Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 19:05

Tojikistonda imom milliy gimnni bilmagani uchun ishdan olindi


Tojikistonlik imomlar prezident Rahmon bilan uchrashuvda.
Tojikistonlik imomlar prezident Rahmon bilan uchrashuvda.

Tojikiston Din qo‘mitasi mamlakat shimolidagi Panjakent shahari jome masjidining imomi Naqibxon Qorievni “Milliy madhiya”ni yoddan bilmagani uchun vazifasidan bo‘shatdi.

Tojikistonda jome masjidlari imomlari hukumatdan oyiga 1500 somoniy (taqriban 150 AQSh dollari) miqdorida maosh oladi va davlat xodimi sifatida “Milliy madhiyani”ni bilishlari lozim.

27 yashar Naqibxon Qoriev 27 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda Din qomitasi go‘yoki “Milliy madhiyani” yod olmagani uchun uni jome masjidi imomligidan boshatib, uning o‘rniga boshqa shaxsni tayinlanini aytdi.

Mazkur jome masjidi Panjakent tumanidagi eng yirik masjidlardan hisoblanib, unda juma namozlari payti ikki mingdan ortiq dindor ibodat qiladi.

Naqibxon Qorievning xabar berishicha, joriy yil iyunida Din qomitasida bolib otgan attestatsiyada u “Milliy madhiya”ni yoddan aytgan, ammo “Haj” surasi qiroatida xatoga yol qoygan.

Panjakent hukumatidagi Din, an’ana va marosimlarni tartibga solish bolimi raisi Saidjon Shodiev 27 avgust kuni Ozodlik bilan suhbatda Naqibxon Qoriev imomlikdan boshatilganini tasdiqladi.

Uning ta’kidlashicha, attestatsiya jarayonida Naqibxon Qoriev nafaqat “Milliy madhiyani” va milliy qadriyatlar borasidagi savollarga qoniqarli javob bermagan, balki uning namoz ruknlarini yaxshi bilmasligi ham oshkor bolgan.

Ayni damda, Saidjon Shodievning bildirishicha, hozircha jome masjidiga yangi imom tayinlangani yo‘q va Naqibxon Qorievning shikoyati ortidan unga maxsus komissiya attestatsiyasida ishtirok etish imkoni berilgan.

2009 yildan boshlab har yili Tojikiston masjidlari imomlari attestatsiyadan otadi va unda imomlar diniy masalalar bilan bir qatorda milliy qadriyatlarga bog‘liq savollarga javob berishlari shart.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar” qonunining 11 moddasiga muvofiq, “jome va masjidlar imomlari har yili maxsus imtihon yoki attestatsiyadan otib, din masalalariga oid davlat tashkilotining roziligi bilan imom vazifasiga tayinlanadi”.

Bugungi kunda mamlakatda 4 mingga yaqin jome masjidlari va besh vaqt namoz ado etiladigan masjidlar imomlari faoliyat qiladi.

Tojikiston Konstitutsiyasida din davlatdan ajratilgan, ammo 2014 yildan boshlab hukumat masjid imomlariga davlat xizmatchisi sifatida maosh to‘lay boshladi.

Tojikiston muftiysi 2 ming somoniy (taqriban 200 AQSh dollari), jome masjidi imomi 1500 ming somoniy (taqriban 150 AQSh dollari) va juma masjidi imomi 800 somoniy (taqriban 80 dollar) miqdorida maosh oladi.

Davlat xizmatchilari hisoblangan masjidlar imomlari “Milliy madhiya”ni yoddan bilishi va boshqa milliy qadriyatlarni yaxshi o‘zlashtirishi shart.

2010 yildan boshlab Tojikiston hukumati jome masjidlar imomlarini tayinlashdan boshlab, ayollar libosi, erkaklar soqoli, masjid va hajga boruvchilar yoshi ustidan nazoratni kuchaytirdi.

Bularning bari so‘nggi yillarda Tojikistonda dindorlarga o‘tkazilayotgan tazyiqning davomi sifatida ko‘rilmoqda.

Tojikistondagi diniy erkinliklar ustidan cheklovlar xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar, jumladan, AQSh Davlat departamenti tomonidan muntazam tanqid qilib kelinmoqda.

Davlat Departamenti o‘zining diniy erkinliklar borasidagi 2017 yilgi hisobotida Tojikistonda diniy tashkilotlar davlat nazorati ostida ekani va diniy faoliyatda cheklovlar mavjudligini tanqid qilgan edi.

XS
SM
MD
LG