Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:43

Ostonada Suriya bo‘yicha muzokaralarning yangi raundi boshlanmoqda


Bugun Ostonada Suriya bo‘yicha tinchlik muzokaralarining navbatdagi raundi o‘z ishini boshlaydi. Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, muzokaralarda qatnashuvchi barcha tomonlar, jumladan Suriya hukumati va Suriya qurolli muholifatining vakillari ishtirok etishlarini tasdiqlagan.

«Navbatdagi uchrashuv Suriyadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish rejimini mustahkamlash borasidagi erishilgan natijalarning saqlanib qolishiga, inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilishga o‘tish jarayonida mamlakatda bundan keyin ham barqarorlik o‘rnatish sa’y-harakatlarni kuchaytirishga qaratilgan», — deyiladi Qozog‘iston TIV xabarida. Yalpi majlis, seshanbaga - 31 oktabrga rejalashtirilgan. «Bugun kun tartibini muhokama qilish maqsadida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama uchrashuvlar belgilangan. Uchrashuvlar OAVlari uchun yopiq tarzda o‘tkaziladi», — deya xabar berdi TIV matbuot xizmati.

OAVning xabar qilishicha, Suriya Qurolli muxolifatining delegatsiyasiga “Erkin Suriya armiyasi” Bosh shtabi boshlig‘i Ahmad Berri boshchilik qilmoqda. Ayrim xabarlarga ko‘ra, kuzatuvchi mamlakatlar qatoriga Xitoy va bir qator arab davlatlari kiritiladi.

Bundan avval, Ostonada 14-16 sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan muzokaralarning oltinchi raundida Suriyada to‘rtta keskinlikni yumshatish zonasi tashkil etilishiga kelishib olingan edi. Suriya muxolifati o‘shanda Suriyada keskinlikni yumshatish zonalarida xavfsizlikni ta’minlashda Eronni kafil davlat sifatida qabul qilishdan voz kechishi haqida bayonot bergan edi.

Rossiya, Turkiya va Eron Ostonada Suriya bo‘yicha o‘tayotgan muzokaralarning xomiylari sifatida ko‘riladi. Bu muzokaralar Jenevada BMT vositachiligida Suriyaga bag‘ishlangan muzokaralardan alohida bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya va Eron 330 ming kishing halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan olti yildan beri davom etayotgan Suriyadagi fuqarolar urushida prezident Bashar Asad hukumatini qo‘llab-quvvatlaydi. Turkiya va Qo‘shma Shtatlar esa turli isyonkorlar guruhlarni qo‘llaydi.

XS
SM
MD
LG