Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 23:41

Tramp: Rossiya prezidenti Putin “shafqatsiz inson bo‘lsa kerak”


AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin “shafqatsiz inson bo‘lsa kerak”, dedi. Tramp bu gapini Rossiya rahbari bilan o‘tkazadigan sammitdan bir kun oldin aytdi.

Tramp Daily Mail gazetasiga 14 iyul kuni bergan intervyusida 2020 yilgi AQSh prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qo‘yish niyatida ekanligini ta’kidladi.

Tramp Yevropaga xizmat safari bilan kelgan. Britaniyaga borishidan oldin u Bryusselda NATO sammitida qatnashdi. 16 iyul kuni esa Finlandiya poytaxti Xelsinkida Rossiya prezidenti Putin bilan ko‘rishadi.

Tramp undan intervyu olgan Pirs Morganning Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In “shafqatsiz diktator” degan fikriga qo‘shildi. Prezident bundan avval anchagina shafqatsiz bo‘lgan ko‘plab rahbar bilan ishlashganini qo‘shimcha qildi. Undan Putin ham shafqatsiz ekanligi yoki emasligi haqida so‘ralganda:

- Men buni sizga ayta olmayman. O‘ylaymanki, u shunaqa odam. Ammo boshqalarni ham aytib o‘tishim mumkin. Quloq soling, agar biz Rossiya bilan yaxshi munosabatda bo‘lsak, yaxshi bo‘ladi. Men uni bilmayman. U bilan bir-ikki marta uchrashganman. G20 (katta yigirmatalik) sammitida uchrashganmiz. Ehtimol, aloqalarimiz iziga tushib ketadi, shunday deb o‘ylayman, - deya javob berdi.

- Birov mendan u bilan do‘stmisiz, yoki dushmanmisiz, deb so‘radi. Men buni aytishga hali erta ekanligini aytdim. Ammo hozirgi kunda biz raqiblar ekanligimizni aytib kelyapman. Ammo, ochig‘i, Qo‘shma Shtatlar, Britaniya va boshqa davlatlar Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan aloqalarini yaxshilashi kerak. Bu yaxshi narsa, yomon emas. Bu chindan yaxshi, - deya so‘zini davom ettirdi prezident.

Prezidentdan AQShni NATOdan chiqarish istagi bor yoki yo‘qligi haqida so‘ralganda, u shunday javob berdi:

- Nega bu savolni beryapsiz, hayronman. Hozir NATO avvalgidan ancha mustahkam.

Tramp NATO a’zolarini mudofaa uchun yetarli darajada mablag‘ sarflamayotganlikda ayblab keladi. Prezident bir necha marta bu holat o‘zgarmasa, AQSh “o‘z yo‘lidan ketishini” aytgan. Ayrim tahlilchilar prezidentning bu sharhlari ortidan u AQShni NATOdan chiqarish uchun kurashishi mumkinligini xulosa qilgan edi.

XS
SM
MD
LG