Линклар

1917 yilning 6-8 noyabr kunlari Rossiya imperiyasining o‘shandagi poytaxti Petrogradda ro‘y bergan qurolli to‘ntarish oqibatida mensheviklarning muvaqqat hukumati ag‘darilib¸ hokimiyatga bolsheviklar kelgan edi.

Mazkur sana O‘zbekistondagi tarix darsliklarida ziddiyatli hodisa o‘laroq talqin qilinsa-da¸ bu sana hech bir tarzda eslanmadi. 7 noyabr kungi "Qurultoy" eshittirishi oktabr to‘ntarishining 100 yillligiga bag‘ishlandi.

Eshittirishda qatnashgan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institituti bo‘lim mudiri¸ tarix fanlari doktori Qaxramon Rajabov bundan 100 yil oldin bo‘lgan voqeada ijobiylik unsuri yo‘qligini aytadi.

1971 yilda ”oktabr g‘oyalariga shak keltirgani va Sovet hukumatiga qarshi yashirin tashkilot tuzgani uchun” qamalib chiqqan dissident olim Mirtemir Mirabdullaev nazarida “chorizm ag‘darilishi O‘zbekistonning davlat sifatida mavjud bo‘lishiga” asos yaratgan.

Eshittirishda qatnashgan shoir Mahmudjon Yo‘ldoshev va tarixchi Umid Bobomatov “to‘ntarish arafasida Turkiston qanday uxlagan bo‘lsa¸ zamonaviy O‘zbekiston ham bugun Rossiyaning ishg‘olchilik intilishlarini payqamas darajada mudroq” ekanligidan xavotir bildirdi.

XS
SM
MD
LG