Линклар

BMT: Anneksiyadan so‘ng Qrimda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi

  • Озодлик

Qrim. Krasnogvardeyskiy rayoni. Qrimtatarlar siyosiy mahbuslar haqiga duo qilmoqda. 2017 yil, 23 sentabr.

Ukrainaga qarashli Qrim yarim oroli Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan so‘ng bu yerda inson huquqlari bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgan, deyiladi BMTning yangi hisobotida.

Jiddiy qonun buzilishlari orasida odamlarning g‘oyib bo‘lishi¸ asossiz qamoqqa olishlar, qiynoqlar va noqonuniy deportatsiyalar mavjudligi aytilgan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari idorasi hisobotida.

Ekspertlar fikricha, Rossiya rasmiylarining hatti-harakatidan asosan qrim tatarlari eng ko‘p jabr ko‘rgan.

Hisobotga ko‘ra, anneksiya qilingan Qrimning o‘ng minglab aholisiga majburan Rossiya fuqaroligi berilgan. Rossiya fuqaroligidan voz kechganlar esa qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelgan. Jumladan, davlat xizmatchilariga agar Rossiya fuqaroligini olmaydigan bo‘lsalar,ishdan bo‘shatilish bilan tazyiq ko‘rsatilgan.

Yarim orolda Rossiya qonunlariga o‘tilishi notijorat tashkilotlari, OAV va diniy hamjamiyat uchun murakkabliklarni keltirib chiqargan. Anneksiyaga qarshi bo‘lganlarning fikrlarini erkin ifoda qilish, tinch namoyishlar o‘tkazish va diniy e’tiqodlari bilan bog‘liq huquqlar bir necha bor buzilgan.

BMT bayonotiga ko‘ra, bularning hammasi Jeneva konvensiyasiga zid va xalqaro huquq tamoyillarini buzadi. Hisobotda ta’kidlanishicha, Qrimda inson huquqlari bilan bog‘liq qayd qilingan buzilishlarni samarali tekshirish borasida hukumat hech narsa qilmagan.

XS
SM
MD
LG