Линклар

Шошилинч хабар
21 декабр 2025, Тошкент вақти: 13:03

Prezidentning Transport vazirligi tuzish topshirig‘i “tug‘ilmay bo‘g‘ilishi” mumkin


O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining yuqori lavozimli rasmiysi¸ shaxsi sir qolish sharti bilan Ozodlikka¸ prezident Shavkat Mirziyoevning Transport vazirligi tashkil etish bo‘yicha taklif kiritish topshirig‘i ijrosi “noma’lum muddatga to‘xtatilgani”ni ma’lum qildi.

28 avgust kuni mamlakatdagi transport sohasi muammolariga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda prezident bu sohadagi vaziyatni tanqid qilgan va ularni kompleks hal etish uchun¸ o‘sha kuni O‘zbekiston Milliy agentligi bergan xabarga ko‘ra¸ mamlakatda Transport vazirligi tashkil etish g‘oyasini ko‘rib chiqishni buyurgan edi.

O‘zavtotrans” agentligi tomonidan transport sohasini rivojlantirishni kompleks ko‘rib chiqish borasida davlat siyosatini yuritish tizimi hanuzgacha yo‘lga qo‘yilmagani sababli avtomobil, temir yo‘llar va havo yo‘llari, metro va daryo transporti ishini o‘zaro muvofiqlashtiruvchi, bu borada yagona siyosat yurituvchi davlat organini tashkil etish zarur”, - degan iqtibos keltirgan edi O‘zA bu majlisdagi prezident chiqishi haqida.

(19 sentabrga kelib¸ O‘zA¸ qolaversa¸ Kun.uz kabi boshqa mahalliy yangiliklar saytlaridan prezidentning Transport vazirligi tuzish haqida topshiriqi berganiga oid xabarlarning olib tashlangani ma’lum bo‘ldi. Buning sababi haqidagi izohlar¸ maqola davomida – tahr.)

Toshkent mulozimining Ozodlikka 19 sentabr kuni bildirishicha¸ bu topshiriq¸ mamlakat transport sohasini monopoliyasiga aylantirib ulgurgan shaxs va guruhlar qarshiligiga uchragan va ular prezidentni “bunday taklifga hali ertaligiga” ishontirgan.

“Bosh vazirning 1-o‘rinbosari Ochilboy Ramatov prezidentning oldiga kirib¸ Transport vazirligi tuzishga hozircha ehtiyoj yo‘q¸ degan gapga ko‘ndirdi. Vazirlik tuzish haqida taklif ishlab chiqish jarayoni hozircha to‘xtatildi. Hozircha erta¸ degani qanchaga cho‘ziladi¸ noma’lum. Shu bilan bu g‘oya dunyo yuzini ko‘rmay qolib ketishi ham mumkin”¸ dedi bu jarayonga bevosita aloqador yuqori lavozimli Toshkent rasmiysi.

O‘zbekistonga Transport vazirligi nega kerak?

O‘zbekistonda transport-kommunikatsiya sohasini “O‘zbekiston temir yo‘llari”¸ “O‘zbekiston havo yo‘llari” va O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi kabi bir necha davlatga qarashli tizim nazorat qiladi.

O‘zbekistonlik transport sohasi ekspertlariga ko‘ra¸ buning oqibatida davlatning transport-kommunikatsiya sohasida yagona muvofiqlashgan siyosat yurg‘izish va uni ijro etish salohiyati parchalangan.

“Oqibatda¸ Krilovning oqqush¸ cho‘rtanbaliq va qisqichbaqa haqidagi masaliga o‘xshab¸ hamma ko‘rpani o‘ziga tortadigan bo‘lib qolgan. Bularning hammasi davlatning¸ byudjetning pulini xarjlaydi¸ davlat garantiyasi bilan million-million qarz oladi. Lekin narx-navoni¸ tarif va qoidalarni belgilashga kelganda¸ o‘z bilganini qiladi. Temir yo‘llar Ramatovning bolasi – hech kim bilan maslahatlashmay¸ narxlarni oshirib yopipti. Havo yo‘llarining ham “egalari” bor. Xalqning pulini oladi¸ lekin narxlarini xalqqa to‘g‘ri kelmaydigan qilib qo‘yaveradi. Unisiyam-bunisiyam davlatga ubitochniy¸ lekin kimlargadir soqqa keltirayapti. Bularga pul berayotgan xalq esa¸ na temir yo‘llarig¸ na havo yo‘llari biletiga pul topolmay¸ Qozog‘iston¸ Rossiya yo‘llarida o‘lib ketayapti”¸ deydi xalqaro transport sohasidagi o‘zbek mutaxassisi.

Bu suhbatdosh ta’kidicha¸ Transport vazirligi tuzilsa¸ transport-kommunikatsiya sohasidagi yagona davlat siyosati va yagona narx tizimi ishlab chiqiladi¸ byudjetdan pul ajratishda bu alohida uch tizimning tepasida kimlar turganidan kelib chiqib imtiyozlar berish to‘xtaydi va ayni shu narsa¸ imtiyozlarga o‘rganib qolgan shaxs va guruhlar qarshiligiga uchragan.

Vakolatsiz rasmiylarning xabari yo‘q

Ozodlik hukumat mulozimining Transport vazirligi tuzish g‘oyasining «tug‘ilmay bo‘g‘ilgani» haqidagi xabarini tekshirish uchun uchala transport shirkati rahbarlari qabulxonasi va boshqa mutasaddilari ofisi bilan bog‘landi.

Uchala shirkatning Ozodlik gaplashgan rasmiylari¸ rahbariyat 20-21 sentabr kunlari Toshkentda Markaziy Osiyoning xalqaro transport koridoridagi roliga oid xalqaro konferensiyaga hozirlik bilan bandligi bois¸ bu savolga javob berig‘ga vakolatli boshliqlar bilan bog‘lanish imkoni yo‘qligini bildirdi.

Ayni paytda¸ Ozodlik suhbatdoshlari¸ Transport vazirligi tashkil etish taklifining bekor etilganidan xabarlari yo‘qligini bildirdilar.

“Bu taklif ekspertlar¸ xususiy transport shirkatlari tomonidan pozitiv kutib olindi¸ har xil jo‘yali takliflar berildi. Adashmasam¸ xalqaro konferetsiyada ham shu masalada fikrlar bildiriladi. Prezident topshirig‘ini kim¸ nima uchun bekor qiladi¸ bunisini bilmayman”¸ dedi O‘zbekiston avtomobilь va darë transporti agentligining Ozodlik gaplashgan rasmiysi.

Transport vazirligi tuzish topshirig‘i – feyk nyus (fake news)?

Ozodlik gaplashgan hukumat mulozimlaridan biri¸ 28 avgust kuni O‘zbekiston transport sohasi muammolariga bag‘ishlangan majlisda prezidentning Transport vazirligi tuzish haqida topshiriq bergani haqidagi rasmiy xabarning¸ bu g‘oyani to‘xtatishga urinaëtgan guruhlar bosimi ostida olib tashlanganini bildirdi.

“Bunaqa gap bo‘lmadi¸ bu feyk xabar¸ degan bosim bilan oldirib tashlashdi. Shundan ham bilishingiz mumkin¸ bu g‘oyani o‘ldirish harakatining qanday boraëtganini”¸ dedi bu mulozim.

Ozodlik 28 avgust kungi majlis va unda yangragan Transport vazirligi tuzish haqida birinchi bo‘lib xabar tarqatgan O‘zbekiston Milliy agentligi ¸ qolaversa¸ Kun.uz saytidan bu xabarni 19 sentabr kuni topa olmadi.

Ayni paytda¸ bu haqda O‘zA xabariga tayanib yozgan ayrim saytlarda uning saqlanib qolganini ko‘rish mumkin.

XS
SM
MD
LG