Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:05

Yevropa Ittifoqi Eron bilan norozilik namoyishlarini muhokama qilmoqchi


Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel (o‘ngda) eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarifni (chapda) yaqinda Eronda ro‘y bergan norozilik namoyishlarini EI bilan muhokama qilish uchun taklif qilmoqchi ekanini aytdi. (arxiv surati)
Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel (o‘ngda) eronlik hamkasbi Muhammad Javod Zarifni (chapda) yaqinda Eronda ro‘y bergan norozilik namoyishlarini EI bilan muhokama qilish uchun taklif qilmoqchi ekanini aytdi. (arxiv surati)

Germaniyaning bosh diplomati Zigmar Gabrielga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Eron tashqi ishlar vazirini 28 dekabrdan beri mamlakatni larzaga solgan keng qamrovli norozilik namoyishlari haqida muzokara o‘tkazish uchun taklif qiladi.

Gabriel Germaniya ham, Fransiya ham «Erondagi ichki mojarodan o‘z maqsadida foydalanishga urinmaslik kerakligidan ogohlantirgani»ni aytdi.

«Fitnachilar» tor-mor etildi

Gabriel ushbu bayonotni Eron Islom inqilobi sipohlari (EIIS) aksilhukumat norozilik namoyishlari tor-mor etilganini xabar qilgandan so‘ng e’lon qildi. EIIS chet elliklarni fitna uyushtirganlikda ayblamoqda.

EIIS 7 yanvar kuni tarqatilgan bayonotida, «Eron inqilobi kishilari o‘n minglab askari bor Basij kuchlari, politsiya va Razvedka vazirligi bilan birga Qo‘shma Shtatlar, Britaniya, Isroil, Saudiya Arabistoni, «jangarilar va monarxiyachilar hosil qilgan isyon zanjirini chilparchin qilib tashladi», deyiladi.

Ushbu bayonot Eron parlamenti 7 yanvar kuni hukumatga qarshi norozilik namoyishlari sabablarini muhokama qilish uchun yopiq majlis o‘tkazgandan keyin e’lon qilindi

Qonun chiqaruvchilarning islohotchlar fraksiyasi ushbu majlisni xavfsizlik va razvedka rahbarlaridan isyon sabablari to‘g‘risidagi savollariga javob olish uchun chaqirgan edi. Eron hukumati ushbu isyon chet eldan turib uyushtirilganini aytmoqda.

Xabar qilinishicha, hukumat Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joriy etgan cheklovini bekor qildi. Ammo Eronning «Fors» axborot agentligi Telegram ijtimoiy tarmog‘iga cheklov «butunlay olib tashlandi», deb yozgan bo‘lsa-da, ushbu tarmoq 7 yanvarda ham to‘silganicha qolayotgan edi.

Hukumat tarafdorlari namoyishlari

– Parlament Telegramni to‘sib o‘tirishni istamaydi, biroq Telegram egalari tarmoqdan Eron xalqining dushmanlari unga qarshi qurol sifatida foydalanmasligiga va’da berishi kerak, – dedi parlament rayosat kengashi matubot kotibi Behruz Ne’matiy.

Eronning 80 million kishilik aholisining uchdan bir qismi Telegramdan xabarlar manbasi sifatida foydalanadi, chunki u keskin cheklanadigan davlat matbuotiga muqobil manbadir.

Qo‘shma Shtatlar bilan Isroil norozilik bildirgan kishilarni qo‘llab-quvvatlashini ochiq aytdi, ammo ularni gij-gijlaganini rad etmoqda.

O‘tgan hafta oxirida hukumat tarafdorlari rejimni qo‘llab, Mashhad shahrida namoyishga chiqdi.

Davlat matbuoti hukumatga qarshi norozilik namoyishlari haqida xabar berishni to‘xtatdi.

Ammo Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining fors xizmati 6 yanvar kuni Eronning kamida 9 ta shahri, jumladan Tehronda noroziliklar davom etgani xususida rad etib bo‘lmas xabarlar oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomateriallarda politsiya xodimlari ko‘pligiga qaramay, yig‘inlar bo‘lib o‘tayotgani aks ettirilgan.

Bir haftadan ko‘proq davom etgan noroziliklar vaqtida 22 kishi halok bo‘ldi, 1700 kishi hibsga olindi.

7 yanvar kuni Tehron prokurori Abbos Ja’fariy Davlatobodiyning aytishicha, so‘nggi ikki kun ichida 70 nafar hibsga olingan kishi garov evaziga qo‘yib yuborildi.

Islohotchilar chet eldan aralashuv bo‘lganini rad etmoqda

Eronda istiqomat qilayotgan 16 nafar islohotchi bayonot bilan chiqdi. Unda butun mamlakatga yoyilgan norozilik namoyishlarini chet elliklar tashkil qilgani yoki fitna uyushtirgani haqidagi Eron hukumati iddaolari rad etiladi.

6 yanvar kuni tarqatilgan bayonotda aytilishicha, «mamlakat dushmanlari bunday voqealarda o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanib qolishiga urinishiga qaramasdan, bir narsani uqib olishimiz shart: ichki sharoit bo‘lmasa, hech qanday tashqi aralashuv foyda bermaydi».

Bayonotga qo‘l qo‘ygan kishilarning aksariyati prezident Muhammad Xotamiy davrida (1997-2005) hukumatning yuqori lavozimlarida ishlagan va parlament a’zolari bo‘lgan kishilardir.

Haftaning dam olish kunlari eronlik emigrantlar mamlakatning chet mamlakatlaridagi elchixonalari oldida, jumladan, Haaga, Berlin va Hamburg, Stokholm, London va Parijda hukumatga qarshi namoyishlar o‘tkazdi.

XS
SM
MD
LG