Линклар

Шошилинч хабар
22 январ 2021, Тошкент вақти: 09:22

OzodNazar: “Botir Parpievning pogonlarini ko‘z oldimda yulib olishgan”


Sharof Ubaydullaev

Prezident Mirziyoev 29 may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida Davlat soliq qo‘mitasi rahbarini almashtirgani "bejiz emas”ligini aytarkan, qo‘mita sobiq rahbari Botir Parpievning "qanday ishlar bilan shug‘ullanganidan hayron qolganini” bildirdi.

Prezident, shuningdek, mamlakat soliq tizimidagi ishlarning “70 foizi korrupsiya bilan bog‘liq” ekanligini ham aytib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoevning Soliq qo‘mitasi va uning sobiq rahbariga oid bu gaplari Botir Parpievning qarindoshlari birin-ketin ishdan olina boshlaganiga oid xabarlar ortidan yangradi.

Soliq qo‘mitasini 14 yil boshqargan qudratli general Botir Parpievni u militsiya polkovnigi bo‘lgan yillardan buyon biladigan publitsist Sharof Ubaydullaev bugungi suhbatda “Parpiev soliq mafiyasini yaratdi”, dedi.

Ayni paytda, Ubaydullaev Parpievning qarindoshlari ishdan olinayotganini qoraladi. “Huquqiy-demokratik davlatda bunday bo‘lmasligi kerak”, dedi OzodNazar mehmoni.

“Ботир Парпиевнинг погонларини кўз олдимда юлиб олишган”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:30:00 0:00
Бевосита линк
XS
SM
MD
LG