Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:31

Rossiyadagi migrantlar muammosi bilan shug‘ullangan Maxsud Abdujabborov o‘zbek hibsxonasidan ozod etildi


Maxsud Abdujabborov
Maxsud Abdujabborov

O‘zbekiston huquq tizimlari tomonidan “odam savdosi”da ayblanib, ikki yilcha avval Sankt-Peterburgda hibsga olingan va uzoq tortishuvlardan keyin 2017 yil iyulida O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan “Yoshlar” harakati rahbari Maxsud Abdujabborov ozodlikka chiqarildi. Huquq faoli o‘ziga nisbatan qo‘yilgan barcha ayblovlar bekor qilinganini bildirdi.

2017 yilning iyul oyida Rossiyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan Umumrossiya “Yoshlar” ijtimoiy harakati" tashkiloti (Vserossiyskoe molodyojnoe dvijenie "Yoshlar") rahbari va Muhojirlarni o‘qitish mintaqaviy markazi boshlig‘i Maxsud Abdujabborovning sentabr oxirlarida Toshkentdagi tergov izolyatoridan ozod qilingani Ozodlikka 5 oktabr kuni ma’lum bo‘ldi.

Ozodlik bilan suhbatda Abdujabborov o‘ziga nisbatan qo‘yilgan “odam savdosi” aybi olib tashlangani va hozirda ona yurti Samarqandda davolanayotganini bildirdi:

- Meni qo‘yib yuborishganining sababi qo‘yilgan ayblovlar tuhmat asosida bo‘lgani edi. Mana endi advokatlik va prokurorlik tizimi ishga tusha boshladi, deyishimiz mumkin. Eng avvalo BMTga arz qilganlar yoki xalqaro tashkilotlar nazoratiga tushgan shaxslar ozod etilayapti. Keyin, BMTning nazoratchilari (BMT Inson huquqlari kengashining Din va e’tiqod erkinligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shohid yetakchiligidagi delegatsiyaning 2-12 oktabr kunlari O‘zbekistonga qilayotgan safari nazarda tutilmoqda - tahr.) hozirda O‘zbekistonda ekani ham turtki bo‘layapti. Lekin men ko‘plab siyosiy va diniy mahbuslarning chiqarilishini faqat xalqaro bosim bilan emas, yangi prezident va uning komandasi sud, advokatlik va boshqa tizimlarda islohotlar boshlagani bilan bog‘layapman. Eslasangiz, Mirziyoev bu islohotlarni eng avvalo oqlov hukmlari deyarli chiqarilmayotganiga e’tibor qaratishdan boshladi, deydi Maxsud Abdujabborov.

Huquq faoli O‘zbekistonda ozod etilayotgan mahbuslarning ko‘plari o‘zlariga sud tomonidan berilgan muddatni allaqachon o‘tab bo‘lganini, ular marhum prezident Karimovning “qora ro‘yxatida” bo‘lgani sababli “qamoqxona rejimini buzish” bahonasi bilan takror va takror “raskrutka” qilinganini aytadi:

Махсуд Абдужабборов: Ўзбекистон турмаларида "раскрутка" тўхтатилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:07:23 0:00
Бевосита линк

- De-yure, ular allaqachon qo‘yib yuborilishi kerak edi. “Raskrutka” qilish odatiy hol edi. Hozir bu to‘xtatildi. Boya aytganimdek, BTM komissiyasi faoliyat olib borayotgani, qamoqxona tizimining o‘zida katta tekshiruvlar olib borilayotgani ishlar qayta ko‘rib chiqilayotganiga sabab bo‘lmoqda, deydi Maxsud Abdujabborov.

2015 yilning oktabridan 2017 yilning sentabr oxirlarigacha Rossiya va O‘zbekistondagi o‘nlab tergov izolyatori va qamoqxonalarida bo‘lganini aytgan suhbatdosh¸ bu davr mobaynida qariyb 30 kiloga ozib ketgani sabablarini istehzoli hazil bilan izohlashga urinadi:

- Buning hammasi turma “dietasi”, desak ham bo‘ladi. Rossiya va Markaziy Osiyo qamoqxonalarida shunday boqishadi – semirib ketishning iloji yo‘q. Yaqin orada ota-onam yana semirtirib olar. Qamoqqa olinishimdan oldin 96 kilo, hozir 68 kilogramm tosh bosayapman. Men shunday ozish dietalarini o‘rgandimki, istaganga o‘rgatishim mumkin, dedi u.

Rossiya va O‘zbekiston qamoqxonalarida Maxsud qariyb 30 kiloga ozdi
Rossiya va O‘zbekiston qamoqxonalarida Maxsud qariyb 30 kiloga ozdi

Maxsud hali Rossiyada yashayotgan oilasini ko‘rishga ulgurmagani, ularning yaqin orada Samarqandga kelishlarini ham aytdi.

Oxirgi ikki yillik tutqunlik dunyoqarashinining ko‘p jihatlarini jiddiy o‘zgartirganini ayta turib, Maxsud Abdujabborov yaqin kelajakda Rossiyaga qaytib, yoshlar harakati va muhojirlar himoyasi bilan shug‘ullanishni davom ettirishini bildirdi:

- Biz endi Rossiyada nafaqat kurash sport turini targ‘ib etish masalalari, balki Rossiya turmalarida qolayotgan ko‘plab muhojirlar taqdiriga ham e’tibor qaratamiz. Vena Konvensiyasi va JPK qoidalariga binoan ular qamoq jazosini o‘z yurtlarida o‘tashlari mumkin. Biz asossiz ushlab turilgan O‘zbekiston vatandoshlarini turmadan chiqarishga, ularga moddiy-ma’naviy ko‘mak berishga harakat qilamiz, deydi “Yoshlar” harakati yetakchisi.

O‘zbekiston huquq tizimlari tomonidan “odam savdosi”da ayblanib, 2015 yilning 4 oktabrida Sankt-Peterburgda hibsga olingan “Yoshlar” harakati rahbari Maxsud Abdujabborov Rossiyada siyosiy qochqinlik so‘raganiga qaramay, 2017 yilning iyulida O‘zbekistonga berib yuborilgan va yaqinlari bu jarayonni qonunga zid bo‘lganini gapirgan edi.

Abdujabborov Rossiyadagi o‘zbek diasporalari, O‘zbekiston elchixonasi va konsulligi faoliyatini jiddiy tanqid qilib kelayotgani ortidan hibsga olinib¸ O‘zbekistonga berib yuborilgan edi.

XS
SM
MD
LG