Линклар

Шошилинч хабар
19 июн 2018, Тошкент вақти: 13:50

1 apreldan mehnat muhojiratiga ketayotgan har bir fuqaroga temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun bir yilda bir marta 300 ming so‘m miqdorda beg‘araz to‘lov ajratiladi. Bunday to‘lovni berishga vakolatlantirilgan “Aloqabank”ka davlat byudjetidan 100 milliard so‘m beriladigan bo‘ldi.​

O‘zbekiston prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Ushbu qarorga sharh bergan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga ko‘ra, prezident qarori mehnat muhojirlarining manziliga yetib borishda xavfsizlikni ta’minlash uchun qulay sharoitlar yaratish va yo‘l-transport xalokatlarining oldini olishga qaratilgan.

Shu maqsadda¸ xorij¸ asosan¸ Rossiyaga temir yo‘l va samolyot biletlarining qimmatligidan kelib chiqib 1 apreldan boshlab “O‘zbekiston temir yo‘llari” va O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkatlari “vaqtinchalik ishlashga ketayotgan vatandoshlarga platskart va umumiy vagonlarga temir yo‘l chiptalari hamda iqtisodiy (ekonom) klass aviachiptalar narxlariga 20 foizgacha chegirma taqdim etadi.

Ayni paytda¸ mehnat muhojiratiga ketayotgan har bir fuqaroga temir yo‘l va aviachipta xarid qilish xarajatlarini qisman qoplash uchun bir yilda bir marta 300 ming so‘m miqdorda beg‘araz to‘lov ajratiladi.

Bunday to‘lovni berishga vakolatlantirilgan “Aloqabank”ka davlat byudjeti va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasidan 100 milliard so‘m beriladi¸ deyiladi prezident qaroriga berilgan rasmiy sharhda.

"Aloqabank" bosh idorasining o‘zini tanishtirmagan xodimi Ozodlik bilan 7 mart kungi suhbatda qarordan xabari borligi, hozirda uning ijrosi bo‘yicha Markaziy Bankdan yo‘riqnoma kutilayotganini aytdi.

Bank vakiliga ko‘ra¸ beg‘araz to‘lov deyilganda foizsiz kredit nazarda tutilmoqda. Boshqa tafsilotlar esa, bank xodimiga ko‘ra, yo‘riqnomalar kelib tushgach ma’lum bo‘ladi.

Ayni paytda, Adliya vazirligi ushbu qarorga berilgan videosharhni e’lon qildi.

Shu yilning 25 fevral kuni mahalliy matbuot O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Zokir Umarovga tayanib tez orada mehnat muhojirlarini O‘zbekistondan Rossiyaga tashuvchi avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yilishini xabar qilgan edi.

Sputnik nashriga gapirgan Mehnat vazirligi rasmiysiga ko‘ra, hozircha Buxoro viloyatidan Rossiyaga muntazam avtobus qatnovi, shuningdek, Qozog‘iston orqali Rossiyaga qatnovchi yangi poezd reyslarini ochish va poezdlarga qo‘shimcha vagonlar ulash masalasi ko‘rilmoqda.

Shu yilning 18 yanvarida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Irgiz tumanidan o‘tuvchi "Samara-Chimkent" avtomobil yo‘lida avtobus yonib ketishi oqibatida 52 o‘zbekistonlik nobud bo‘lgach, O‘zbekiston hukumati muhojirlar qatnovi bilan bog‘liq qator chora-tadbirlarni belgilagan.

Rossiya IVV bergan ma’lumotga ko‘ra, hozirda bu davlatdagi jami migrantlarning 10 foizi yoki 1 millionga yaqinini o‘zbekistonliklar tashkil qiladi. O‘zbekistonliklarga Rossiyada ishlash uchun berilgan jami ruxsatnoma - patentning yarmi (765 mingtasi) rasmiylashtirilgan.

XS
SM
MD
LG