Линклар

Шошилинч хабар
23 январ 2021, Тошкент вақти: 10:55

“Maslahat beringlar, kelinim tug‘ish arafasida otasinikiga ketib qoldi”


Uzbekistan- Banner OzodMaktub

Ozodlik uchun mavzuning "o‘gayi" yo‘q. Lekin, shunday bo‘lsa-da, qaynona-kelin, er-xotin mojarolariga deyarli kirishgan emasmiz. Kuni kecha pochtamizga toshkentlik bir qaynonadan kelgan xatni, o‘ylay-o‘ylay, e’tiboringizga havola qilishga qaror qildik. Chunki, xat muallifiga o‘zimiz nima deb maslahat berishni bilmadik. Balki, maslahatni Siz berarsiz?

Ruscha harftergichda yozilgan xatning o‘,q,g‘,hsinigina o‘ngladik. Boshqa hech narsasiga tegmadik. Xat muallifi shevasi koloritini saqlab qolishni to‘g‘ri, deb topdik.

Demak, quyida qaynonaning xati:

“Maslahatilaga muhtojman. Kelinim uyiga ketip qoldi, to‘yi o‘tkaniga endi 10 oy bo‘lgandi. Hozir 34 haftalik homilador. Ketip qogani sababini so‘raseyiz, arziguli sababam yo‘q. Kelinimga to‘y payti mebeliniyam, pardasiniyam, xullaski, nina-ipigacha o‘zimiz qiganmiz, ya’ni kuyov taraf.

Bo‘yida bo‘lmagan payti do‘xtirimga oborib davolattirdim. Gormon buzilishi oqibatida homila ushlolmaslik tashxisini qo‘yishdi, davolandi, keyin bo‘yida bo‘ldi. Nima lozim bo‘lsa, hammasini qildik, egisi kegan narsani o‘g‘lim yo‘ demasdan oberdi, birinchi farzand – harholda hayajoni boshqacha bo‘larkan-de.

Nurafshon ko‘chasidan yengi uy oldik, ishlab turgan xolodilnigimmiyam qo‘ymadim, yengi xolodilnik, avtomat kir moshina, pol artsa qiynalmasin, qo‘lini sovuq suvga urmasin deb lattasini o‘zi siqadigan pol yuvadigan chelakkacha oberganman. Xudoga shukr, qarzga botmi to‘y qildik, to‘ydan keyin o‘g‘lim yangi moshinayam oldi.

Kelinim ih desa do‘xtirga obordik. To‘ydan keyin o‘zim bozorga opchiqib nechi marta yangi ko‘ynaklar oberganman. Konsert, restoranlarga obordim, “Rayhon” restoraniga nechi marta oborganimiz esimdayam yo‘q. Xullaski, kamchiligi yo‘g‘iydi.

Qurbon hayitidan oldin bolnitsaga yotishi keragakan, yotqizdik, bolnitsadan chiqib bir kun uyda bo‘ldi-de ertasi kuni “3-4 kunga oyimmikiga borib kelaman”, deb o‘g‘limdan ruxsat so‘radi. Mayli, dedik, oborib tashladi. Adasinikida 11 kun qop ketdi. Arafa o‘tdi, hayit o‘tdi – kemadi.

O‘g‘lim shamollab yotib qoldi, o‘zim qaradim. Arafa kunlari uy tozaladim, hayitga narsa pishirdimam, kelinimdan darak yo‘q. Mayda-chuyda gapla chiqishshi boshladi, nimamush, kelinim 10 kundan beri otasinikida o‘tirganmish, lekin kuyov xabar omabti! Boyaqish o‘g‘lim dard chekib kechasi bilan uxlomi chiqdi-ku! U yoqda kelinim telefonda gina qivotti, xotiniz uyoda tursin, boleyizam esizda yo‘q, deb. Qudalarimam ering kasalakan, bor uyingga deb bir og‘iz etmadi.

Uyimizda o‘tirganda uydigilari bir kunda 3-4 mahal telefon qilib, yetmaganiga erga teygan opasiyu onasiyu siynisi kelib ketishshi o‘rganishti. Chunki man uyda ko‘p bo‘masidim, kunduzi bu kelinimmi oldida, boshqa payt yana bir o‘g‘limmikida bo‘laman.

Kelinim uyiga ketganida “qaynanasi (ya’ni man) ertalabtan choyga kevolarkan”, degan gap chiqdi. Shu gapga jahlimiz chiqti. O‘g‘lim uydigi telefonni sindirib tashadi, otenikida o‘tirur, xotinligin esingga tushganida kelasan, dedi.

Bu orada o‘zimam shamollab ostriy bronxit bo‘pqoldim. Issig‘im chiqsayam xotini yo‘g‘ida kirlarini yuvib dazmollab, osh-ovqatini pishirib uylarini tozalab yonida o‘tirdim.

Keyin erke qudamiz o‘g‘limga telefon qilib qizimmi opketin, boshimga yastiq qilarmidim, dedi. Shundan keyin o‘g‘lim borib, xotinini opkeldi. O‘g‘lim xotiniga shart qo‘ydi, endi uyingga bir oyda bir marta oboraman, uyindigilayam hadesa kevurmasin, uyda qimillami o‘tirasan, telefon-melefon yo‘q, gaplashmoqchi bo‘sen yo mani, yo oyimmi telefonidan gaplashasan, oyim ertalab kelallami, kechasi kelallami, uyindigilani ishi bo‘masin, shunga ko‘nsen yasha, ko‘nmasen hozir lash-lushingni yig‘ishtirib uyingga oborib qo‘yaman, dedi. Kelinim rozi bo‘ldi. Shundan keyin tinchidik deb o‘ylagandiy.

Kelinim tug‘ishiga yaqin qolganda detskiy kiyimla, tug‘ishiga nima kere bo‘lsa hammasini sekin-sekin tayyorlab yurudim. Yakshanba kuni “Abu Caxiy”ga borib, belanchak, detskiy karavot va qogan narsalani olamiz deb plan qildik. Yakshanba kuni nonushta vaqtida yana kelinimmi otasi telefon qildi, nimamush, opachasi kelarkan, kelinam uyiga borishi keragakan. Man nima bor uyizda, o‘zi 11 kun o‘tirib keldiz, keganizga hali ikki haftayam bo‘madiku, deb ettimu hafsalam pir bo‘lib uydan chiqib kettim.

Man ketgandan keyin yana telefon qivurishibti, ikki soatga bo‘sayam kepketsin deb. O‘g‘limi asabi buzilib, abetgacha o‘tirasan keyin opkelaman, deb oborib tashabti. Abetta borib opkelaman deb telefon qisa kaynatasi qizimmi rangi ketib qopti 5-6 kun uyimda qosin debti. O‘g‘lim jahli chiqib, obutirvurin qizizzi, kuyov silaga o‘yincho bo‘pqoldimi, deb jahli chiqib ketti.

Mana, ketganiga 4 kun bo‘ldi. Endi boshqa gap chiqti. Ovsinim o‘rtada turib topganidi kelinimmi. Shu ovsinim telefon qib so‘rasa, qudamiz qaynanasi bo‘masa yashataman qizimmi, bo‘masa yo‘q, deganmish. Bunga nima disila? O‘g‘lim bu gappi eshitib, endi yashamiman, bunaqa xotinni manga keregi yo‘q, deb o‘tiribti. Kecha kelinim sms yozvoribti, borib narsalarimmi opkelaman, ajrashmoqchiman deb. Kutvommiz, hali kelishgani yo‘q. Man o‘g‘limmi oilasi buzilishiga qarshiman. Endi qando yo‘l tutay? Iltimos, maslahatilaga muhtojman, yaxshilar!”

XS
SM
MD
LG