Линклар

Шошилинч хабар
20 июн 2018, Тошкент вақти: 19:52

Tojikistonda 2 yanvardan boshlab jamoat joylari, ma’muriy binolar va aeroportlarda sigaret chekish butunlay taqiqlandi. Qonunbuzarlarga 105 somoniy yoki 14 dollardan boshlab jarima solinadi.

“Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni cheklash to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, bu mahsulotlar savdosida ham jiddiy cheklovlar joriy etildi: maktab va boshqa o‘quv yurtlari yaqinida sigaret sotish taqiqlandi.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’ul xodimi Saidjon Davlatovning aytishicha, yangi qonunda sigaret bilan bir qatorda nos va chilim chekishga ham cheklovlar o‘rnatildi.

“Barcha tamaki mahsulotlari, jumladan nosvoy va chilimni chekish ham jamoat joylarida, jumladan maktab, madaniyat tashkilotlari va kasalxonalarda taqiqlandi. Shuningdek, tamaki mahsulotlarining savdosida jiddiy cheklovlar joriy etildi,”- dedi Saidjon Davlatov.

Tojikiston Iste’molchilar ittifoqi mulozimi Yelena Kravchenko qonunchilikda nosv iste’molini taqiqlashni olqishladi.

“Nosvoy tamaki mahsulotlari jumlasidandir. Tojikistonda nafaqat erkaklar, balki ayollar va o‘smirlar ham nosvoy chekadi. Holbuki, nosvoy tarkibida zararli kimyoviy moddalar, jumladan mishyak mavjud,”- dedi Yelena Kravchenko.

Oxirgi yillarda Dushanbe va mamlakatning boshqa shaharlari restoranlarida chilim chekish ommalashib borayotgandi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Tojikistonda 250 chilim chekish maskanlari mavjud.

“Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishni cheklash to‘g‘risida" gi qonunga rioya qilmagan shaxslarga Ma’muriy jabobgarlik kodeksida jazo tayinlanishi ko‘zda tutilgan.

2011 yilda mamlakat qonunchiligiga kiritilgan o'zgartirishga muvofiq, jamoat joylarida sigaret chekkan shaxsga 105 somoni yoki 14 dollar miqdorida jarima tayinlangan edi.

O‘zini Akram deya tanishtirgan dushanbelik sigaret chekishdagi cheklovlarni qo‘llamasligini aytdi.

Uning aytishicha, 17 yildan beri sigaret chekadi va birdaniga bunday odatni tark etish imkoni yo‘q.

"Boshqa tomondan bunday cheklovlar inson huquqlariga ziddir",- dedi Akram.

Tojikiston Sog‘liqni saqlash vazirigi ma’lumotiga ko'ra, mamlakatda sigaret chekadiganlar soni 500 ming kishi bo‘lib, ulardan 78 foizini erkaklar, 10 foizini ayollar va 12 foizini o‘spirinlar tashkil etadi.

XS
SM
MD
LG