Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:17

Taniqli hofiz Qodir Mirashurov 25 yillik taqiqdan keyin O‘zTVda chiqarildi


Taniqli hofiz Qodir Mirashurov
Taniqli hofiz Qodir Mirashurov

Tojikiston hizmat ko‘rsatgan artist¸ o‘tkan asrning to‘qsoninchi yillarida «Yorug‘ dunyo kerak menga», «Mirzo Boburman», «Nega kelmassan», «Ketma yonimdan», «Sarvinoz», «Atirgulim» kabi o‘nlab qo‘shiqlari bilan o‘zbek tomoshabinlari nazariga tushgan Qodir Mirashurov konserti 19 fevral kuni O‘ZMTRKning «Navo»telekanalida namoyish qilindi.

Qo‘shiqchi O‘zbekiston telekanalida oxirgi marta 1993 yili qo‘shiq kuylagan edi.

Qodir Mirashurov o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida tomoshabinlar nazariga tushgan
Qodir Mirashurov o‘tgan asrning to‘qsoninchi yillarida tomoshabinlar nazariga tushgan

Ozodlik bilan suhbatda qo‘shiqchi «ikki davlat o‘rtasidagi devorlar yiqilayotgani va bordi-keldi tiklanganidan» mamnunligini bildirdi.

- Oxirgi marta 1992 yili Toshkentdagi sirkda konsert berdim¸ shundan keyin ham TV-radiolarda qo‘shiqlarim chiqib turdi. 1993 yildan boshlab esa men ijro qilgan qo‘shiqlar O‘zbekiston tele-radio kanallarida berilmay qo‘ydi. O‘sha davr siyosati meni muxlislarimdan ajratdi¸ deydi 20 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda 60 dan oshgan san’atkor.

Qodir Mirashurov o‘zbek san’atkorlari davrasida
Qodir Mirashurov o‘zbek san’atkorlari davrasida

O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida munosabatlar sovuq bo‘lgan o‘tkan chorak asrda Qodir Mirashurov Tojikistonning Nov (hozirgi Spitamen) shahridagi Shukur Burhonov nomli o‘zbek davlat teatrida ishladi.

Qodir Mirashurov
Qodir Mirashurov

- Mening repertuarimda asosan qo‘shiqlar bor. Umuman 100 dan oshiq qo‘shiq yaratdim. Hofiz Alisher Navoiy, Ogahiy, Mashrab, Berdaq, Chustiy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Xayriddin Saloh, To‘ra Sulaymon, Abdulla Sher kabi shoirlar she’rlariga kuylar bastalaganman¸ deydi suhbatdosh.

Таниқли ҳофиз Қодир Мирашуров 25 йиллик тақиқдан кейин ЎзТВда чиқарилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:16:50 0:00

Hofiz repertuarida tojik, qirg‘iz va uyg‘ur tillarida ham qo‘shiqlar bor.

Qodirjon Mirashurovning O‘zbekistondagi muxlislarining ko‘pchiligi u 1992 yili ijro qilgan «Sarvinoz» qo‘shig‘ini eslashadi. Bu qo‘shiq tarixi haqida gapirar ekan suhbatdosh marhum shoir To‘ra Sulaymonni esladi:

- To‘ra Sulaymonning ko‘p she’rlarini taniqli qo‘shiqchilar aytgan. Menga esa u kishining «Qiya-qiya qirlardan qiyalab kelgan men bo‘ldim» deb boshlanadigan she’ri ëqib qoldi. She’rni qayta o‘qiganim sayin ichimdan ohang chiqib kelaverdi. Qo‘shiq chiqishi bilan mashhur bo‘lib ketdi. To‘ra Sulaymonnining o‘zi ham qo‘shiqni eshitib menga xat yozib tabrikladi¸ degan suhbatdosh bu qo‘shiqni Ozodlik tinglovchilariga xirgoyi qilib berdi.

Qodir Mirashurov "Navo" telekanali studiyasida
Qodir Mirashurov "Navo" telekanali studiyasida

Hofizning aytishicha¸ Tojikistonda fonogramma taqiqlangani bois doimo jonli ijro qilgan:

- Bu taqiq bo‘lmasa ham baribir jonli aytaman¸ jonli qo‘shiqning joni borda¸ deydi hofiz

Qo‘shiqchi 1957 yil 1 martida Tojikistonning Nov (hozirgi Spitamen) tumanidagi Saidqo‘rg‘on qishlog‘ida dunyoga kelgan.

O‘zining aytishicha¸ 16 yoshidan boshlab ashula ayta boshlagan.

O‘zbekistonning Bekobod shahridagi musiqa bilim yurtini tamomlagan hofiz birinchi ustozi sifatida maktabda rubob chalish sirlarini o‘rgatgan Tolibjon To‘raboevni ehtirom bilan eslaydi.

Ozodlik bilan suhbatda Mirashurov O‘zbekiston Xalq hofizi Sherali Jo‘raev olqishini olib san’atga kirganidan faxrlanishini aytadi.

XS
SM
MD
LG