarilganini aytdi.

“O‘g‘lim ertalab maktabga ketib, 2 soat o‘qib keladi. Keyin uyga kelib kiyimlarini almashtirib¸ dalaga ketadi. Hali paxta pulini berishmadi. Yuqori sinflarning hammasini paxtaga chiqishga majburlayapti. Kim bo‘lardi¸ hokimlikda!” dedi o‘quvchilardan birining onasi.

Mobil muxbir Qarshi tumanidagi 39-sonli maktabga borib olgan surat
Mobil muxbir Qarshi tumanidagi 39-sonli maktabga borib olgan surat

Yakkabog‘ va Shahrisabz o‘quvchilari ham dalada

Ozodlikka yo‘llangan yana bir xabarga ko‘ra, Qashqadaryoning Yakkabog‘ tumani maktablari o‘quvchilari ham dalaga haydalgan.

“Yakkabog‘ tumanidagi qishloq maktablarining 8-9-10 sinf o‘quvchilari bugundan boshlab paxta terishga majburiy jalb qilindi. Tuman rasmiylari barcha maktablarga 20 sentabr kuni aytib chiqdi”, deya xabar qildi yakkabog‘lik manba.

Shahrisabzlik manba ham yuqori sinflar o‘quvchilari paxtaga haydalganini xabar qildi.

"Shahrisabzda 7-sinfdan 10- sinfgacha barcha o‘quvchilar va o‘qituvchilar majburiy paxta terimiga chiqarilmoqda. Cho‘lga borishga sog‘ligi ko‘tarmaganlardan o‘rniga odam yuborish talab qilindi”, deya yozdi shahrisabzlik manba.

Qashqadaryo Xalq ta’limi boshqarmasining Ozodlik bog‘langan rasmiylari o‘quvchilarning paxta terimiga chiqarilganini qat’iy inkor qildi.

Ayni paytda viloyat xalq ta’limi tizimida ishlovchi xodimlardan birining shaxsi sir qolish so‘rovi bilan aytishicha¸ viloyat hokimligi tomonidan o‘quvchilarni paxtaga chiqarish masalasini qattiq sir saqlash¸ oshkor bo‘lgan taqdirda¸bunday holatni butunlay inkor qilish topshirilgan.

Andijonda o‘quvchilarning ota-onalari dalada

Andijonning Shahrixon shahridagi maktablarning 1-sinfdan 10- sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar ota-onalaridan paxtaga chiqish talab qilindi¸ deb xabar qildi Ozodlikka shahardagi 6-sonli maktabning 1-sinfida o‘g‘li o‘qiydigan otalardan biri:

- O‘g‘lim hali endi bordi maktabga. Direktor ota-onalarni yig‘ib, “hammangiz paxtaga chiqasiz”, bu majburiy degan gapni aytishdi. Hozir ota-onalar bolasi uchun paxtaga chiqib¸ norma bo‘yicha terayapti¸ deydi o‘g‘li 1-sinfda o‘qiydigan ota.

O‘quvchilardan paxta uchun pul yig‘ilmoqda

Asaka tumanidagi 59-maktab o‘quvchilari ota-onalaridan paxta terimi uchun pul yig‘ilayotganini xabar qildi Ozodlikning bu hududdagi yana bir manbasi.

“Asaka tumani 59-maktabda paxta bo‘yicha bugun majlis bo‘ldi. 58-maktabda ham shunaqa paxta bo‘yicha majlis bo‘ldi. Har bir sinfning ota-onalar raisi pul yig‘ib berayapti. Uch yuz ming so‘mdan har bir sinf berishi kerak. Gapirsak¸ viloyat xokimining topshirig‘i deb osongina qutulyapti", deya xabar qildi 59-maktabda o‘g‘li o‘qiydigan ota.

Suhbatdosh 59-maktab rahbariyatining ota-onalardan paxta uchun pul so‘ragani aks etgan yig‘ilishning yozib olingan audiosini Ozodlikka jo‘natdi. Lekin manba xavfsizligini ta’minlash maqsadida audio yozuv e’lon qilinmaëtir.

19 sentabr kuni BMT bosh minbarida nutq so‘zlagan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev mamlakatda bolalar mehnati¸ umuman majburiy mehnatga barham berilgani haqida bayonot qildi.

XS
SM
MD
LG