Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:51

O‘zbek sudi pop yulduz Arashni javobgar deb topdi. U Toshkentga kelsa, darhol qamaladi


Arashning O‘zbekistonda o‘tmagan konserti afishasi
Arashning O‘zbekistonda o‘tmagan konserti afishasi

O‘zbekistondagi Nigora Media Group​ rahbari Nigora Soim asli eronlik xonanda, pop yulduz Arashni sudda yutib chiqqani ammo hanuz hukm ijro qilinmaganligini Ozodlikka aytdi.

Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining joriy yil 12 iyunidagi hukmiga ko‘ra¸ qo‘shiqchi Arashni tamsil qiladigan "Extensive Muzik Sweden AB" shirkati O‘zbekistondagi Nigora Media Group shirkati bilan tuzilgan shartnomai bajarmagani uchun 24 ming 485 AQSh dollari va 7 million 200 ming so‘m miqdoridagi zararni qoplashi lozim.

Ozodlikdagi nusxasi bo‘lgan sud hukmida yozilishicha¸ "aybdor tomon bu summani Nigora Media Group hisobiga o‘tkazib berishi kerak".

Sud hukmi
Sud hukmi

Nigora Soimga ko‘ra¸ u Arashning Toshkentdagi konsertga kelmagani bois, 50 ming dollarga yaqin zarar ko‘rgan.

Arashning Toshkentdagi konserti dastlab 13 oktabrga belgilangan, keyin 31 oktabrga ko‘chirilgan edi.​

- Kelishuvga ko‘ra, Arashga oldindan gonorarning 50 foizini to‘ladim¸ mana bank hujjati (hujjat nusxasi Ozodlikda mavjud - tahr.). Shuningdek, uning 11 kishilik jamoasi a’zolariga chipta ham yubordim¸ mana chiptalar. Ammo, shunga qaramasdan, Arash kelmadi. Konsert bekor bo‘ldi. Mingga yaqin chipta pulini tomoshabinlarga qaytarib berdim. Asnoda 50 ming dollarga yaqin zarar ko‘rdim. Bu zararni undirish uchun Arashni sudga berdim. 2017 yildan to bugungacha sudning 11ta majlisi bo‘ldi. Oliy suddan ham izoh oldik. Sud hukmini tarjima qilib Arashga jo‘natdik. Ammo u hukmni ignor qildi¸ - dedi O‘zbekistondagi Nigora Media Group rahbari.

Nigora Soimning yana aytishicha¸ joriy yil 24 sentabr kuni sud hukmini ijro qilish uchun yordam so‘rab O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilgan:

- Ular hujjatlarni Germaniyadagi O‘zbekiston elchixonasiga jo‘natishdi, - deydi Nigora Soim.

Nigora Soim
Nigora Soim

Ammo, O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasi xodimi Azim Ozodovning Ozodlikka aytishicha, bu hujjat hali elchixonaga kelib tushmagan.

- Elchixona sud ijrosini amalga oshirish bilan bevosita shug‘ullanmaydi. Biz faqat kerakli idoraga so‘rov bilan murojaat qilishimiz mumkin, - dedi elchixona xodimi.

O‘zbekiston Oliy sudining mazkur sud qarori ijrosi yuzaasidan tushuntirish xatida¸ qo‘shiqchi Arash istiqomat qiladigan ”Shvetsiya davlati bilan O‘zbekiston o‘rtasida sud hukmlarini tan olish va ijrosoni amalga oshirish uchun o‘zaro huquqiy kelishuv yo‘q”ligi ta’kidlanadi.

Ozodlik bilan suhbatda Oliy sud mulozimi ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi orqali Shvetsiya adliya vazirligiga rasmiy talabnoma jo‘natish lozimligini uqtirdi.

Qo‘shiqchi Arashni MDH davlatlarida tamsil qiladigan "Extensive Muzik Sweden AB" shirkati vakili Ozodlik muxbiri bilan aloqaga kirishishni istamadi.

Shirkat vakili bu masalada izoh berishni maqbul topmadi.

Arashni tamsil qiladigan "Extensive Muzik Sweden AB" shirkati ustidan sudda yutib chiqqan Nigora Media Group rahbari Nigora Soim 23 oktabr kuni Ozodlik bilan suhbatda “Arash o‘zbek sudi hukmnini xurmat qilib keltirilgan zararni qoplasin,” deya bildirdi.

O‘zbekiston Majburiy Ijro Byurosining Toshkent shahri bo‘yicha mulozimi “Qo‘shiqchi Arash mabodo O‘zbekistonga kelsa, darhol sud qarorida ko‘rsatilgan summa undirib olinishini” Ozodlikka ma’lum qildi.

Janjalli konsert

Asli eronlik pop yulduzi Arashning yakkaxon kontserti Toshkentda bekor qilinishi janjalli bo‘lgandi.

Taniqli pop yulduzning Toshkentdagi konsertini 2017 yil 31 oktabrda o‘tkazish rejalashtirilgan edi.

Ammo konsertdan bir kun oldin Arash O‘zbekistonga borishdan bosh tortdi.

Ozodlik bilan o‘tgan yilgi mikrofonsiz suhbatda san’atkor Arash buni Toshkentdagi konsert uyushtiruvchilarini o‘z vazifalarini bajarmagani bilan izohlagan edi.

Arash o‘zining bu voqeaga munosabatini uning vakili malakali ifoda qilishini bildirdi.

Arashning prodyuseri, Henrik Ulman, 2017 yil 14 noyabr kuni Ozodlik bilan suhbatda, Arashni Toshkentga taklif qilgan Nigora Media Group o‘z va’dalariga rioya qilmagani uchun konsertni bekor qilishga majbur bo‘lishganini aytdi.

- Pulimizni oldindan to‘laligicha berishmadi. Shunga konsertni bekor qildik. Bizning ilk guruhimiz shanba kuni ertalab (28-oktabrda) Toshkentga uchishi kerak edi. Ammo, pulimizni to‘laligicha o‘tkazishmasa, biz hech kimga yo‘lga chiqishga izn bermaymiz, - degan edi Henrik Ulman.

Nigora Soim: Arash avansni olgan

Nigora Media Group rahbari Nigora Soimning Ozodlik muxbiri Arashning konserti uchun kelishilgan shartnomaning barcha talablarini bajarganini ma’lum qildi.

U oldindan to‘lanishi kerak bo‘lgan 20 ming dollar yuborilganini aytdi va to‘lov hujjatini Ozodlikka taqdim qildi.

Arashning konsertlari bilan bog‘liq janjallardan biri uning Dushanbega safari paytida yuz bergan edi.

Stadiondagi Arash konserti uning muzikachilari kelmagani bois qoldirilgan va g‘azablangan muxlislar ko‘chadagi mashinalarni yoqishgan edi.

2015 yili Qozog‘istondagi "Astana Arena" stdadionidagi konsert oldidan Arashning ustiga royal ag‘darilgani oqbatida uning o‘ng oyog‘i gipsga solingandi.

O‘zbekistonda xorij pop yulduzlari ishtirokidagi konsertning janjalga aylanishi ilk marotaba bo‘layotgani yo‘q.

Hollivudning mashhur kinoakteri Stiven Sigal 9 sentabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Asian Fight 2017 Xalqaro jang turnirida qatnashmadi.

Boshqa bir jangari yulduz – Jan Klod Van Damm ham gonorar to‘lanmagani uchun Toshkentga kelmagan edi.

2015 yili Toshkentda Boney M guruhi keladi, deb chipta sotilgan ammo tomoshabinlarga Munisa Rizaeva qo‘shiq kuylagan edi.

XS
SM
MD
LG