Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:02

Navalniy: Qariya Putin Nijniy Novgoroddagi mitingga bormasligimi qanchalar xohlaydi-ya!


Aleksey Navalniy
Aleksey Navalniy

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadigan mitingga yo‘l olgan paytda Moskva politsiyasi tomonidan o‘z kvartirasi yaqinida qo‘lga olindi.

Bu haqda muxolifatchining o‘zi 29 sentabr kuni Instagramda bildirdi.

- Eh, qariya Putin, Nijniy Novgoroddagi mitinnga bora olmasligimi qanchalar xohlaydi-ya! – deb yozdi u.

Qo‘lga olinishi aks etgan videoni e’lon qilgan Navalniy politsiya mahkamasiga olib ketishayotgani haqida yozdi.

- Kinolardagidek bo‘ldi: avtomobil kelib to‘xtadi, undan politsiya xodimlari tushdi, - deya qo‘shimcha qildi Navalniy.

Navalniy 2018 yili o‘tkaziladigan Rossiya prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘yish istagini bildirgan. Ammo Rossiya rasmiylari u moliyaviy jinoyatlarda aybdor, deb topilgani uchun, siyosiy jarayonlardan chetlatilgani aytishmoqda.

Navalniyning o‘zi esa hech qanday aybi yo‘qligini aytib, unga qo‘yilgan ayblovlar uning saylovda ishtirok etishiga halal berish hamda Putinga yaqin shaxslar korrupsiyasi haqida yozgan hisobotlariga javob o‘laroq o‘ylab topilgan uydirma ekanligini aytib keladi.

2013 yili muxolifatchi Moskva meri saylovida ikkinchi o‘rinni olgan.

Rossiyaning bir necha shahrida Navalniy keyingi paytda o‘tkazgan mitinglarga yuzlab, ba’zan minglab odam keldi.

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Navalьniy odamlarni ruxsat berilmagan mitinglarda qatnashishga chorlagani uchun qo‘lga olinganini bildirdi.

Ammo muxolifatchining matbuot kotibi Kira Yarmish, aslida, Nijniy Novgoroddagi mitingga shahar rasmiylari ruxsat berganini aytdi.

Oy boshida Human Rights Watch tashkiloti “radikal millatchi hamda putinparast guruhlar Navalniy kampaniyasi a’zolariga hujum qilib, ularni qo‘rqitib kelayotganini”, bu holatlar bo‘yicha rasmiy tergovlar “samarali ravishda o‘tkazilmayotganini” ta’kidlagan edi.

Rasmiylar nazarda tutgan noqonuniy miting Navalniy Sankt Peterburgda 6 oktabr, ya’ni Putin tug‘ilgan kunda o‘tkazishni rejalashtirayotgan miting bo‘lishi mumkin.

Kuni kecha Navalniy Sankt Peterburg shahri rasmiylari o‘z qo‘llovchlari bilan uchrashishi uchun maqbul joy ajratishga rozi bo‘lmayotganini bildirgan edi.

Muxolifatchi agar yana rad javobini olsa, yig‘inni shahar maydonlaridan birida o‘tkazmoqchi ekanligini ta’kidladi.

Hokimiyat tepasiga 1999 yil kelgan Putin 2018 yilning 18 martiga belgilangan saylovda o‘z nomzodini ko‘rsatishi kutilmoqda. Ammo prezident hali buni rasman e’lon qilmagan.

XS
SM
MD
LG