Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:34

O‘ziga o‘t qo‘ygan o‘qituvchi shifoxonadan prokuratura haydab chiqarganini iddao qildi


Ahmad Niyozimbetov ikki kun avval To‘rtko‘l tuman shifoxonasida.
Ahmad Niyozimbetov ikki kun avval To‘rtko‘l tuman shifoxonasida.

Uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik sifatida o‘ziga o‘t qo‘yib, tomdan sakragan va olgan jarohatlari sabab shifoxonada davolatayotgan Ahmad Niyozimbetov kasalxonadan haydab chiqarildi. Ahmadning Ozodlikka aytishicha, To‘rtko‘l tuman prokuraturasi vakillari shifoxona rahbariyatidan uni chiqarib yuborishni talab qilgan.

Shifoxonadan haydalgan Ahmad

Ahmad Niyozimbetovning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, 28 sentabr kuni To‘rtko‘l tuman prokuraturasi vakillari uni shifoxonadan haydab chiqargan:

- Meni bolnitsadan haydab chiqarishdi. “Qolgan lechenieni uyingda olsang ham bo‘ladi”, deb haydab chiqarishdi. Lekin men uyimda yotib lechenie olib, davolanishga imkoniyatim, sharoitim yo‘q, dedim. Shunga qaramasdan menga ko‘chaga chiq deb aytishdi. Meni oldimga To‘rtko‘l tumani prokurori yordamchisi, yonida bir nechta kishilar bilan glavvrach, doktorlar kelishdi. “Chiqib ket deb 3 kun oldin aytganman”, dedi bosh shifokor. Men aytdim, “qo‘llarim borku hali” desam, “uyingda davolansang ham bo‘ladi”, deb chiqarib yuborishdi. Prokuror o‘rinbosari glavvrachdan “Bu yerdan chiqmasa, siz qanday chora ko‘rasiz”, deb so‘radi. Shundan keyin ko‘chaga narsalarimni otib yuborishganidan ko‘ra, o‘zim chiqay deb, chiqib ketdim, - deydi Ahmad Niyozimbetov.

Ўзига ўт қўйган Аҳмад шифохонадан ҳайдалди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:25 0:00
Бевосита линк

Ahmad Niyozimbetovning shifoxonadan haydalashi borasida izoh so‘rab, To‘rtko‘l tuman prokuraturasiga qo‘ng‘iroq qildik. O‘zini prokuratura xodimi deb tanishtirgan yigit "bu borada telefon oraqali ma’lumot berilmasligini" aytish bilan cheklandi.

O‘zini yoqib, tirik qolgan Ahmad

Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumani Ullibog‘ qishlog‘ida yashovchi 29 yashar Ahmad Niyozimbetov 19 sentabr kuni uyini buzishga kelgan hokimlik vakillariga norozilik bildirib, o‘ziga o‘t qo‘ygan va uyining tomidan sakragan edi.

Тўрткўллик ўқитувчи ўзини ëқиб юборишга уринди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:31 0:00

Ahmad o‘sha kuni To‘rtko‘l tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan. O‘n kundirki, u shifoxonaning travmatologiya bo‘limida davolanayotgan edi.

Ahmad jiddiy shikastlanmagan

28 sentabr kuni shifoxona mulozimlari bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmadi. Ikki kun avval shifokor Elyor Ahmedov Ahmadning hozirda ahvoli yaxshi ekanligini aytgan:

- Uning son sohasida 1,5-2 foiz yongan. Oyog‘ining yumshoq to‘qimalari lat yegan. Singan-chiqqan joyi yo‘q lekin, -degan edi Elyor Ahmedov 26 sentabr kuni Ozodlik bilan suhbatda.

Lekin Niyozimbetovning aytishicha, ikkala oyog‘ida hali ham og‘riq bor, kuygan joylari bitishni boshlagan. "Hozir otamning uyida yotibman. Davolanishga imkoniyatim, sharoitim yo‘q", dedi Ozodlikka Ahmad 28 sentabr kuni.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:34 0:00
Бевосита линк

Ahmad Niyozimbetov ikki kun avval To‘rtko‘l tuman shifoxonasida.
Ahmad Niyozimbetov ikki kun avval To‘rtko‘l tuman shifoxonasida.

Ahmad: Men organ va hokimlikdan qo‘rqaman

28 sentabr kuni To‘rtko‘l tuman prokuraturasi xodimlari Ahmad Niyozimbetovni prokuraturaga olib borib, o‘ziga o‘t qo‘ygani borasida tushuntirish xati olgan.

- To‘rtko‘l tuman prokuraturasi shu paytgacha o‘rganganida, bundan bir yil avval o‘rganar edi. Men bir yildan buyon shu mojaro bo‘yicha yuribman. Bormagan yerlarim qolmadi. To‘rtko‘lda organda, hokimiyatda ularga qarshi chiqqan odamni yer bilan yakson qilib tashlaydi bular. Bularning qo‘lidan har balo keladi. Juda bo‘lmaganda meni o‘zimni nohaq tuhmat qilib, qamab yuborish ham keladi. O‘zimga qarshi jazo qo‘llashi ham mumkin. Asossiz ayb qo‘yib, qamab yuborishi mumkin. Mening orqamda hech kimim yo‘q, deydi Niyozimbetov.

Hozirda Ahmad otasining uyida davolanishni davom ettirayapti. Uning aytishicha, uyini buzish masalasi hozircha to‘xtatilgan.

Ahmad: Uyim qonuniy, hujjatlarim bor

Ahmad ikki qizning otasi. Hozirda rafiqasi to‘qqiz oylik homilador. Urganch davlat universitetining “jismoniy tarbiya” fakultetini tamomlagan, oliy ma’lumotli Ahmad Niyozimbetov ish yo‘qligi sabab mardikorlik qilib oilasini boqayotganini aytadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hokimlik noqonuniy deyayotgan uyni o‘zi ukalari bilan birgalikda qurib bitkazgan va qo‘lida uyga tegishli hamma hujjatlari bor:

- Otam Niyozimbetov Botirning nomiga sud qarori chiqqanmish. “Noqonuniy uy qurgan” degan qaror. Shu qaror bo‘yicha bular mening uyimni buzmoqchi. Lekin bu uy meniki, otamniki emas. Uy o‘zimning nomimda. Uy bo‘yicha kadastr hujjatlarim, auksionda yutib olgan hujjatlarim bor. Qo‘shimcha 4 sotix yer maydoni bor, uning ham kadastr hujjati bor, hammasining soliqlarini to‘lab o‘tiribman,- deydi Niyozimbetov.

Ўзига ўт қўйган тўрткўллик йигит билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:00 0:00
Бевосита линк

​Hokimlik: Ahmadning uyi noqonuniy qurilgan

To‘rtko‘l tumani hokimining o‘rinbosari Azimbay Sapaevning Ozodlik bilan suhbatda aytishicha, Ahmad Niyozimbetovning uyi qonuniy qurilgani sud orqali tasdiqlangan:

- Uning kadastr hujjatlari bo‘lgani bilan, kimlardir uni oldin noqonuniy berganda. Hujjatlari sudga berilgan, sud qaror chiqargan. O‘sha paytda u hujjatlar noqonuniy berilgan. Qarorlar asliga to‘g‘ri deb berilgan, lekin qarorning osnovaniyasi yo‘q. Hech qaerda registratsiyada yo‘q. Oldingi bo‘lgan hokimlar pulini olib, qo‘l qo‘yib berib yuborgan,- deydi Sapaev.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:26 0:00
Бевосита линк

To‘rtko‘lda jami 500 odamning uyi buziladi

To‘rtko‘l hokimi o‘rinbosari Azimboy Sapaevning aytishicha, To‘rtko‘lda bitta Ahmad emas, jami 500 kishining uyi noqonuniy qurilgani sabab buzib tashlanadi:

- Bir uniki emas, ko‘pchilikniki buziladi. 500ga yaqin uy. Hammasi buyicha sud qarori bor. Hozir sud ijrosi boshlanayapti,- dedi Azimboy Sapaev.

Sapaevga ko‘ra, uyi noqonuniy deb topilgan to‘rtko‘lliklar oldingi hokim ustidan shikoyat qilmagani bois, hozircha faqat uy egalari jazolanmoqda.

XS
SM
MD
LG